O’z boyliklariga ega bo’lmagan O’zbekiston xalqi

763
0

images

Mustamlakachi davlatlar, xususan AQSh boshchiligida tashkil etilgan hamda asosiy vazifasi uchunchi olam davlatlarini qarz batqog’iga botirib, iqtisodiy mustamlaka qilib berishdan iborat bo’lgan Xalqaro valyuta fondi tarqatgan ma’lumotga ko’ra, bugungi kunda O’zbekistonni tashqi qarzi 7 milliard 100 million dollarni tashkil qiladi. Agar buni jon boshiga taqsimlanadigan bo’lsa, go’daklarni qo’shib xisoblaganda har bir o’zbekistonlik fuqaroga, 238 dollardan to’g’ri keladi. Bu degani har bir tug’ilayotgan chaqaloq bo’ynida 238 dollar qarz bilan dunyoga kelmoqda va bu ko’rsatkich yil sayin o’sib bormoqda. Chunki, 2012 yildagi qarz shunday taqsimlanganda 225 dollardan to’g’ri kelgan edi.

O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, neft va boshqa foydali qazilmalar zahirasi bo’yicha nafaqat MDH davlatlari o’rtasida, balki dunyoda etakchi o’rinlarni egallab keladi. Jumladan, oltin zahirasi bo’yicha dunyoda to’rtinchi, uni qazib olish bo’yicha ettinchi (2012 yilda 90 tonnadan ziyod oltin qazib olingan), mis zahirasi bo’yicha o’ninchi, uran zahirasi bo’yicha ettinchi, qazib olishda o’n birinchi o’rinni egallaydi.

Bulardan tashqari O’zbekistonda 1800 kondan iborat foydali qazilmalar bo’lib, ularning mingga yaqinidan foydalanilmoqda va 118 turdagi mineral xomashyo mavjud bo’lib, ularning 65tasidan foydalanilmoqda. Mutaxassislar tomonidan O’zbekistonning mineral zahiralari taxminan 3,5 trillion dollar deb baxolanadi.

“O’zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tabiiy gaz qazib olish bo’yicha dunyoda 11 o’rinni egallaydi va har yili 60-70 mlrd metr.kub gaz qazib oladi.

Qazib olingan bu gazni 17 mlrd metr. kub Rossiyaga, 4 mlrd metr. kub Tojikiston va Qirg’izistonga eksport qilinadi. Shuningdek O’zbekiston – Xitoy bilan tuzgan shartnomasiga muvofiq gaz etkazib berishni boshladi. Bu kelishuvga ko’ra O’zbekiston Xitoyga har yili 10 milliard metr.kub gaz etkazib berishligi lozim. O’zbekiston hukumati eksport qilingan gazni har ming metr. kubini jahon bozoridagi narxga asosan, 311 dollardan sotadi. Gaz savdosidan kelayotgan ulkan mablag’larni qayoqqa sarflanishligi esa sirligicha qolaveradi. “O’zbekiston – Xitoy” gaz quviri to’la ishlay boshlagach esa O’zbekiston Xitoyga yiliga 25 mlrd metr. kub gaz etkazib berishni mo’ljallamoqda.

O’zbekistonda neftning geologik zahirasi – 5 mlrd tonna, tasdiqlangan zahirasi – 530 mln tonna, tabiiy gazni geologik zahirasi – 5 trln metr. kub, tasdiqlangan zahirasi – 3,4 trln metr.kubni tashkil etadi va har yili 3,5 mln tonna neft qazib olinadi.

Bularga qo’shimcha, O’zbekistonda har yili 3,5 million tonnaga yaqin paxta etishtiriladi va 1 million tonna atrofida paxta tolasi olinadi.

O’zbekiston har yili 15 milliard dollarlikdan ziyod paxta, oltin, uran, tabiiy gaz va mineral o’g’itlar eksport qiladi.

Ammo, shuncha boyliklarga ega bo’lishiga qaramay O’zbekiston qarz ustiga qarz olmoqda hamda o’z xalqini qarz botqog’iga botirmoqda.

O’zbekiston aholisi esa so’ngi o’n yillik mobaynida gaz va svet tanqisligidan qiynaladi va bu holat surunkali tus oldi. Odamlar qishning izg’irinli kunlarida o’z uylarini qanday isitish, farzandlarini sovuqqa oldirmay sog’-salomat bahorga olib chiqish muammosini xal etish bilan band bo’lib keladilar. Benzin taqchilligi, AYoQSh oldida bir necha kilometrga cho’zilib ketgan navbatlarda soatlab kutishlik ham o’zbekistonliklar uchun odatiy holga bo’lib, amaldorlarni boylik ortirish manbasiga aylanib qolgan.

Alloh Subhanahu va Taalo barcha islomiy erlarni tabiiy boyliklariga serob qilib yaratgan. Ammo, ochko’z kapitalistik tuzum insoniyat boshiga olib kelgan kulfat tufayli barcha islomiy Ummat vakillari, shular jumlasidan O’zbekiston xalqi ham qashshoqlik va xorlik iskanjasida kun kechirmoqdalar.

Chunki, bu botil tuzum barcha ishlarini moddiy manfaat asosiga barpo qiladi, oltin, neft, uran va boshqa bitmas tuganmas umumiy boyliklarga yakka shaxsni egalik qilishiga yo’l ochib beradi. O’z mustamlakalarini xomashyo bazasi bo’lib qolishi uchun ularga og’ir va harbiy sanoatni rivojlantirishga yo’l qo’ymaydi va musulmonlar ustiga o’z manfaatlarini to’la ro’yobga chiqarib beradigan, o’zlariga sodiq malay hokimlarni o’tkazib qo’yadi.

Shuning uchun ham O’zbekistondagi xalqning rizqiga zulukdek yopishib olgan, xalqning siyosiy va iqtisodiy zulmlar ostida qashshoqlik darajasiga tushirib qo’ygan Karimov boshchiligidagi siyosat va uning oilasi mamlakatni bugungi axvolga olib kelib qo’ydi. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, oltin va uran qazib olishning o’z nazoratiga olgan, qancha oltin va uran qazib olinishini davlat siri darajasiga ko’targan Karimov oilasining bugungi kundagi umumiy boyligi 20 milliard dollar atrofida baxolanadi.

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi sobiq elchisi Kreyg Myurrey e’tirof etganidek, O’zbekiston iqtisodiyoti o’ta darajada yopiq bo’lganligi sababli Karimov oilasining boyligini haqiqiy miqdorini bilishlikni imkoni yo’q. Uning boyligi bundan bir necha barobar ko’p bo’lishligi ehtimoldan holi emas.

Shuncha boylik va imkoniyatlar ichida yashab, bularga egalik qila olmay, pul topish ilinjida chet o’lkalarida sarson, sargardon yurgan millionlab o’zbekistonliklarning bu holatga tushishiga Karimov rejimi va shu botil tuzum sababchi emasmi?

Bu qashshoqlik, qarz, xorlik va zulmlardan qutulishni yo’li yana qayta o’z Islomimizga qaytishlikda emasmi?

Islomiy Xalifalik davlati Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi singari tashkilotlarga a’zo ham bo’lmaydi va ular bilan aloqa ham qilmaydi. Har qanday holatda ham boshqa davlatlardan qarz olmaydi. Zilzila, to’fon singari tabiiy ofatlarda mablag’ bo’lsa baytulmoldan sarf qiladi. Baytulmolda mablag’ bo’lmaganda aholining boy qatlamiga kerakli miqdorda soliq soladi. Soliq yig’ilishga ko’p vaqt kerak bo’lsa, boy fuqarolaridan qarz olib turadi. Soliq yig’ilgandan so’ng ularga qarzni qaytarib beradi.

Umumiy mulk davlat tomonidan nazorat qilinib, biror – bir shaxsga umumiy mulkka egalik qilishlikka ruxsat bermaydi. Oltin, kumush, neft, gaz, suv va yaylovlar umumiy mulk bo’lib, barcha musulmonlar bu narsalarda sherikdirlar. Xalifa bu umumiy boyliklardan tushgan mablag’ni o’z ijtihodiga muvofiq, Ummatga manfaati bor deb xisoblagan o’rinlarga sarflaydi va bu boyliklardan barcha muslmonlar barobar bahramand bo’lishlarini nazorat qiladi. Ibn Abbos rivoyat qilishicha, Rosululloh sallallohu alayhi va sallam:

«اَلْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِى ثَلاَثٍ فِى الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ»

“musulmonlar uch narsada: suvda, o’tda va yaylovda sherikdirlar” deganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.