«Aman-sauliq» jamoiy fondining prezidenti Baxit Tumenova maktablarga jinsiy tarbiya saboqlarini kiritishni qat’iy talab qilmoqda, xabar qiladi Tengrinews.kz.
“Maktablarga valeologiyani (shaxsiy salomatlik va uni saqlash haqidagi fan) kiritish kerak deb o’ylayman. Farzandlar 15 yoshga etmayoq jinsiy aloqaga kirishib ketmoqda. Shuning uchun ham bu erda «tuyaqush siyosatini» egallab, «mumkin emas» deyishlik – o’zini sipo tutishlikdir. Buni qilish kerak. Biz ildamroq bo’lishimiz zarur. Farzandlar biz o’ylagandan ko’ra tezroq o’sib bormoqda. Ma’qullashlik yoshini kamaytirish kerak, ya’ni bizning qonunlarga binoan, 18 yoshga to’lmagan qiz akusher-genikolog qabuliga onasi bilangina borishi mumkin. Endi, agar ular 15 yoshga to’lmayoq jinsiy aloqaga kirishib ketayotgan bo’lsa, vrach qabuliga ertaroq borish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak, huddi Rossiyadagi kabi”, – dedi Baxit Tumenova sog’lom farzand ko’rishlikni hamda jinsiy salomatlikni saqlash masalalari xususida o’tgan respublika kengashida.
Uning so’zlariga ko’ra, bunday holatlarda, jamoat manfaatlarini, yoshlar manfaatlarini hamda ularning farzand ko’rishga hamda jinsiy aloqaga bo’lgan huquqlarini xisobga olgan holda, qarorlar qabul qilish hamda jadal choralar ko’rish kerak. U shuningdek, ma’qullashlik yoshi chegarasini 16 yoshgacha tushirish kerakligini, chunki inson shu yoshda mustaqil ravishda qaror qabul qila olishligini va shundagina u akusher-genikologga o’zi bora olishligini qo’shimcha qildi.
“Ko’pchilik maktablar direktorlari va ota-onalar jinsiy tarbiya saboqlarini kirgizishning keragi yo’q deyishmoqda, biroq ular ketayotgan jarayonni to’la tushunmaydi yoki tushunishni xohlamaydi. Bugungi kunda yosh o’spirinlarimiz bola oldirib tashlashi xisobi bo’yicha bizda Yevropadan ko’ra 4-5 marotaba ko’p. Agar, bugungi kunda hukumat sunniy urchitish izlanishlariga katta mablag’ sarflayotgan bo’lsa, biz saqlanishga va oldini olish tibbiyotiga ko’proq sarflashimiz kerak deb o’ylayman. Yoshlarni, ijtimoiy ta’sirchan guruhni ta’minlab qo’yishimiz kerak va shu bilan biz kelajakda farzandsiz oilalar paydo bo’lishining yoki shu o’spirin-yoshlarning jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarga mubtalo bo’lishlarining oldini olgan bo’lamiz”, – fikr bildirdi fond prezidenti.