Xitoy ham, Rossiya ham AQShning PRO loihasidan xavotirda.

465
0

Rossiya bilan Xitoyning raketaga qarshi mudofaa muammosiga nisbatan bo’lgan munosabatlari ko’p jihatdan muvofiqdir. Bu haqda 23 mart kuni Rossiya mudofaa ministrining o’rinbosari Anatoliy Antonov bayon qildi.

“Xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasi raisi va Rossiya mudofaa ministri ko’z qarashlarining to’liq muvofiqligi qayd qilindi. Shuningdek, raketaga qarshi mudofaa muammosi hususida ikki tarafning umumiy xavotiri ham qayd qilindi va mazkur muammo xususida so’zlashuvlarni davom etdirish zarurligi takidlandi”, – dedi Anotoliy Antonov Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si TSzinpin bilan Rossiya mudofaa ministri Sergey Shoygu uchrashuvi yakuni xisobotida.

Antonov shuningdek, rais va mudofaa vaziri uchrashuvi chog’ida ikki mamlakatning ayniqsa harbiy va harbiy-texnik soxada o’zaro hamkorligini rivojlantirish zarurligi takidlanganligini qayd qildi.

“Men aloxida belgilab ketmoqchiman – biz Xitoy bilan kimgadir qarshi turishlik uchun do’stlashmayabmiz, balki, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mushtarak xarakatlar bajarish, barqarorlikni ta’minlash va dunyo xavfsizligi uchun do’stlashmoqdamiz”, – urg’uladi u.

O’zining ikki kunlik davlat miqyosidagi Rossiyaga tashrifi chog’ida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si TSzinpin Rossiya Federatsiyasi Harbiy Kuchlarining tezkor boshqaruv markazini ziyorat qildi. U mazkur markazni ziyorat qilish uchun ruxsat berilgan horijiy davlatlar rahbarlarining birinchisi bo’ldi.

Tashrif arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ITAR-TASSga bergan bayonotida, Rossiya va Xitoyning xalqaro maydondagi hamkorligi global barqarorlikni ta’minlashning va keskin xalqaro muammolarni hal qilishga yondashishlikning namunasi bo’lib qolishligiga ishonch bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.