Gulnora Karimova O’zbekistondan ketish niyatidami?

608
0

images (1)

O’zbekiston prezidentining to’ng’ich qizi Gulnora Karimova mamlakatni tark etishni rejalamoqda. Bu haqda Karimovaga tegishli bo’lgan “Terra Group” shirkatining ismi sir qolishini istagan boshqaruvchilaridan biri “Interfaks” nashriga shanba kuni ma’lum qilgan.

Manba, Gulnorani aynan qaysi davlatga chiqib ketishni rejalayotganidan bexabarligini aytgan. Buni rasmiy tasdiqlashni imkoni bo’lmadi, chunki prezidentning to’ng’ich qizi izohlar uchun etib bo’lmaydigan “maqomda”, deb xabar beradi nashriyot.

Turkiston:

Gulnora Karimovaga nisbatan amalga oshirilayotgan bosimlar kundan kunga kuchayib borib, O’zbekistonda unga qarashli bo’lgan barcha biznes sohalari tahdid ostida qoldi. Avval unga qarashli bo’lgan televideniya, radio va savdo tarmoqlari yopilib, tekshiruvlar boshlangan bo’lsa, keyinchalik u homiylik qiladigan “Fond Forum”o’z faoliyatini to’xtatdi hamda uning faol a’zolari terroristik tashkilotga a’zolik ayblovlari bilan hibsga olindi.

Gulnora onasiga qarshi o’z Twitter sahifasi orqali “onam meni yo’q qilishga kirishdi” deb yozib qoldirgach, uning bu sahifasi ham yopib qo’yildi va keyinchalik qayta ochilgan bo’lsada avvalgidek faol emas.

Endi bo’lsa, Gulnorani O’zbekistondan chiqib ketishi haqida gap so’zlar paydo bo’la boshladi. Bularning barchasi O’zbekistonda hokimiyat uchun kurash borgan sari avjiga chiqayotganidan hamda keksayib qolgan Karimov o’z qizini saqlab qolishdan ham ojizlik qilayotganidan darak bermoqda.

Ammo, Karimov qanday qilib bo’lsa ham Gulnorani saqlab qolishga harakat qiladi, chunki “Qo’ng’iz bolasini oppog’im, tipratikan yumshog’im deb erkalaydi” degan gap bejizga aytilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.