Hizbut Tahrirning Pokistondagi matbuot bo’limi

437
0

01

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Amerikaga tilyog’lamalik qilishning yangi ko’rinishlari

Amerika tinchlik muzokaralari orqali mintaqamizdagi vujudini kafolatlashga urinmoqda

Amerika Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini e’lon qilgan kunning o’zidayoq Tolibon etakchilaridan biri Hakimulloh Mas’udga suiqasd qildi. Hukumatning «Amerika tinchlik muzokaralarini qiyinlashtirishga urinmoqda» degan da’vosi ochiq yolg’ondir. Chunki Amerika portlatishlar va suiqasdlar kampaniyasini uyushtirish orqali ushbu tinchlik muzokaralarining qo’llab-quvvatlanishini kafolatlashga urinmoqda. Chunki, Amerika Islom Ummatida, xususan Pokiston qurolli kuchlarida Qo’shma Shtatlarga nisbatan mavjud adovatning haqiqatini biladi. Shuning uchun u mintaqadagi manfaatlarini kuchaytirishda bundan foydalanishga urinadi.

Amerika mintaqamizda zo’ravonlik qilishni boshlaganidan buyon malaylari uning manfaatlarini kuchaytirish uchun unga tilyog’lamalik qilib kelgan. Masalan, Musharraf davrida hukumat «Amerika operatsiyalarining tahdidi bizdan erimizdagi qarshilik harakatlarini quvib chiqishimizni talab qiladi» deb da’vo qilgan. Bundan maqsad Amerika kuchlari bu ishni amalga oshirishi o’rniga Pokiston qurolli kuchlari amalga oshirishi uchun ularni bunga undash bo’lgan.

Kiyoniy-Zardoriy hukumati esa Amerika nufuzidan va Qabilalar mintaqasida Hindiston nufuzidan xalos bo’lish lozimligini ro’kach qilib harbiy operatsiyalarni kengaytirgan. Aslida esa Amerika iflos ishlarini amalga oshirishda Pokiston qurolli kuchlariga muhtoj bo’lgan. Pokiston qurolli kuchlari Amerikaning qo’rqoq qurolli kuchlari o’rniga harbiy operatsiyalarni amalga oshirgan. Negaki Amerika qurolli kuchlari safidagilarning ayrimlari qurolli mujohidlar zarbasidan qattiq qo’rqib o’z joniga qasd qilishgacha borgan.

Kiyoniy-Sharif hukumatining tilyog’lamachiligiga kelsak, u mintaqada Amerikaning vujudi doimiy saqlanib qolishini kafolatlash uchun tinchlik muzokaralarini amalga oshirmoqchi, Islomoboddagi elchixona niqobi ostidagi qal’alarga hamda yurtning har tarafida suiqasdlar va portlatishlarni amalga oshiradigan 100 ming odamga ega «Raymond Devis» tarmog’iga qo’shimcha Afg’onistonda yana 9ta harbiy baza qurilishiga zamin yaratmoqchi.

Ey Pokiston qurolli kuchlaridagi zobitlar! Rosululloh A:

«لاَ يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»

«Mo’min bitta teshikdan ikki marta chaqilmaydi» deganlar.

Siyosiy va harbiy etakchilikdagi xoinlar sizlarga qarshi ashaddiy dushmanlaringiz bo’lgan ho’jayinlariga tilyog’lamalik qilmoqda. Shuning uchun sizlar ulug’ shayx va davlat arbobi, olim Ato ibn Xalil Abu Roshta amirligidagi Hizbut Tahrirga yordam berishingiz vojib. Mana shundagina sizlarning ishlaringiz shar’iy ahkomlarga muvofiq boshqariladi. So’ng sizlar Pokistondagi va butun mintaqadagi salibchilik vujudiga, uning barcha turdagi harbiy bazalariga, idoralariga, elchixona va konsulliklariga barham berasizlar.

Hizbut Tahrirning Pokistondagi matbuot bo’limi

Twitter: http://twitter.com/htmediapak

Facebook: http://www.facebook.com/pages/Naveed-

Butt-Media-Office-HT/116266191744214

e-mail: htmediapak@gmail.com

Webpage: www.hizb-pakistan.com

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.