Suriya muxolifati muzokaralarni boyqot qildi

390
0

Suriya muxolif kuchlari milliy koalitsiyasi Suriya mojarosini tinch yo’l bilan hal qilish borasidagi Moskva, Vashington va Rimda o’tadigan muzokaralarga o’z vakilini yuborishdan bosh tortgan.

Juma kuni e’lon qilingan murojaatda aytilishicha, muxolifat koalitsiyasi “Suriya do’stlari”ning xalqaro anjumanida ishtirokini to’xtatadi.

Bunga asosiy sabab “Suriyada tinch aholining qirilayotganligini ko’ra turib xalqaro hamjamiyatning chora ko’rmayotganligi” ekanligini aytgan.

“Yuzlab tinch fuqarolar “Skad” raketalarining hujumidan halok bo’lishdi. Qadimiy Aleppo shahri va uning tinch xalqini qirish rejasi davom etmoqda”,- deyiladi murojaatda.

“Rossiya hukumati Suriya tuzumini qurol bilan ta’minlayotgani uchun bunga bevosita mas’uldir”,- deb hisoblashmoqda muxolifat a’zolari.

Kuzatuvchilarga ko’ra, mojaroning ikkala tomoni ham qon to’kilishlarining to’xtatilishiga mas’ul. Biroq Suriya hukumati ham, muxolif kuchlari ham davom etayotgan urushda o’z g’alabasiga ishonmoqda va bir-biriga yon bosishni istamayapti.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kungi portlashlarga nisbatan AQShning tutgan mavqeini ikkiyuzlamachilik deb atagan. Kamida 60 kishining umriga zomin bo’lgan portlashlarni Oq Uy rahbariyati muhokama qilishni xohlamagani Rossiya hukumatining tanqidiga sabab bo’lgan.

Rasmiy Damashq Rossiya elchixonasi yaqinida ro’y bergan portlashni “terroristlar ishi” deya baholagan.
Turkiston:
Domashqdagi portlashni biror tomon xam o’z zimmasiga olgani yo’q. Lekin Lavrovning bayonotidan bu ishni Rossiyaga manfaati borligi ko’rinadi.

Albatta bu qo’poruvchiliklar Rossiyaparast kuchlar tomonidan uyushtirilayotganiga AQSh qarshilik ko’rsatayotgani yo’q, u xam uyushtirilgan teraktdan o’z manfaatlarini chiqarib olishni va Rossiyaning manfaatlariga qarshilik ko’rsatish re’jalari ustida ishlaydi.

Yuqoridagi muxolif koalitsiyasining bayonotlari shu ishlar jumlasidan bo’lib, AQShning manfaatlari ximoya qilinmoqda.

AQShning manfaati, Rossiyanikidan ancha kengroq bo’lib, u dunyo sistemasini saqlab qolishni xam o’z xarakatlariga asos qilib olgan. Shuning uchun vaziyatdan foydalanib muxolifot koalitsiyasini xalqparvar bo’lib ko’rinishga undamoqda. AQSh bu muxolifotni taxtga olib kelish re’jasidan xali xam voz kechgani yo’q.

AQShning xozirgi pozitsiyasi esa, vaziyat noaniqligicha qolayotganidan, ya’ni Suriya xalq inqilobiy xarakati Islomdan boshqa sistemani tan olmay turgani va muxolif koalitsiyani musulmonlar tomonidan tan olinmayotganidan, bir necha yo’nalishdagi rejalarning birortasiga yon bermagani bilan ularni birortasini chetga qoqayotgani xam yo’q.

Rossiya AQShdan, uyushtirilayotgan qo’pporuvchiliklarni Suriya xalq xarakati tomonidan uyushtirilganiga ishonishini talab qilib, xalqaro siyosatda ularga qo’zg’alonchi terroristlar nomini berilishini kutmoqda.

AQSh esa bu ishni oxirgi ish deb, ya’ni Suriya sistemasini boy berishi aniq bo’lgungacha ortga surmoqda.

Lekin AQSh bu ishni uzoq ortga sura olmaydi. Negaki Islom Mabda’ sifatida uyg’ona boshladi va bu ortga qaytmas protsess bo’lib, kufr olami Islomga qarshi xozirgi yashirincha olib borayotgan kelishuvlarini ochiqchasiga e’lon qilib, xaqiqiy basharalarini ochishga majbur bo’ladilar.

Shunda AQSh bizlarni terorist xam, undan battar atamalar bilan ataydi. Lekin unda Inshaollox kech bo’ladi.

Unda musulmonlar o’z xarakatlarini kufr o’lchamlari bilan o’lchamay qo’yadilar va kufr tomonidan bizlarga berilayotgan baxolarni zig’ircha qiymati qolmaydi.

Ana shu kufr sistemasining inqirozi deyiladi va biz musulmonlar shu ishni yuqoridagi kufrning malaylariga sukut qilish bilan, yoki xaqni yordamsiz tashlab qo’yish bilan kechga surayabmiz.

Allox bizlarni o’zidan begona qilib o’z xolimizga tashlab qo’ymasin AMIN.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.