Tojikiston: Hizb ut-Tahrir a’zosi 23 yilga ozodlikdan mahrum etildi Tojikistonda faoliyati taqiqlangan

440
0

загруженное

Hizb ut-Tahrir g’oyalariga da’vat qilgani uchun 14 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan maxbus 3 yil jazo muddatini o’tagach yana qaytadan 23 yilga qamoq jazosiga hukm etildi. Poytaxtdagi Ismoil Somoniy tuman sudi Hizb ut-Tahrir a’zosini mazkur tashkilot g’oyalariga da’vat qilgani uchun 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi hamda besh yil mobaynida partiyaviy faoliyat bilan shug’ullanishni man qildi.

So’g’diyona viloyati Bobojon G’ofurov tumanida yashovchi Azamat Vahhobov 2010 yilda “milliy va diniy adovat qo’zg’ashlikda” ayblanib 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi, ammo sudni ta’kidlashiga ko’ra, u Dushanbe markazidagi №1 qamoqxonasida ham o’z faoliyatini to’xtatmagan.

Qayta sodir etgan jinoyati uchun Ismoil Somoniy tuman sudi Azamat Vahhobovni 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi va jazo muddatini o’ta qattiq tartibli qamoqxonada o’tashligini belgiladi.

Azamat Vahhobovning uzundan uzun jinoyat ishida aytilishicha, “Bobojon G’ofurov tumanida yashovchi fuqaro maxbuslarni hukumatni bosib olishga, konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o’zgartirishga da’vat qilgan va g’oyrimusulmonlarga qarshi adovat qo’zg’agan”.

Azamat Vahhobov Hizb ut-Tahrirga 2001 yilda a’zo bo’lgan va 2002 yilda birinchi bor Tojikiston respublikasi jinoyat kodeksining 189 moddasi (millatlarora adovat qo’zg’ash va qonuniy hukumatni ag’darish) bilan ayblanib besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Ammo jazo muddatini o’tab chiqqach ham So’g’diyona viloyatida odamlarni Hizb ut-Tahrir g’oyalariga da’vat qilishni davom ettirgan. Shuning uchun ham jazo muddatini o’tab chiqqanidan bor yo’g’i uch yil o’tib, 2010 yilda Dushanbe shahar sudi uni yana 189 modda bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum etadi va besh yil muddatga partiyaviy faoliyat bilan shug’ullanishni man qildi.

Tojikiston hukumatining xabariga ko’ra, ayni vaqtda Hizb ut-Tahrirning 500dan ortiq a’zosi sudlangan va qamoq muddatini o’tamoqda. 2001 yili Tojikistonda Hizb ut-Tahrir tashkiloti noqonuniy deb e’lon qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.