Besh narsa borki, agar ular bilan balolansangiz, holatingiz qanday bo’lar ekan?!

556
0

1

Amerika boshchiligidagi kufr olami Iroq va Afg’onistonda mag’lib bo’lgandan keyin musulmonlarga yuzma-yuz chiqishlikka jur’at qilolmay, o’z siyosatini musulmonlar orqali, ya’ni bir-birlarini urishtirib amalga oshirishni rejalashtirgan. Shuning uchun sizlarga ushbu hadisni eslatmoqchiman: Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadiki, aytdilar: Rasululloh (s.a.v) bizning oldimizga kelib: «Ey muhojirlar jamoasi, besh narsa borki, agar ular bilan balolansangiz, holatingiz qanday bo’lar ekan?!. Sizlar ular bilan balolanishingizdan Allohdan panoh so’rayman: Biron-bir qavmda fohishabozlik keng yoyilib ketsa, ularda vabo va ota-bobolarida bo’lmagan kasalliklar ko’payadi. Biron-bir qavm o’lchov va tarozidan urib qolsa, ularning boshiga ocharchilik, qiyinchilik va rahbarning jabri keladi. Biron-bir qavm mollarining zakotini bermay qo’ysa, ularga osmondan yomg’ir yog’may qo’yadi, agar hayvonlar bo’lmaganida ularga aslo yomg’ir yog’may qo’yardi. Biron-bir qavm Alloh va Rasuliga bergan ahdini buzsa, Alloh ularning ustlariga o’zlaridan boshqa, dushmanlarini hukmron qilib qo’yadi. Ular o’sha qavm egalik qilgan narsalarning ba’zisini tortib oladilar. Biron-bir qavmning rahbarlari Allohning Kitobi bilan hukm yuritmasa, ular Alloh nozil qilgan narsani ixtiyor etmasa, Alloh ularni o’zaro urushadigan qilib qo’yadi» (Ibn Mojja rivoyati).

Kufrni rejasini amalga oshirishga xissa qo’shib qo’ymasligimiz uchun shu o’rinda bir narsani yaxshi bilib olaylik: Kimda kim “la ilaha illolloh, Muhammadur Rosululloh” desa, u mo’min xisoblanadi va shariatda mo’minga muomila qilingan muomila qilinadi. Uni murtad bo’lganligini faqat maxkama qarori bilan aniqlanadi. Shunday ekan biz har bir mo’min-musilmonga shariatdagi ko’rsatmalar bo’yicha yondoshsak adashmaymiz. To’g’ri, u osiylik qilsa albatta amru-ma’ruf va nahiy-munkar qilinadi, lekin u mo’min deb xisoblanadi. Rosalulloh(s.a.v) dedilar:

“Mo’min mo’min uchun ba’zisi ba’zisini mustahkamlaydigan binoga o’hshaydi” deb barmoqlarini bir-birlariga kirishtirdi. Buhoriy rivoyati.

Abu Hurayra(r.a) Rosululloh(s.a.v) dan rivoyat qiladi: “Musulmon musulmonning birodari, unga zulm qilmaydi, uni beyordam tashlab qo’ymaydi, uni kamsitmaydi”. Muslim rivoyati. Ali(r.a) Rosululloh(s.a.v) dan rivoyat qiladi: «Mo’minlarning qonlari o’zaro tengdir, ulardan eng quyi darajadagisi bergan omonlik ham nufuzlidir, ular boshqalarga qarshi bitta qo’ldirlar». Imom Ahmadning “masnad”ida kelgan.

No”mon ibn Bashir(r.a) Rosululloh(s.a.v) dan rivoyat qiladi: “Mo’minlarni bir-birlariga rahm-shafqat qilishida, bir-birlariga do’st bo’lishligida, mehiribonlak qilishda bitta jasadga o’hshaganini ko’rasiz, agar bir a’zo og’rib qolsa jasadining qolgan a’zolari unga uyqusizlik va istima bilan hamdard bo’ladi” imom Buhoriy rivoyati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.