Seni taqdirlashlarini xohlaysanmi? Musulmonlarga urush och.

468
0

00

BMTning fan, maorif va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YuNYeSKO) Frantsiya prezidenti Frantsua Olandni xalqaro “Tinchlik mukofoti” bilan taqdirladi. Bu sharafga u, katta qurbonlar olib kelgan urush bilan Maliga bostirib kirishligi asnosida erishdi. Marosimda xozir bo’lgan afrikalik etakchilar, shu jumladan Mali prezidenti Diokundu Traore, Afrika xalqini, xususan musulmonlarni, qirg’in qilishlikda ko’rsatgan jonbozliklari uchun Olandga minnatdorchilik bildirdilar. Bu jonbozliklari evaziga u oltin medal, tinchlik diplomi va 150 ming mukofot dollari bilan taqdirlandi. Rasman bu narsani hujjatda “Frantsiyaning Afrika xalqlariga nisbatan ko’rsatgan birdamligi uchun” deb ifodalashdi.

Oxirgi vaqtlarda musulmonlarga nisbatan tajovvuzkor urushlar tashabbuschilarini turli mukofotlar bilan taqdirlash urufga, kerak bo’lsa, qoidaga aylanib bormoqda. O’tgan yili Barak Obama minglagan musulmonlar qonini to’kishlikda ko’rsatgan xizmatlari uchun bosh “tinchlikparvar” nomiga musharraf bo’lgan edi. Bu yil esa – Oland.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.