Pokiston: uchuvchisiz samolyotlar hujumi natijasida qurbon bo’lganlarni faqatgina 3 foizini tinch aholi tashkil etadi

431
0

001

Pokiston hukumati bergan bayonotga ko’ra, AQShning uchuvchisiz samolyotlari hujumi natijasida 2008 yildan buyon Pokistonda 67ta tinch aholi qurbon bo’lgan.

Pokiston mudofa’a vazirligini rasmiy xisobotiga ko’ra, qurbon bo’lganlarni faqatgina 3 foizini tinch aholi tashkil etadi.

Pokiston mudofa’a vazirligi “AQShning uchuvchisiz samolyotlari uyushtirgan uch yuzdan ziyod hujumlarda ikki mingga yaqin mujohidlar o’ldirilganini” ta’kidlamoqda.

Shuningdek, Pokiston mudofa’a vazirligi, 2013 yil mobaynida birorta ham tinch aholi uchuvchisiz samolyotlar hujumi qurboni bo’lmaganini alohida belgilab o’tdi.

Turkiston:

Musulmonlar ustiga mustamlakachilar tomonidan qo’yilgan malay hokimlar o’z hojalarini rozi qilish, ularning manfa’atlarini ta’minlab berish uchun o’z xalqi hayoti va xotirjamligini qurbon qilishga ham tayyorlar.

Huquqni ximoya qiluvchi tashkilot Amnesty International o’zining yaqinda e’lon qilgan AQSh uchuvchisiz samolyotlarining Pokistondagi hujumlari to’g’risidagi xisobotida ko’rsatilishicha, 2004 yildan 2013 yilning sentyabr oyigacha bo’lgan vaqt mobaynida uchuvchisiz samolyotlar 330tadan 374tagacha harbiy amaliyotga chiqqan va bu hujumlar natijasida 400tadan 900tagacha harbiy amaliyotlarga hech qanday aloqasi bo’lmagan tinch aholi qurbon bo’lgan.

Britaniyaning “Jurnalistik surishtiruv byurosi” notijorat tashkiloti ham bu to’g’risida o’z xisobotini e’lon qildi.Bu tashkilotni xisobiga ko’ra, 2004- 2013 yillar oralig’ida uchuvchisiz samolyotlar hujumi natijasida 2,6 mingdan 3,4 mingtagacha odam qurbon bo’lgan bo’lib, ulardan 470 – 890 tasini tinch aholi tashkil etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.