Abbos: nima bo’lsa, bo’lsin, muzokaralar davom etadi

443
0

images (4)

Falastin bosh vaziri Mahmud Abbos G’arbiy qirg’oq va Quddusda yahudiylar uchun manzilgohlar qurilishi davom etishiga qaramay, yahud rejimi bilan muzokaralar davom etishini ma’lum qildi.

Abbos Ramallohni ziyorat qilgan Frantsiya prezidenti Fransua Olland bilan birga tashkil qilingan matbuot anjumanida 9 oydan buyon davom etib kelayotgan voqealardan qat’iy nazar AQSh davlat kotibi Jon Kerri nazorati ostida boshlangan muzokralar o’z yo’ldia davom etishini bildirdi. “nima bo’lsa, bo’lsin, Isroil bilan muzokaralar davom etadi”, dedi u.

Falastin sobiq vaziri Vasfi Kubha Falastin matbuot markaziga bergan intervyuda Abbosning bayonotlari AQSh davlat kotibiga bergan va’dasiga muvofiq ekanligini ma’lum qildi.

Hech qanday qarshilikka uchramasliklaridan xotirjam bo’lgan yahudiylar ko’ngliga kelgan ishlarini tap tortmay amalga oshirmoqda. Al-Aqsodagi vaqf va madaniy me’ros fondining ma’lum qilishicha, saksondan ortiq harbiy kiyimdagi yahudiy ayollar o’z rahbarlari boshchiligida Al-Aqsoga hujum uyushtirgan. Oltmishta yahudiy talabalardan tuzilgan guruh ham ayni paytda Al-Aqsoga hujum qilgani aytiladi.

Xabarlarda aytilishicha Isroil harbiylari “qidiruvga berilgan”, degan bahona bilan musulmon farzandlarini qamoqqa olmoqda. Shu kunlarda 24 kishi qamoqqa olingani ma’lum bo’ldi.

Biroq, shunga qaramay Falastin bosh vaziri Mahmud Abbos “nima bo’lsa, bo’lsin, Isroil bilan muzokaralar davom etadi”, degan pozitsiyasida mustahkam.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.