Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdogan Shvetsiya bosh vaziri Frendrik Reinfeldt bilan uchrashuvi ortidan jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Suriya masalasiga to’xtalib, bu maslada aldanib qolmaslik lozimligini ta’kidladi.
“Bu erda bir hiyla-nayranga aldanib qolmaylik deyman. Bu hiyla nima, bilasizmi? Dunyoda shunday bir o’yin o’ynalmoqda. “Kimyoviy qurollarga qarshi Suriyaga qullangan sanktsiyani ma’qullaymizmi yoki ma’qullamaymizmi”, degan o’yin. Bu bir hiyla-nayrang. Nega bilasizmi? Kimyoviy quroldan kancha kishi o’ldi?! 1500 kishi! Boshqa qurollardan qancha kishi o’ldi?! 150000ga yaqin inson halok bo’ldi. Ya’ni kimyoviy qurollar bilan o’ldirilganlar muhim, ammo boshqa qurollar bilan o’ldirilganlar muhim emas. Axir o’limga sabab bo’ladigan har bir narsa muhim emasmi?”, dedi u.
Erdogan Suriya masalasida gapirar ekan, u erda Asadga qarshi jang olib borayotgan jihodiy guruhlarni ham nazardan qochirmadi.
“Jabhatun Nusra kabi guruhlarning o’lkamizdan boshpana topishlari haqida gap-so’z bo’lishi mumkin emas, aksincha, bularga nisbatan pozitsiyamiz shuki, boshqa terroristik guruhlarga qanday qarshi kurashayotgan bo’lsak, ularga ham shunday qarshi kurashamiz. Ularga nisbatan bugunga qadar kerakli muomalani qilib keldik”, “Suriyadagi Al-Qoidaga bog’liq har qanday guruh bo’lmasin, ularning hech biri bilan Turkiyaning aloqasi yo’q, balki aksincha, Turk davlati bularni o’zidan uzoqlashtirib kelgan va shunday bo’lib qoladi”, deya ta’kidladi bosh vazir.
Shuningdek Erdogan so’zi davomida Suriyadagi demokratiya asosiga qurilgan Ilmoniy guruhlar bilan aloqa qilayotganini bildirib shunday dedi: “Bizga yaqin munosabatda bo’lgan Suriya muxolifati hammaga ma’lumdir. Bizning Suriya Ozod armisi va Suriya milliy koalitsiyasi bilan aloqamiz mavjud, ularni butun dunyo biladi”.