Qirg’iziston Bosh vaziri Jonto’ra Sotiboldiev mamlakatda AQShning harbiy vujudi borasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini ta’kidladi.
Kecha bosh vazir Manas aeroportida Manas bazasining kelajagi borasida muxbirlarga bergan bayonotida Bishkek barcha majburiyatlarni muntazam ravishda ado etib kelganligi va 2009 yilda imzolangan shartnoma asosida Amerika harbiylarining Manas havo bazasidan 2014 chiqib ketishi uchun barcha hozirliklar ko’rilganini aytib o’tdi.
“Xalqaro majburiyatlar asosida AQShning transportirovka markazi borasidagi kelishuvni rad etish masalasi yuzaga keladi va Qirg’iziston belgilangan vaqtga rioya etadi” deb qo’shimcha qildi Jonto’ra Sotiboldiev.
U o’tkazilgan matbuot konferentsiyada Manas harbiy bazasi faoliyatini to’xtatish uchun Bishkek davlatining qarori jiddiy va qat’iy ekanligini ta’kidladi.
Unga ko’ra, Qirg’iziston davlati Manas aviabazasida AQSh harbiy bazasi borasida o’z pozitsiyasini bildirgan va bu pozitsiyaga keskin tarzda amal qiladi.
Qirg’iziston Bosh vazirining bu bayonoti Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining Bishkekdagi norasmiy yig’ilishidan so’ng yangradi.
Turkiston:
Aniqrog’i bu bayonot Qirg’iziston bo’ylab uyushtirilgan bir qancha to’palonlardan keyin yangradi.
Bu xuddi AQShning tahdidlariga qarshi jur’at bilan qilingan javobga o’xshadi.
Qirg’iz hukumati uchun bu kurash oson kechmasligi aniq. Lekin xozirdagi xalqning qumtor shartnomasini bekor qilish talabi bilan, hokimiyatning AQSh aviabazasini chiqarib yuborish xarakatlarini birlashtirib yuborganida, Prizident tarixda qolgan bo’lar edi. Ana shu AQSh uchun xaqiqiy tahdid bo’lar edi.