Misrda so’nggi kunlarda zo’ravonlik va tinch namoyish qilish uchun ko’chaga chiqqan qurolsiz kishilarga qarshi vahshiylik yana davom etmoqda. Harbiy to’ntarishga qarshi nafas ham oldirmaslikka qasam ichgan harbiy xunta boshqaruvi qatliom qilish uchun qulochini keng yoya boshladi.
Kuni kecha tinch namoyishchilarga karshi harbiylar va xavfsizlik harakati tarafidan yana kuch ishlatildi. Iskandariya shahrining Bashir kvartalida harbiy to’ntarishga qarshi tinchimayotgan namoyishchilarga qarshi TOMA quroli ishga solinishi oqibatida 15 kishi hayotdan ko’z yumdi, 50 dan ortiq kishi og’ir jarohat oldi. Jarohat olganlarning ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda. Namoyishchilar ko’p qon to’kilishining oldini olish uchun Tahrir va boshqa maydonlarga kirmasliklari aytilgan edi.
Tahlilchilar vaziyatning yanada yomonlashishidan xavotirda. “Zug’um o’tkazishdan foyda yo’q. Bunday chora ish bermaydi. Bu hukumatning takabburligidan dalolat”, – deydi Misrdagi Amerika universiteti professori Emad Shahin.
2011-yilgi inqilob hayajoni hanuz bosilgani yo’q. Emad Shahinga ko’ra, hukumat noroziliklarni osonlikcha bostira olmaydi.
Boshqa tahlilchilar ham Shahinning fikriga qo’shiladi. “Bir guruh namoyishchini kuch bilan bostirish mumkindir, ammo butun xalq harakatiga qarshi kuch ishlatib bo’lmaydi”, deydi ular. Tahlilchilarning fikricha, 2011 yil inqilob yasab, prezident Husni Muborakni hokimiyatdan ag’dargan misrliklar istalgan paytda yana bosh ko’tarishi mumkin.