Turkiyada saylov haqida qizg’in bahs munozaralar davom etar ekan, o’ngchi-so’lchilar, islomchilar va sotsialistlar tinimsiz Turkiyaning musulmon xalqiga demokratiyani yagona yo’l sifatida taqdim qilmoqda.
Ayni paytda Hizb-ut Tahrir – Turkiya viloyati demokratiyaning voqeligi, uning kelib chiqish tarixi, Islom ummatiga qaerden kelib qolganligi va qanday ta’sir qilishi hamda butun insoniyatni, xususan, musulmon xalqlarni qanday buzganligini ko’rsatish maqsadida bir Konferentsiya tashkil qildi.
Konferentsiyaga juda ko’p xalq ishtirok etdi. Konferentsiya Ramazon Atabeyning qur’on tilovati boshlandi. Fotih Ergenjning tashrif buyurganlarga qisqacha tashakkur bildishidan so’ng Xoliq Uzdogan so’zga chiqib demokratiyaning kelib chiqish tarixi va tayangan asoslarga to’xtalib o’tdi.
“Islomni sof holda, ya’ni begona fikrlardan xoli holda o’rganish uchun uning asl manbasiga murojaat qilish lozim bo’lgani kabi demokratiyani tushinish va Islomga uyg’un kelish-kelmasligini bilish uchun ham demokratiyaning qanday yuzaga kelganligi haqida izlanish va u tayangan fikrlarni anglab etish zarurdir”, deya Islom bilan demokratiya o’rtasidagi farqqa e’tibor qaratishga chaqirdi.
Xoliq Uzdogan kapitalizm aslida xalqlarni mustamlaka qilish yo’lida ularni uxlatish uchun vosita sifatida demokratiyadan foydalanishini ta’kidlar ekan, “Aslini olganda ular o’z manfaati yo’lida har qanday inson huquqlarini pinagini buzmay poymol qilaveradi. Falastin, Iroq, Afg’oniston, janubiy sharqiy osiyo, Lotin amerika va Afrika davlatlardagi qonli hodisalar bunga yorqin dalildir”, deya ta’kidladi.
Uzdogan Islom bilan demokratiya o’rtasidagi ziddiyatni qisqacha qilib shunday izohladi: demokratiyaning boshqaruv nizomi “hokimiyat xalqniki, ya’ni hokimiyatning birdan-bir egasi xalqdir”, degan qoidadan iborat bo’lsa, Islomda boshqaruv nizomi esa quyidagi 4 asos ustiga quriladi:
1 Hokimiyat xalqqa emas, shariatga oid.
2 Saltanat ummatga oid.
3 Yagona bir Xalifani saylab olish musulmonlarga farz.
4 Shar’iy hukmlarni tabanniy qilish yolg’iz Xalifaning huquqidir.
Bular Islomdagi boshqaruvning asosiy qoidalaridir. Bu qoidalar shar’iy dalillarning diqqat bilan tekshirish natijasida ishlab chiqilgan shar’iy hukmlardir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turiptiki, Islom bilan demokratiyani bir biriga yaqinlashtirishning imkoni yo’q. Bu ikkisi bir biriga umuman ziddir.
Uzdugon Islom bilan demokratiyani birlashtirishga harakat qilayotgan kishilarga shar’iy manbalardan dalillar keltirib o’tdi. Islomning demokratiya kabi botil fikrlarga qarshi ekanligini va bu tahlikali tushunchalarning Islomdan qilib ko’rsatish Alloh Taoloning Islom ummatiga va’da qilgan Islomiy Xalifalik davlati tiklanishining kechikishiga sabab bo’lishini aytib, o’z so’ziga yakun yasadi.