Frantsiyada muslima ayol to’rt oylik homilasidan ayrildi.

452
0

1370463655_1

Frantsiyada muslima ayol hujumga uchrab to’rt oylik homilasidan ayrilishi Islom va musulmonlarga nisbatan g’arbliklar qalbida tomir otgan nafratning natijasidir.

Bir hafta burun Frantsiyalik ikki yigit Parij shahrida 21 yoshli homilador muslima ayolga hujum qilishi oqibatida uning 4 oylik homilasi nobud bo’lgan. Ritserlarning nevaralari yosh muslimani shar’iy libos kiygani va muslima bo’lgani uchun so’kib, haqorat qilishgan. Ular bu bilan kifoyalanmay, muslima ayolning rumolini torta boshlashgan. Rumolini olib qo’yishgach, sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgan. Muslima ayol qichqirib, homiladorligini aytgach, ulardan biri uning qorniga tepa boshlagan. Turli jarohat olgan ayol kasalxonaga keltirilgan va homila nobud bo’lganligi sababli shifokorlar uni operatsiya qilib olib tashlashgan.

Paskash qo’rqorlar tomonidan hali tug’ilib ulgurmagan go’dakka va pokiza muslimaga nisbatan amalga oshirilgan bu jirkanch jinoyat faqat bitta shaxsga qaratilmagan, balki bu muayyan din, ya’ni Islomga va Frantsiya jamiyatining bir qismi bo’lgan Musulmonlarga qaratilgan. Bir hafta burun bu hodisa axborot vositalarining diqqat markazida bo’lishi kerak edi. Ammo axborot vositalari ham, Frantsiyadagi siyosatchilar ham boshqa evropa davlatlari kabi, musulmonlarga aloqador ishlarga kelganda ko’zlari ko’r, quloqlari kar bo’lib qoladi.

“PressTV” kanali ham kuni kecha Frantsiyada muslima ayollarga qarshi hujumlarni ko’paygani mavzusini ko’tarib, yaqinda 4 nafar muslima ayol Parij atrofida kaltaklanganini, biroq Frantsiya ommaviy axborot vositalari buni ko’rmaganga olganligini ochiqlagan.

“Ozchilik millatlar huquqlari” deb jar solayotgan g’arbning ozchilikka ko’rsatgan munosabati shumi?!

G’arb Maliga va boshqa Islom o’lkalariga kuch bilan tiqishtirayotgan demokratiya shumi?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.