AQSh dengiz piyoda askarlari Iordaniyaning Suriya bilan bo’lgan chegarasiga joylashtirildi.

421
0

000

Amerikaning yuzlagan dengiz piyoda askari o’tgan xaftada Iordaniyaning shimolida, Suriya bilan bo’lgan chegarasida joylashtirildi.

Shu xabarni tarqatgan The Times ro’znomasining belgilashicha, AQSh shu yo’sinda “suriyalik qo’zg’olonchilarni qurollantirishi uchun G’arbga yo’l ochib bermoqchi”.

Amerikalik harbiylarni joylashtirish shu xaftada AQSh va Iordaniyaning mushtarak harbiy mashqlar o’tkazishi baxonasi bilan ro’yobga oshirildi. Bunda shu mashqlar nihoyasiga etgach, dengiz piyodalari shu hududda bir necha oyga qoldiriladi.

Arafada AQSh rahbariyati Suriya harbiylarining qo’zg’olonchilarga qarshi, keng bo’lmagan ko’lamda, kimyoviy qurol ishlatganligi haqidagi ma’lumotning haqiqat ekanlida shubha qilmasligini aytgan. Bu narsa esa AQSh uchun Suriya muxolifatiga qurol etkazib berishlikka tayyor baxona. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari berayotgan xabarlarga ko’ra, AQSh Suriyaning Iordaniya bilan chegaradosh hududi uzra uchish man qilingan mintaqa e’lon qilish masalasini ko’rib chiqmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.