1 – Davlatni tiklash uchun harakat qilishdagi jihod 2 – Hajdagi ifoza (hojilarning yo’nalishi)
Birinchi savol:
Bu o’rinda: «Hizbut Tahrir Xalifalikni tiklash uchun harakat qilishda Madina davriga emas, Makka davriga tayanadi, Xalifalikni tiklashga da’vat qilish bosqichida jihod qilishni shariatga zid deb hisoblaydi, chunki Rosululloh A buni qilmagan» deb aytadiganlar bor… Buni aytuvchi yana shunday qo’shimcha qiladi: Nima uchun Xalifalikni tiklash dalillari Madina davridan olinmaydi? Bu davrda jihod bo’lgan va unga amal qilingan. Bu masalaga qoniqarli javob bormi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Javob:
Bu savolda bayon qilish kerak bo’lgan bir qator masalalar bor:
1 – Xoh Kitobda, xoh Sunnatda vorid bo’lgan dalillarga ergashish vojib. Bu borada Makkai Mukarramada vorid bo’lgan dalillar bilan Madinai Munavvarada vorid bo’lgan dalillar o’rtasida farq yo’q.
2 – Talab qilinayotgan dalillar bitta masalaning dalillaridir va boshqa masalaning dalillari emas (Bitta masala ustida izlanayotgan dalillar boshqa masalaning ustida emas, ayni o’sha masala ustida izlanadi):
a) Masalan, agar men qanday tahorat qilishni o’rganishni istasam, tahorat dalilarini, u Makkada nozil bo’lganmi yoki Madinadami farqsiz, tahorat dalillaridan izlayman va bu dalilardan qabul qilingan usul qoidalariga muvofiq shar’iy hukm istinbot qilinadi. Biroq men tahoratni va uni qanday qilishni olish uchun ro’za dalillarini izlamayman.
b) Masalan, agar men haj hukmlarini bilishni istasam, haj dalillarining o’zidan – ular Makkada nozil bo’lganmi yoki Madinadami farqsiz – izlayman va bu dalillardan qabul qilingan usulga muvofiq shar’iy hukm istinbot qilinadi. Biroq men undan haj hukmlarini va uni qanday ado etishni olish uchun namoz dalillarini izlamayman.
v) Masalan, jihod hukmlarini, ya’ni jihodning farzi ayn yoki farzi kifoyaligi, u mudofaa uchunmi yoki biz tomondan boshlanadigan jihodmi, jihodning ortidan keladigan fath hukmlari va Islomni yoyish hukmlari, urush orqali fath qilish yoki sulh bilan fath qilish hukmlarini bilishni istasam, jihod dalillarining o’zidan izlayman. Bu dalillar Makkada nozil bo’lishi yoki Madinada nozil bo’lishining farqi yo’q. Bu dalillardan qabul qilingan usulga muvofiq shar’iy hukm istinbot qilinadi. Biroq men undan jihod hukmlarini va uning tafsilotlarini olish uchun zakot dalillarini izlamayman.
g) Har bir masalada shunday bo’ladi. Uning dalillari Makkada yoki Madinada vorid bo’lsa, o’sha joydan izlanadi. Bu dalillardan qabul qilingan usulga muvofiq masalaning shar’iy hukmi olinadi.
3 – Hozir biz Islomiy davlatni tiklash masalasiga to’xtalamiz va dalillar Makkada nozil bo’lganmi yoki Madinadami farqsiz, uning dalillarini izlaymiz. So’ng bu dalillardan qabul qilingan usulga muvofiq shar’iy hukmni istinbot qilamiz.
Biz Rosululloh A Makkai Mukarramadagi siyratida bayon qilib bergan dalillardan boshqa Islomiy davlatni tiklashning hech qanday dalillarini topmadik. U kishi boshida Islomga maxfiy da’vat qildilar, natijada bir mo’min, sobir guruhni paydo qilib oldilar… So’ngra bu guruhni Makkada va haj mavsumlarida odamlarga e’lon qildilar… So’ngra quvvat va yordam ahlidan nusrat talab qildilar. Oqibatda Alloh Subhanahu u kishini ansorlar bilan ikrom qildi va ularga hijrat qilib davlatni tikladilar.
Mana shular davlatni tiklash dalillaridir va bundan boshqa dalil yo’q. Rosululloh A bu dalillarni o’z siyratida bizga qoniqarli bayon qilib berganlar. Biz bu dalillarga rioya qilishimiz vojib. Mavzu jihod farz qilinishidan oldingi Makka davri va jihod farz qilinganidan keyingi Madina davri emas. Balki mavzu davlatni tiklash dalillarini izlashdir. Bu dalillar Rosululloh A Madinaga hijrat qilib davlatni tiklagungacha bo’lgan Makka davridagina mavjud.
U bir masala bo’lsa, jihod undan boshqa masaladir. Aytib o’tganimizdek Xalifalikni tiklash dalillari o’z manbasidan olinadi va jihod dalillari ham o’z manbasidan olinadi. Ularning biri ikkinchisiga bog’liq emas. Shuning uchun xalifa mavjud bo’lmasligi bilan jihod to’xtatib qo’yilmaydi. Rosululloh A dedilar:
«وَالْجِهَادُ مَاضٍ مُنْذُ بَعَثَنِيَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ إِلَى أَنْ يُقَاتِلَ آخِرُ أُمَّتِي الدَّجَّالَ، لاَ يُبْطِلُهُ جَوْرُ جَائِرٍ وَلاَ عَدْلُ عَادِلٍ»
«Jihod – Alloh Subhanahu va Taolo meni yuborganidan boshlab to Ummatimning oxiri dajjolga qarshi urishgungacha davom etadi. Uni zolimning zulmi ham, odilning adolati ham bekor qilolmaydi». Bu hadisni Bayhaqiy «Sunani Kubro»da Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan. Shuning uchun jihod – Xalifalik qoim bo’lsa ham, qoim bo’lmasa ham farqsiz – o’z shar’iy hukmlariga muvofiq davom etadi.
Shuningdek Xalifalikni tiklash uchun harakat qilish hokimlar jihodni to’xtatib qo’yganlari sababli to’xtatib qo’yilmaydi. Xalifalikni tiklashga harakat qilish u tiklangungacha davom etadi. Chunki qodir musulmonlarga bo’ynilarida xalifa uchun bay’at bo’lmasligi haromdir. Muslim Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Umar aytadi: Men Rosululloh Aning shunday deb aytayotganlarini eshitdim:
«مَنْ خَلَعَ يَدَاً مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لاَ حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»
«Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo’q holda yo’liqadi. Kimki bo’ynida bay’at yo’q holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi».
Shunga ko’ra jihod davom etadi, Xalifalik uchun harakat qilish u tiklangunga qadar davom etadi. Bularning biri ikkinchisiga bog’liq emas. Bularning har biri alohida masaladir. Har bir masala uchun o’zining shar’iy dalillarini izlanadi va bu dalillardan qabul qilingan usulga muvofiq masalaning shar’iy hukmi istinbot qilinadi.
4 – Shuning uchun Hizbning Rosululloh A Madinada davlatni tiklagunlariga qadar Makkada bayon qilib bergan tariqatiga rioya qilishi va davlatni tiklashga da’vat qilish bosqichida jangovar harakatlardan foydalanmasligida na Makka davri, na Madina davri degan narsa yo’q. Balki, davlatni tiklash dalillari Rosululloh A Madinada davlatni tiklagunga qadar Makkada bayon qilib bergan dalillardir. Shuning uchun masala davlatni tiklash tariqatidir. Bu o’rinda Rosululloh A bayon qilib bergan tariqat – Makka davridagi siyrati bayon qilib bergan tariqatdir, xolos.
Agar masala islomiy davlatning ish faoliyati va jihozlari haqida bo’lganida, buni Rosululloh A Madinada bayon qilib bergan dalillardan olgan bo’lar edik. Chunki davlat u erda tiklangan edi.
5 – Xulosa:
a) Har qanday masalaning hukmlari shu masala to’g’risida kelgan dalillardan olinadi. Bu dalillarning Makkada yoki Madinada nozil bo’lishining farqi yo’q. Shuning uchun ro’za hukmlari ro’za dalillaridan, namoz hukmlari namoz dalillaridan, jihod hukmlari jihod dalillaridan va davlatni tiklash hukmlari davlatni tiklash dalilaridan olinadi.
b) Davlatni tiklash masalasida Makkai Mukarramada bayon qilingan dalillardan boshqa dalil mavjud bo’lmagani uchun bu masalada Rosululloh Aning Makkadagi tariqatiga rioya qilinadi. Agarda davlatni tiklash masalasida Madinada dalillar vorid bo’lganida bu dalillar ham olingan bo’lar edi.
Biz Alloh Subhanahu va Taolodan Islomiy davlatni, ya’ni roshid Xalifalikni tiklash uchun madad berishini so’raymiz. Xalifalik Islom va musulmonlarni aziz qiladi, kufr va kofirlarni xor qiladi hamda dunyoning har tarafiga ezgulik urug’ini sochadi.
Ikkinchi savol: Menga Alloh Taoloning «Baqara» surasidagi ushbu so’zi tushunarsiz bo’lib qoldi:
«Endi Arafotdan tushganingizdan keyin Mash’arul Haromda Allohni zikr qiling! U zot sizlarni – garchi ilgari adashganlardan bo’lgan esangiz-da – haq yo’lga hidoyat qilgani yanglig’ sizlar ham u zotni eslang-zikr qiling! So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar va Allohdan (gunohlaringizni) mag’firat qilishini so’ranglar! Albatta Alloh mag’firat qilguvchi, rahmlidir» [Baqara 198-199]
Birinchi oyat
«Endi Arafotdan tushganingizdan keyin Mash’arul Haromda Allohni zikr qiling!» [Baqara 198] Arafotdan Mash’arul Haromga, ya’ni Muzdalifaga tushishni (ifoza qilishni) ifodalaydi. Ammo
«So’ngra tushinglar» [Baqara 199]
deb aytilgan keyingi oyat u erda yana boshqa ifoza, Muzdalifadan Minoga ifoza qilish mavjudligini ifodalaydi. Bundan ikki ifoza, ya’ni birinchisi hojilarning Arafotda to’xtashi va Muzdalifaga ifoza qilishi, ikkinchisi hojilarning Muzdalifada to’xtashi va Minoga ifoza qilishi tushuniladimi? Bizga ma’lumki to’xtash Arafotda bo’ladi va o’sha joydan ifoza bo’ladi.
Bunga oydinlik kiritib berasiz deb umid qilaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Javob:
Ifoza bir marta Arafotdan Muzdalifaga bo’ladi. Mana shu ifoza deb nomlanadi. Buni bayon qilish uchun sizga bu ikki oyatning ma’nosini izohlab beraman:
«Endi Arafotdan tushganingizdan keyin» [Baqara 198]
Ya’ni, agar sizlar Arafotdan ko’pchilik bo’lib yo’lga otlansangizlar. Ifoza deb quyilib oqqan toshqin suvga aytiladi.
Bu erda «عَرَفَاتٍ» so’zi «عرفة» so’zining ko’pligi emas, balki bu hajdagi ma’lum joy ma’nosida va u ko’plik lafzidagi ismdir. Bu ismning ko’pligi va birligi yo’q. Ya’ni u erda to’xtash joyining – har biri «عرفة» deb nomlangan, ko’pligi «عَرَفَاتٍ» bo’lgan bo’laklari mavjud emas. Balki «عرفة» ham «عَرَفَاتٍ» ham bitta ma’noda, ya’ni muayyan joyning nomidir. «عَرَفَاتٍ»dagi «ت» ta’nis «to»si emas. Shuning uchun u sarf qoidalarini qabul qiladi.
«Garchi ilgari adashganlardan bo’lgan esangiz-da» [Baqara 199]
Garchi sizlar Rosululloh s.a.v. sizlarga hidoyat olib kelishidan hamda haj va boshqa narsalarning hukmlarini bayon qilib berishidan oldin adashganlardan bo’lgan esangiz-da…
Mash’arul Harom – Ibn Umar H aytganidek – butun Muzdalifadir. Muzdalifani shuningdek jam deb ham aytiladi.
«So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar va Allohdan (gunohlaringizni) mag’firat qilishini so’ranglar! Albatta Alloh mag’firat qilguvchi, rahmlidir» [Baqara 198-199]
Ey Makka ahli, sizlarning ifozangiz ham boshqa odamlarnikidek bo’lsin, ya’ni Muzdalifadan emas, Arafotdan Muzdalifaga bo’lsin. Quraysh johiliyatda – boshqa odamlar kabi Arafotda emas – Muzdalifada to’xtashni odat qilgan edi. Boshqa odamlar Arafotda to’xtar edi. Bu erda Qurayshning bu odati bekor qilingan. Quraysh johiliyatda Haramdan bo’lmagan Arafotda to’xtamas, balki Haram ichidagi Muzdalifada to’xtashar va: «Biz Baytul Haramda yashovchilarmiz, shuning uchun Haramdan chiqmaymiz» deb aytishar edi. Ular «Hums» deb atalishar va Muzdalifada odamlardan alohida xos joyda to’xtashar edi. So’ng Alloh Subhanahu va Taolo Qurayshni odamlardan farqsiz ravishda Arafotdan ifoza qilishga hamda oldingi xatolari sababli mag’firat so’rashga buyurdi. Alloh xolis bandalarini mag’firat qiluvchi va ularga rahmdildir.
Buxoriy va Muslim (lafz Buxoriyniki) Hishom ibn Urvadan, u otasidan, otasi Oisha Idan rivoyat qiladi: «Quraysh va uning dinida bo’lganlar Muzdalifada to’xtashar va Hums deb atalishar edi. Boshqa odamlar Arafotda to’xtar edi. Islom kelgach Alloh Payg’ambari Ani Arafotga kelishga, so’ng u erda to’xtab keyin u erdan ifoza qilishga buyurdi». Bu buyruq Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu so’zidir:
«So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar» [Baqara 198-199]
Shu ma’noga ko’ra «ثم» oldingi ushbu
«Va (haj qilish uchun yo’lga tushishdan avval zarur ozuqa bilan) ta’minlanib oling! Eng yaxshi ozuqa Allohdan qo’rqishdir. Mendan qo’rqingiz, ey ahli donishlar!» [Baqara 197]
oyatining oxiriga atf bo’ladi. Ya’ni oyatlarda ma’no jihatidan oldinga surish va kechiktirish mavjud. Go’yoki ma’no tartibi quyidagicha bo’ladi: «Va haj qilish uchun yo’lga tushishdan avval zarur ozuqa bilan ta’minlanib oling! Eng yaxshi ozuqa Allohdan qo’rqishdir. Mendan qo’rqingiz, ey ahli donishlar! So’ngra odamlar tushgan tomondan, ya’ni Arafotdan tushinglar, Quraysh johiliyat davrida qilgani kabi Muzdalifadan emas. Endi Arafotdan tushib, Allohning buyrug’ini bajarganingizdan keyin Muzdalifaga boring va Mash’arul Haromda, ya’ni Muzdalifada Allohni zikr qiling! U zot sizlarni – ilgari to’g’ri yo’lga hidoyatlanmay adashganlardan bo’lganingizdan keyin – haq yo’lga hidoyat qilgani yanglig’ sizlar ham U zotga hamd ayting».
Bu savolni berishga undagan narsa – savol beruvchi «ثم – atf harfi, u ishlarda o’rtada biroz uzilish bo’lgan tartibni ifodalaydi. Ya’ni ثمdan keyingi ish undan oldingi ishdan biroz keyin bo’lgani tushuniladi», deb o’qib olgan va shunga binoan bu ikki oyatni quyidagicha tushunib olgan ko’rinadi:
Oldingi oyatni shunday tushungan:
«Endi Arafotdan tushganingizdan keyin Mash’arul Haromda Allohni zikr qiling!» [Baqara 198]
ya’ni Muzdalifada, chunki hojilar bu paytda Muzdalifaga etgan bo’ladi.
Keyingi oyatni shunday tushungan:
«So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar» [Baqara 199]
«ثم»ning savol beruvchining zehnidagi ma’nosiga binoan: ya’ni sizlar Muzdalifaga etdingiz, Allohni zikr qilganingizdan va bomdoddan keyin Minoga tushinglar. Ya’ni u (savol beruvchi)
«So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar» [Baqara 199]
oyatini: so’ngra Muzdalifadan Minoga tushinglar, deb tushungan va bu tushuncha unda savolning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan.
Bu oyat bunday tushunilmaydi. Biz buni ikki jihatdan bayon qilamiz:
Birinchi jihat: Buxoriy va Muslim
«So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar» [Baqara 199]
oyatining nozil bo’lishi sababi haqida qilgan rivoyatga binoan oyatning ma’nosi: «Sizlar Muzdalifadan emas, Arafotdan ifoza qilinglar» deb tushuniladi. Alloh barcha hojilarga, shu jumladan Qurayshga ham Arafotdan ifoza qilishni farz qildi.
Ikkinchi jihat: «ثم» ishlarning bajarilishida o’rtada biroz uzilish bo’lgan tartibni ifodalaydi. Ya’ni keyingi ish sodir bo’lishda oldingi ishdan biroz keyin bo’ladi. Biroq «ثم» ayrim hollarda bundan boshqacha ham qo’llanadi. Bunda «ثم»dan keyin kelgan ish sodir bo’lishda gapda undan oldin aytilgan ishdan oldin yuz beradi. Lekin bu narsa qarinaga va ko’zlangan bir maqsadni namoyon qilishga muhtojdir. Arablar «أعجبني ما صنعت اليوم ثم ما صنعت أمس أعجب meni bugun qilgan ishing ajablantirdi, kechagi ishing esa ajablanarliroq edi» deb aytishadi. Bu erda kechagi ish bugungi ishga atf bo’lyapti. Ya’ni keyingi ish oldingi ishga – ularning orasida tartib bo’lmagan holda – atf bo’lyapti. Lekin aslida «ثم»ning arablar orasida mashhur ma’nosiga ko’ra avval oldingi ish, undan biroz muhlat o’tgach keyingi ish sodir bo’lishi kerak. Shuning uchun bundan boshqacha suratda qo’llanishi uchun qarina lozim, dedik. Bunday qo’llashdan maqsad e’tiborni tortish lozim bo’lgan ishni namoyon qilish bo’ladi. Chunki fasohatli arab tilida qo’llanishdagi tartibning o’zgarishidan bir maqsad ko’zda tutiladi.
Arablarning yuqoridagi so’zlarini o’rganib chiqsak, «ثم»dan keyingi ish undan oldin zikr qilingan ishdan oldin bo’lganiga dalolat qiluvchi qarina – «أمس kecha» so’zining «ثم»dan keyin, « اليوم bugun» so’zining «ثم»dan oldin qo’llanilgani ekanini ko’ramiz.
Bu gapdan namoyon qilish ko’zlangan maqsad bugungi ishning qiymatini tushirishdir. Gapning zohiriy ma’nosi kechagi ishni maqtash, haqiqati esa bajaruvchining qudratini ayblashdir. Ya’ni u bir ishda oldinga siljish o’rniga orqaga qarab ketdi, natijada bugungi ish kechagidan ko’ra ozroq bo’ldi.
Oyati karimadagi qarina oyatning nozil bo’lish sababidir, uni Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
Namoyon qilish ko’zlangan maqsad esa Qurayshning odatini bekor qilishdir. Quraysh odati bo’yicha Muzdalifada to’xtar va Arafotda to’xtash uchun bormas edi. Ya’ni Alloh Taolo oldingi oyatda Arafotdan Muzdalifaga ifoza qilishni zikr qilgandan keyin uni yana zikr qildi va Arafotdan Muzdalifaga ifoza qilish Qurayshga ham xuddi boshqalarga vojib bo’lganidek vojib ekanligini eslatdi.
Umid qilamanki ifoza qilish Arafotdan Muzdalifaga bo’lishi oydinlashdi.
«So’ngra tushinglar» [Baqara 198-199] deb kelgan keyingi oyat ma’noda
«Endi Arafotdan tushganingizdan keyin» [Baqara 198-199]
deb kelgan oyatdan oldindir. Arab tilida oldinga va keyinga surish aniq bir maqsad uchun bo’ladi. Bu erdagi maqsad Qurayshning johiliyatdagi o’zlarini boshqa odamlardan ajratish odatlariga barham berishdir.
16 zul-qa’da 1434h 22 sentyabr 2013m