Hizbulloh partiyasining bosh kotibi Hasan Nasrulloh Suriya muxolifati Asad rejimini qulatishga qodir emas. Chunki Suriyaning do’stlari uning qulashiga yo’l qo’ymaydi, degan bayonot bilan chiqdi.
Hasan Nasrulloh Suriyada Asad rejimi tarafida turib jang qilayotgan o’ziga tobe unsurlar mavjudligini tan oldi. Bu uning Suriya inqirozi boshlangandan buyon birinchi marta oshkoro tan olishidir.
“Biz shahidlarimiz tufayli xijolat chekmaymiz, balki ular bilan faxrlanamiz. Bizdan biror kishi qaysi erda shahid bo’lmasin, biz uni xijolat bo’lmay, faxr bilan oshkoro e’lon qilamiz”, dedi bosh kotib televizion suhbatda.
Hasan Nasrulloh Suriya muxolifatiga qarata “Suriya rejimini qulatishga aslo kuchingiz etmaydi”, deya xitob qildi.
Bundan bir necha oy avval Hizbullohning sobiq kotibi Shayx Subhiy Tufayliy “Hizbulloh safidan Suriyada o’ldirilgan kishilar shahid deb e’tibor qilinmaydi, balki jahannamga ravona bo’ladi”, deb bayonot bergan edi. U o’z bayonotida mazlumga qarshi zolim tarafida turishni qoralagan edi.
“U erda qilinadigan asosiy ish mazlumlarni Asad rejimidan, uning jinoyatlaridan va qirg’inidan himoya qilishdir. Men doimo mazlumlar tarafida turaman va bor kuchim bilan sunniy-shiya fitnasini yo’q qilishga harakat qilaman”, degan edi Shayx Subhiy Tufayliy.