Sharqiy turkistonda rumol va soqolga qarshi hujum

490
0

00

Sharqiy turkistonda Xitoy politsiyasining hujumi oqibatida 19 musulmon halok bo’ldi. Pekin nazorati ostidagi musulmonlar yashaydigan bu o’lkada muslima ayollarning rumollariga qarshi o’tkazilgan amaliyot natijasida to’polong kelib chiqqan. Xitoy politsiyasining ayollar rumolini majburlab echtirish va erkaklarning soqolini majburan olib tashlash harakati oqibatida yuzaga kelgan to’polon qo’zg’olonga aylanib ketdi.

Musulmon yoshlar yo’llarni to’sib, politsiya moshinasini yoqib yuborishdi. Politsiya ham o’z navbatida ularga qarata o’t ochish bilan qarshiliq ko’rsatdi. Urumchidan 200 chaqirim janubda joylashgan Turban rayonida yuzaga kelgan hodisada 9 politsiyachi ham halok bo’lganligi aytilmoqda. O’tgan aprel oyida bo’lib o’tgan Qashqar voqealarida 21 kishi halok bo’lgan edi. 2009 yilgi voqeada esa 200 kishi hayotdan ko’z yumgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.