Jeneva-2 konferentsiyasi kuni e’lon qilindi.

408
0

images (5)

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Jeneva-2 konferentsiyasi kunini e’lon qildi. Pan Gi Munga ko’ra, Suriya mojarosiga 32 oy o’tib, 22 yanvar kuni Suriya rejimi va muxolif kuchlar vakillari birinchi marta Jenevada uchrashadigan bo’lishdi.

Suriya borasidagi bu tarixiy konferentsiya vaqtini e’lon qilishdan avval BMT bosh kotibi “bu orzuga eltadigan muhim qadamdir”, dedi.

Pan Gi Mun uchrashuvga hozir bo’ladigan kishilar haqida ma’lum qilmadi, shuningdek, Eronning bu uchrashuvga da’vat qilingan yoki qilinmaganligini ham ochiqlamadi. Bu AQSh va Rossiya o’rtasidagi ixtilofli masaladir. Eronning ishtirok etishi haqida hanuz bir to’xtamga kelinmagan.

BMT so’zlovchisi Martin Nesirkiga ko’ra, BMT bosh kotibi suriyalik vakillarni Jnevaga kelishini kutmoqda.

Martin Nesirkining Pan Gi Mundan naql qilib aytishicha, kurash uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Bu fursatni qo’ldan boy berish kechirilmaydigan ishdir.

Bu orada Suriya milliy koalitsiyasining a’zosi Munzir Aqbiq Istambuldan turib al-Arabiyya telekanaliga telefon orqali “milliy koalitsiya Jeneva-2 konferentsiya muddati belgilanganligini olqishlaydi”, dedi. Bundan tashqari u xalqaro hamjamiyat Suriya milliy koalitsiya talablarini tushunganligidan mamnun ekanligini bildirdi.

Biroq BMT va Arab davlatlari ligasining Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy Jeneva-2 konferentsiyasi oldindan qo’yiladigan shartlarsiz boshlanishini ta’kidladi. U Jeneva-2 konferentsiyasi orqali muvaqqat hukumatning salohiyatlari bahs qilinishiga ishora qilar ekan, “bu konferentsiya orqali Jeneva-1 qarorini tatbiq qilishga kirishamiz”, dedi.

Shuni eslatib o’tish joizki, “Jeneva-1” anjumanida prezident Asadning hokimiyatni tark etishi masalasi ochiq qolgan.

Turkiston:

Bu konferentsiyaning kufr olami uchun ahamiyati nimada? Islomiy inqilobiy xarakatlarning deyarli ishtirokisiz o’tishi kutilayotgan bu konferentsiyada, bir ovozdan muvaqqat hukumat tasdiqlanishi va u dunyo sistemasi qanoti ostiga olinishi, shuningdek unga qarshi xarakatlarning barchasi inqilobga qarshi terror xarakatlari deb e’lon qilinishi kutilmoqda. Ular bu hujjat ortida musulmonlarga qarshi olib borishayotgan urushlarini rasmiylashtirib olishmoqchi. Xuddi tarixda NATOga qarshi Jeneva shartnomasi ostiga bir qancha davlatlar biriktirilganidek, bunga ham dunyoning har chetidan davlatlar majburlanishadi. Ular xozirda AQSh tomonidan olib borilayotgan g’oyri islomiy va g’oyri insoniy xarakatlarini ma’qullab, rasman tasdiqlashadi. Qalbaki koalitsion muxolifotni va yasama muvaqqat hukumatni ham rasmiy tan olishadi. Islom va islomiy xarakat olib borishayotgan musulmonlarni esa, hammasi bir ovozdan inkor qilishadi. AQSh va unga etalanayotgan Rossiyaning, Jeneva 2 shartnomasidan ko’zlagan maqsadlarining asosiy yo’nalishlari shu erda markazlashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.