Shar’iy libos kiygan muslima qizni o’qituvchisi kaltakladi

630
0

hidjusma

Qirg’izistonning Qorasuv shahridagi Karimjon Rahimov nomli 68-maktabda o’qiydigan muslima qiz Nafisa Nazarova boshiga rumol o’rab, uzun yubka kiyganligi uchun qirg’iz tilidan dars beradigan O’qituvchisi Tattgүl Ormonova tomonidan kaltaklanib darsdan quvildi.

Bu haqida qizning onasi Xafiza Nazarova Ozodlikka ma’lum qildi.

– U ayol qirg’iz tili o’qituvchisi, ham zovuch bo’lib ishlaydi. Uzun yubka kiygani uchun darsdan chiqarvorgan. Direktoriga yig’lab kirgani uchun orqasidan borib bexosdan urvorgan. Uch-to’rt marta urgan, boshiga qattiq urgan. Direktori bilan kutubxonachisi zo’rg’a qo’lidan tortib olibdi qizimni, – deydi qizning onasi ozodlikka bergan intervyusida.

9 – sinf o’quvchisi Nafisa Nazarova shar’iy libos kiyganligi uchun anchadan buyon tazyiq ostida ekanligini aytadi. “Maktab ochilgandan buyon mening rumolim va uzun yubkamga osiladi. Qirg’iz tili darsida Ejeke darsga kirib uzun yubka kiyganlar chiqib ketsin, dedi. Men chiqmay qo’ydim. Lekin o’qituvchi kitob daftarlirimni yig’ishtirib, meni sudrab tashqariga olib chiqdi. Darsdan quvgani etmaganday, drektorning xonasida meni kaltakladi”, deydi Nafisa Nazarova

Nafisa o’sha kungi kaltaklanishidan buyon o’zini yomon his qilayotgani va maktabga borishdan cho’chib qolganini aytadi.

Voqea yuzasidan ota-otalar prokraturaga arz qilishgan. Ammo hali beri jinoiy ish ochilgan emas. Faqat militsiya va prokratura voqea yuzasidan surishtiruv olib borayotgani aytilmoqda.

Qirg’iziston janubida aksariyatni tashkil qiluvchi muslima o’quvchilar haqida 24 sentyabr kuni chiqish qilgan O’sh shahri meri Melis Mirzakmatov o’quvchilarga nafaqat ro’mol, balki hijob taqiqlanmagani haqida gapirgan edi.

Hokim mamlakatda maxsus maktab kiyimi haqida qonun bo’lmagani bois, o’z qo’li ostidagi mutasaddilarni ro’molli va hijobli o’quvchilarning haqqini buzmaslikka ham chaqirgan.

Mamlakat janubidagi maktablarda o’quvchi qizlarning ro’mol va uzun kiyim kiyishlariga qarshilik ko’rsatish hollari muntazam ravishda kuzatiladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.