Hijrat – bu qochish emas

422
0

images

Hizb-ut Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan ketma-ket o’tkazilayotgan konferentsiyalar oddiy xalq tarafidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda.

Turkiyaning Busra shahrida o’tkazilgan “Hijrat” nomli konferentsiya ko’pchilik musulmonlar ishtirokida bo’lib o’tdi.

Konferentsiya Qur’on tilovati bilan ochilgandan so’ng so’zga chiqqan Suat Choban Islom tarixida muhim bir nuqta bo’lgan hijrat haqida so’z yuritar ekan, Hijrat – bu qochish emas, yoki bir joydan ikkinchi joyga ko’chib ketish emas, balki u muhim bir ma’noga ega ekanligini urg’uladi. Musulmonlari hijrat haqida chuqur mulohaza yuritishga chaqirgan Choban Hijrat Islom ummati uchun yangi davr, ya’ni Islom davlatining boshlanish nuqtasi bo’lganligini ta’kidladi.

Qizg’in davom etgan konferentsiya zalda yig’ilgan kishilar tarafidan berilgan savollarga javob berish bilan yakuniga etdi.

Ayni paytda Turkiyaning Diyorbakir shahrida “Islomga da’vat qilishning muhimligi va zarurligi” nomli yana bir konferentsiya tashkil qilindi.

Konferentsiyada so’zga chiqqan Halil Nurislom Islomga da’vat qilish butun musulmonlarga farzligi, buni kechiktirish yoki e’tiborsiz qoldirish joiz emasligi haqida so’z yuritdi.

“Islomga da’vat qilish musulmon kishi bekor bo’lgan paytda qilib qo’yadigan ish emas, balki u musulmonning asl vazifasidir. Shuningdek bu Alloh Taoloning boshqa hukmlari kabi ham emas. Masalan, namoz o’qish uchun ma’lum vaqtlar belgilangan. Ammo da’vat uchun vaqt belgilangan emas, u har lahzada amalga oshirilishi lozim. Da’vatchi qaerda bo’lsa ham, so’zi yoki amali yo tashqi ko’rinishi bilan bu vazifani bajarishga majbur”, dedi u o’z nutqida.

Undan so’ng so’zga chiqqan Hasan Bilen sahobalar va ulardan keyin kelgan Islom etakchilari Islom da’vatiga qanday ahamiyat qaratganligi haqida gapirdi.

“Bugungi buzuq voqelikni hech kim inkor eta olmaydi. Bu buzuq voqelikni o’zgartirishning yagona yo’li Islom davlatini tiklashdir”, deya ta’kidladi u so’zi davomida.

Konferentsiya odatdagidek, savollarga javob berish bilan nihoyasiga etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.