Gulnora Karimova atrofidagi ishlarni, otasining rejimiga qanaqangi aloqalari bo’lishi mumkin.

513
0

images-33

Dunyo siyosiy analitiklari ham har xil fikrlar bildirayotgan bu xodisa, biz musulmonlarni ham befarq qoldirmadi albatta. Chunki bu va shu kabi g’oyriislomiy rejimlarning bartaraf qilish, bizlarning asosiy vazifalarimiz turkumiga kiradi.

Karimovni o’zining qizi olib borgan ishlaridan mutloq behabar qolgani to’g’ri gap emas albatta. Balki ba’zi bir detallaridan behabar bo’lishi mumkin, lekin asosiy ishlaridan habardor bo’lgan. Ularning ishlarga sukut qilgani esa, roziligidan darak beradi. Demak Karimov qizlarining barcha ishlaridan bohabar bo’lgan. Nega endi ularning ishlariga qarshi chiqdi? Ko’pchilikni qiziqtirgan masala shu erda.

Gulnoraning tvitterda tarqatayotgan ma’lumotlariga ko’ra, MXX boshlig’i Inoyatov bosh bir guruh, uni prizidentlikka da’vogar sifatida ko’rib, otasiga qattiq ta’sir ko’rsatishgan. Otasi ularning go’yoki noto’g’ri ahborotlaridan ta’sirlangan emish. Yana “siz orqali otangizni taxtdan ag’darishga xarakat qilishni rejalashdimi?” degan savolga “uje” allaqachon deb javob berdi. Inoyatov xaqida shunday dedi “Inoyatov qo’ymayapti! Xuddi shunday dedi: kerak emas… pusib o’tirsang tegmaymiz…) Odamlarga achinaman, axir ularni qo’rqitishayapti va urayaptilar…”.

Bu vaziyat albatta Gulnoraning zaiflashganiga dalolat qiladi. Lekin bu protsesda prizidentning roli qanchalik, vaziyat uning xohishi bilan yo’naltirilyaptimi? Yoki uning o’zi ham boshqa quvvatlar tomonidan yo’naltirilishga o’tdimi?

Dunyo tarihidagi barcha rejimlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, barchasi yirtqich xayvonlar galasini eslatadi. Gala boshlig’i quvvatdan ketayotganida, o’zidan keyingi, shu kungacha vafodor bo’lib uni xizmatida kelganlar tomonidan inkor qilinishadi. Lenin, Stalin, Xurschov, Muborak…… singarilarning barchasi o’z hamkorlari yoki xizmatchi a’yonlari tomonidan xorlanishgan. Karimov ham bu qismatdan qocha olmaydi albatta. Shuning uchun u, o’rnini bosa oladigan o’zi tayangan quvvat bilan xisoblashishga o’tdi. Qizi esa, vaziyatga to’g’ri baho bera olmay, ya’ni otasidagi quvvatga to’g’ri baho bera olmay, o’sha kuvvatli guruhlar bilan til topishishga yaxshi xarakat qilmadi. Aksincha, ularni mensimagan xolda manfa’atlariga tajovvuz qildi. Bu ishni hatto otasi ham qilmagan edi. Karimov bu quvvatlarga ma’lum sohalardan manfa’atlanish imkoniyatini berib, shuni evaziga ular quvvati bilan rejimni saqlab kelar edi. Lekin o’z o’rnini ularning birortasiga ravo ko’rgan emas. Shuning uchun qizi Gulnoraning erkin xarakatlantirib, o’sha klanlar o’zining o’rniga tanlab olishlaridan umid qildi. Ammo qizi, siyosiy jarayonlarga to’g’ri yondasha olmadi. Ayniqsa Karimov Latviyaga rasmiy tashrif buyurganida bunga aniq amin bo’ldi.

Karimov, Gulnorani nafaqar ichkaridagi etakchi guruh, balki G’arb olami ham qabul qilmasligini bildi. Shunda u, qizini va oilasini saqlab qolish maqsadida, etakchi guruh maqsadlariga paralel yurishni o’zi boshladi. Ularning ko’z o’ngida qizini rosmona urdi. Qiziga aloqador bo’lgan barcha shaxs yoki soxalarga yo’l ochib berdi. Uni uy qamog’iga soldi. Internetni qo’yib bergani esa, u bari bir oila a’zosi ekanligidan, ketayotgan zulmlarga oilaning aloqasi yo’q ekanligini bildirishni xohladi. Bu esa, Karimov bilan etakchi guruh o’rtasidan dars ketganini bildiradi. Ko’p ishlar uning nazorati ostidan chiqib borayotganini va hatto u bu ishlarga rozi emasligini anglatadi. Inoyatovning Gulnoraga qilgan xaqoratomus tahdidi esa, Karimov va uning oilasiga bo’lgan hurmatsizlik bo’lib, vaziyatlar u tomonidan boshqarilayotganini bildiradi.

Demak O’zbekistonda ham taxt talashishga jura’t paydo bo’ldi. Bu esa, yaqin kelajakda jiddiylashadi. Xozircha Karimov xalqni qo’rqitib ushlab turishda diktatorlik simvoli qatori ularga kerak. Lekin Karimov bu xorlikni qanday qabul qiladi? uning keyingi xarakatlarida buni anglab olarmiz. Lekin qizini ularga topshirishi, ularning taklifiga roziligini anglatuvchi birinchi qadam bo’ldi.

Xalqaro siyosat nima deydi? Ular ham albatta kuchlilar tomonida bo’ladi. O’zbekiston rejimini olib tashlashda ham ikki yo’l mavjud. Birinchisi: Misrdagi kabi xolat. Bunda G’arb kuch strukturasini qo’lga olib, ularni moddiy ta’minlab, huddi Misr harbiylari kabi vaziyatni qo’llariga olishga undaydi. Xalqning nafratini esa, huddi Muborak singari Karimov tomon burib yuborib, uni xalqaro mahkamaga tortadi. Ikkinchisi: Karimovni o’zini o’rnida ushlab qoladi. Xalq noroziligini esa, Asad singari kuch bilan bostirishiga sharoitlar yaratib beradi. Albatta vaziyatlar yangi xolatlarga qarab har xil bo’lishi mumkin.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.