AQShning PEW mustaqil tadqiqot markazi musulmonlar yashaydigan 39 mamlakatda 40 mingga yaqin odamni yuzma-yuz savolga tortgan.
So’rovda musulmonlarning din va siyosatga nisbatan qarashlari o’rganildi. Ma’lum bo’lishicha, Yaqin Sharqda so’ralgan har 10 odamdan olti nafari, quyi Saxara Afrikasida esa har sakkiz nafari o’zlari yashayotgan mamlakat qonunlari shar’iy bo’lishi kerakligini aytgan. Afg’onistonda bundaylar 99 foizni tashkil etdi.
So’rov natijalaridan olingan xulosa shu bo’ldiki, dunyodagi ko’pchilik musulmonlar o’z yurtlarida shariatning ustuvor bo’lishini va shariat qonunlari asosida yashashni xohlaydi.
Biroq shu bilan birga – deydi ular – e’tiqod erkinligi ham ta’minlansin, ya’ni Islom ahkomlariga muvofiq hech kim majburan Islom diniga kiritilmasin. Bundan tushuniladiki, Islom hozirgi demokratik nizom kabi majburlab tiqishtirilmasin. Balki insonlar aqllari qanoatlangan holda islomni qabul qilishsin.
Yana so’rovdan Osiyo, Afrika va yaqin sharq musulmonlarining aksari shariat davlat qonunlari sifatida qabul qilishini yoqlashi ma’lum bo’ldi.
PEW tashkiloti tadqiqotchisi Jim Bellning aytishicha, mavzu nozik bo’lgani uchun so’rovni o’tkazish oson bo’lmagan.
“Hayotdagi qonunlarning shariatga asoslangan bo’lishi kerakligi ommabop fikr ekaniga amin bo’ldik”, – deydi Bell.