Suriya muxolifati bilan muzokaralar uchun Moskva eshiklari ochiq.

519
0

Moskva Suriya muxolifatining har qanday guruhi bilan, shu jumladan Suriya Ozod Armiyasi bilan ham, muzokaralarga tayyor, deb bayon qildi Rossiya tashqi ishlar ministri Sergey Lavrov.

Suriya Ozod Armiyasi qo’mondoni Salim Idrisning rossiyalik rasmiy shaxslar bilan qachon bo’lsa ham uchrashishlikka tayyor ekanligi haqidagi so’zlarini sharxlar ekan, ministr bunday bayonot haqida eshitmaganligini aytdi. “Biroq, agar shunday bo’lsa, barcha guruhlar bilan muloqotga bizning eshiklar ochiq”, -dedi Sergey Lavrov.

“Lekin zo’ravonlikni to’xtatish yo’llarini Moskvadan emas, boshqa poytaxtlardan ham emas, balki Jeneva bayonotida qayd qilinganidek, Suriya hukumati va muxolifati o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri so’zlashuvlardan izlash kerak”, – takidladi tashqi ishlar ministri.

Uning so’zlariga ko’ra, Suriya muxolifatini qurollantirish, harbiy amaliyotlarga chorlashlik bo’ladi, aslo muammoni siyosiy hal qilishlikka emas. “Muammoning harbiy echimi haqida so’zlayotganlar, shu tariqa o’z geopolitik maqsadlarini ro’yobga oshirish yo’lida yangi va yangi suriyaliklar xayotini qurbon qilishlarini tushunishlari kerak”, – dedi u.

AQSh davlat kotibi bilan kutilayotgan uchrashuvda Suriya xususida so’zlashuvlar davom etishiga Moskva umid qiladi, qo’shib qo’ydi Sergey Lavrov.

Avvalroq ma’lum qilinishicha, AQSh Suriyadagi muxolifat kuchlariga qurol-yaroq etkazib berishlik masalalarini qarab chiqayotgan edi. Buni AQSh mudofaa ministri Chak Xeygel britan hamkasbi Filip Xammond bilan uchrashuvidan so’ng matbuot xodimlari bilan suhbatda tasdiqladi. “Bu variantlarning biri”, – dedi Pentagon rahbari. Biroq, uning o’zi Suriya muxolifatiga qurol etkazib berishlik qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi haqida bir qarorga kelmaganligini qayd qildi Xeygel.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.