Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»
Matbuot bayonoti
Butun mulk Uning qo’lida bo’lgan Zot har qanday nuqsondan pokdir. U o’ldiruvchi va tiriltiruvchidir. Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz.
Mangaliev Panji 45 yoshida Allohning izni ila shahid bo’lib oliy maqomga ko’tarildi. Biz uni shahid deb hisoblaymiz va Alloh oldida hech kimni oqlamaymiz. U Tojikistonning jinoyatchi tog’uti qamoqxonalarining birida shahid bo’ldi.
Panji Hizbut Tahrir safiga 1997 yil O’zbekistonda qo’shildi. U O’zbekistonda da’vatni yoyishda kuchli faoliyat olib bordi. G’ayrat va xolislikda o’rnak olinadigan misol bo’ldi. Biroq O’zbekiston xavfsizlik organlari tarafidan kuzatuvga olingani uchun 1999 yil Tojikistonga ko’chib o’tishga majbur bo’ldi. U erda ham Islom da’vatini yoyishda faoliyatini davom ettirdi.
2003 yil avgust oyida Tojikiston xavfsizlik organlari tomonidan qamoqqa olinib unga qattiq azob berildi. Buning oqibatida boshi yorilib miyasi chayqaldi, vahshiylarcha azob berilishi natijasida paralich bo’lib o’tirib qoldi. Sog’lig’i ayanchli ahvolda bo’lishiga qaramay rejim yugurdaklari bo’lgan sudyalar tarafidan 13 yil qamoq jazosi berildi.
Hijriy 1434 yil 3 zul-qa’da, milodiy 2013 yil 9 sentyabr dushanba kuni biz uning shahid bo’lgani haqidagi xabarni oldik. Uning vafoti qiynoq ostida amalga oshganini isbotlash uchun yaqinlari uning jasadini tibbiy ko’rikdan o’tkazishni talab qilishgan.
Alloh Subhanahu va Taolodan birodarimiz Panjining gunohlarini kechirishini, uni Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo’lingan o’rinda habibimiz Muhammad A bilan birga qilishini so’rab qolamiz. Uning oilasi va yaqinlariga ta’ziyamizni bildirib, ularga Allohdan sabr tilab qolamiz.
Tojikiston tog’uti Rahmon va uning yugurdaklariga Alloh Subhanahu va Taolo alamli azob berishini so’rab qolamiz.
Alloh Taolo aytadi:
«Albatta mo’min va mo’minalarni fitnaga solib, (bu qilmishlaridan) tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bordir va ular uchun o’t azobi bordir!» [Buruj 10]
Hizbut Tahrirning
markaziy matbuot bo’limi