Turk armiyasi Aleppo viloyatiga bostirib kirdi.

447
0

000

Suriya nizosi boshlangandan buyon birinchi marotaba turk armiyasi bo’linmalari chegeralarni bosib o’tib, shu mamlakat hududiga kirib keldi.

Dampress bergan ma’lumotga ko’ra, turk bo’linmalari Aleppo viloyatiga bostirib kirib, kurdlarning Afrin shaxri yonidagi Mullo Halil qishlog’ini egallab olgan.

Turklar zambaraklarini hujumkor pozitsiyalarga joylashtirib, blok-postlar o’rnata boshlaganlar, biroq kurd militsiyasining Aholini Himoya qilish Bo’linmalari (YPG) tarafidan qilingan shiddatli hujumiga dosh berolmay, hududni tashlab chiqib ketishga majbur bo’lganlar.

Belgilab ketishlik kerakki, o’tgan oy mobaynida Afrin shaxri atroflarida vaqti-vaqti bilan Suriya Ozod Armiyasi bilan kurdlar o’rtasida to’qnashuvlar ro’y berib turdi. Kurdlar Aleppo viloyatidagi shiyalar shaxarlari va qishloqlarining qamal qilinishligiga qarshi, shu narsa ular va qo’zg’olonchilar o’rtasidagi doimiy keskinlikka sabab bo’lib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.