Robert Bleyk: Markaziy Osiyo AQSh uchun toboro muhimlashib bormoqda.

481
0

01

AQSh davlat kotibining Janubiy hamda Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi Robert Bleyk Kongress vakillari Palatasining tashqi ishlar bo’yicha Qo’mitasida, AQShning Markaziy Osiyoda mavjud turishligi borasidagi nuqtai nazarlar xususidagi nutqi bilan chiqish qildi. “Markaziy Osiyo Qo’shma Shtatlar uchun toboro muhimlashib bormoqda va biz har bir mamlakat bilan siyosiy afzallik doirasida ish olib bormoqdamiz”, – bayon qildi Bleyk. Davlat kotibi yordamchisi e’tiborni, AQShning strategik afzalliklar jumlasidan energetika sohasidagi hamkorlikka, inson huquqlari xususidagi hamda demokratiyani rivojlantirish bo’yicha mushtarak harakatlarga, shuningdek noqonuniy narkotik savdosi va ekstremizmga qarshi mushtarak kurashga qaratdi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari ahamiyati o’ta ulug’dir: xavfsiz va barqaror Afg’oniston barqaror, xavfsiz va gullab yashnagan mintaqaga takomillashishligi keark. Xozir amalaga oshirilayotgan xalqaro kuchlar sonining qisqartirilishi hamda 2014 yilda Afg’onistondan qo’shinning olib chiqib ketilishi bizning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligimizni yanada ahamiyatli qiladi”, – takidladi Bleyk.

U Turkmaniston bilan hamkorlik haqida ayta turib, Turkmanistonning Afg’onistonga insoniylik yordamlar ko’rsatayotgaligini va Afg’onistonning mintaqada to’liq takomillashishligiga olib boruvchi temir yo’l hamda energetik infrastrukturalar qurishda berayotgan yordamini alohida belgilab ketdi. Shu qatorda, Turkmaniston-Afg’oniston-Pokiston-Xindiston gazquviri (TAPI) qurilishi voqelikka toboro yaqinlashib borishiga ishonch bildirildi. “Bu loiha – Turkmanistonning imkoniyati uni iqtisodiy ilg’orlar qatoriga olib chiqishligining misollaridan biridir. Biz Turkmanistonni investitsiya uchun aniq va tiniq mexanizmlar ishlab chiqishga chaqiramiz”, – dedi Robert Bleyk.

“Biroq, – qayd qildi davlat kotibi yordamchisi, – o’z imkoniyatlarini to’lig’incha tatbiq qila olishi uchun, Turkmaniston inson huquqlari soxasidagi o’z majburiyatlarini bajarishlikda shahdam qadamlar qo’yishligi kerak bo’ladi. Qo’shma Shtatlar har bir imkoniy vaziyatdan foydalanib, Turkmanistondagi inson huquqlari xususidagi o’z xavotirini ketma ket izhor qilmoqda va grajdanlar jamiyatini rivojlantirishda hamda demokratik tuzumni barpo qilishda tinmay o’z yordamini taqdim etmoqda”.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.