Bu ayblov general as-Sisiga mos

485
0

images

“Musulmon birodarlar” jamoasining etakchilaridan biri Basim Avda Misr prokraturasi tarafidan o’ziga qo’yilgan ayblovni rad etar ekan, bu ayblov general as-Sisiga mos kelishini aytdi.

Ma’lumki, Mursiy davrida Misrning sobiq ta’minot vaziri lavozimini egallagan Basim Avdaga Misr bosh prokrori Muhammad Az-Zariy tarafidan “konstitutsiyani o’zgartirish maqsadida qurolli guruh tashkil qilish”, degan ayb qo’yilgan. Basim Avdaning advokati Ahmad Abul A’laning jurnalistlarga aytishicha, bosh prokrorning bu aybloviga nisbatan sobiq ta’minot vaziri “bu ayblov general as-Sisiga mos keladi. O’ylaymanki, bu bilan siz general as-Sisini nazarda tutyapsiz”, deb javob bergan.

Ba’zi xabarlarga ko’ra, general as-Sisi o’z qarorlarida Tantoviydan amr olganligi aytiladi. Al-Jazira telekanali Misr telekanallarida efirga uzatilmagan bir video lavhani taqdim qildi. Unda general as-Sisi 25 yanvar revolyutsiyasi ortidan o’tish davrini boshqargan Marshal Husayin Tantoviy haqida so’z yuritadi.

Joyi ham, vaqti ham ma’lum bo’lmagan video lavhada harbiy etakchi darajasidagi rahbarlarga xitob qilgan mudofaa vaziri general as-Sisi Tantoviyning buyukligi haqida so’z yuritadi. “Shuni aytib o’tmoqchimanki, biz ham insonmiz. Tantoviy haqida gapirgan paytimda men kabi tushunishingizni istayman. Tantoviy rostdan ham buyuk odam”, deydi u.

Nutqida tinimsiz o’rama gaplar ishlatgan As-Sisi armiya qabul qilgan qarorlarda Tantoviydan buyruq olganligini ma’lum qildi, ammo bu buyruq nima ekanligi mavzusida aniqlik kiritmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.