Mujohidlar besh mingdan ortiq mahbusni ozod qildi

0
377

Suriyada Asad rejimiga qarshi kurashayotgan jihodiy guruhlar Halab shahrining markazida joylashgan qamoqxonaga hujum qilib besh mingdan ortiq mahbusni ozod qildi.

Xabarlarda aytilishicha, hujum Jabhatun Nusra va Ahrorush Shom jihodiy guruhlari tarafidan rejalashtirilib amalga oshirilgan.

Hujum boshida Jabhatun Nusra tarafidan uchta bombaning portlatilishi oqibatida Asadga tobe o’ndan ortiq askar halok bo’ldi.

Qamoqxonaga yorib kirishni muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so’ng taraflar o’rtasida shiddatli jang boshlangani aytiladi. Halab shahrining markazidagi qamoqxonadan ozod qilingan besh ming mahbuslar orasida besh yuz chamasi ayollardan iborat. Da’volarga ko’ra bu qamoqxona Suriyadagi eng og’ir qiynoqlar qo’llaniladigan qamoqxonalardan biridir.

Mujohidlar qamoqxonani butunlay qo’lga kiritgandan so’ng rejim harbiylari harbiy uchoqlar bilan ba’zi joylarni bombaladi.

Izohlar yo'q