Rusiya al-yavm axborot agentligi AQSh armiyasining 300 dengiz piyoda askari Iordaniyaning Suriya bilan chegaralari yaqiniga yuborilganligi haqida xabar bergan edi.
Undan so’ngra Misrning Al-yavm as-Sobe’ internet sayti Iordaniyada AQShning 900 harbiysining joylashganligini va bu harbiylardan 200 kishi kimiyoviy hujumlarga qarshi kurashni o’rgatuvchi instruktorlar ekanligi, qolgan 700 kishi Patriot raketa sistemasi va F-16 harbiy samolyotlarini qo’riqlashini xabar qilgan edi.
Kuni kecha Al-Jazira net saytining yozishicha, Iordaniya armiyasi shtabi boshlig’i Mash’al Azzabon “Iordaniya teritoriyasida Patriot raketasi sistemasi va F-16 samolyotlarining ekipajlaribilan birgalikda doimiy tarzda joylashtirilishi Iordaniya xavfsizligi uchun”, deb bayonot berdi.
Uning bu bayonotiga Hizbut-Tahrir Iordaniya matbuot bo’limining raisi Mamduh quyidagicha raddiya bildirdi:
Ma’lumki, jinoyatkor Asad rejimi AQShning malayidir. U Amerika idorasining ruxsati va uning ta’limoti bo’lmasa harbiy yoki siyosiy bir qadam ham tashlay olmaydi. Biz buni bilganimizdek, Iordaniya rejimi ham juda yaxshi biladi. AQSh o’z malayi Basharning qo’li bilan Iordaniyani urishni xohlab yana uni o’zi himoya qilishi aqlga sig’adimi. Yo’q albatta. Iordaniya armiyasi shtabi boshlig’ining bu bayonoti Iordaniya rejimining boshqaruvda hech qanday roli yo’qligini ta’kidlab turipti. Bu Iordaniya xalqini AQSh harbiylarining u erda turishi Iordaniyaning talabi ekanligiga ishontirish uchun bekorchi urinishdan boshqa narsa emas.
AQSh harbiylarining Iordaniyaga joylashtirilishidan maqsad AQShning Suriyadagi nufuzini saqlab qolishdir. Bu esa harbiylarning doimiy shay turishi bilan amalga oshadi. Chunki kutilmaganda AQShning Suriyadagi nufuzi sinib yakkalanib qolishi yoki AQSh va G’arbning bu mintaqalardagi vujudiga tahdid tug’ilishi yo-da Yahud davlatining xavfsizligi xatar ostida qolishi ehtimoldan xoli emas.
Men Iordaniya rejimiga aytmoqchi bo’lgan gapim shuki, Iordan xalqini aldashni, uni mensimaslikni bas qiling.
Yana shuni aytib o’tmoqchimanki, agar bizga Alloh yordam bersa hech kim bizni mag’lub qila olmaydi, Amerika ham, boshqasi ham.