ShXT a’zo davlatlar xavfsizlik kengashi kotiblarining navbatdagi yig’ilishi

753
0

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashi kotiblarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Afg’onistondagi vaziyat, diniy ekstremizm va NATO kuchlarining Afg’onistondan chiqib ketishi ortidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatga tegishli xavfsizlik choralari muhokama qilindi. Kotiblar xavfsizlik choralarini ta’minlash bo’yicha hamkorlikni kuchaytirishni ma’qullashdi. Shuningdek, ShXTning mintaqaviy antiterror strukturasi faoliyati haqida hisobot tinglandi.

Himoya kengashining kotibi Busurmankul Taabaldiev Afg’onistonda terrorizm bosh ko’tarayotganini, xususan afg’on-tojik chegaralaridagi vaziyat kundan kunga og’irlashib borayotganini urg’uladi.

“Afg’onistonning ayrim mintaqalari yana qayta bosqinchilar qo’liga o’tmoqda. Ularning maqsadi Markaziy Osiyodagi vaziyatni butunlay izdan chiqarishdir. Tojikistonning Afg’oniston bilan chegaradosh shimoliy-sharq mintaqasida Kavkazdan kelgan yollanma jangarilar to’planayotani sezilmoqda. Ularni Tolibon harakati Qullab quvvatlayapti”,-dedi Busurmankul Taabaldiev.

Xavfsizlik kengashi kotiblarini qabul qilgan Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 2014 yil Afg’onistondan NATO kuchlarining chiqib ketishiga oid Markaziy Osiyodagi xavfsizlikni saqlash muhim masala ekanligini aytib, shunga loyiq choralar ko’rilishi kerakligini ta’kidladi.

Qirg’iziston prezidenti Almaz Atambaev Xavfsizlik kengashi kotiblarining yig’inida qirg’iz-tojik chegarasida chiqqan janjal g’alvasini tilga oldi. Shanba kuni qirg’iz-tojik chegarasida joylashgan Oq-soy qishlog’i bilan Vorux anklavining o’rtasidagi yo’llar yopilib, jabr tortganlar borligi aytilgan edi. Bunday chegara muammolarini hal qilishda xavfsizlik kengashi kotiblarining xizmati muhim rol o’ynashini urg’uladi prezident.

“Biz faqatgina kuchlarimizni birlashtirib ommaviy xavfsizlikni ta’minlay olishimiz mumkinligini va har qanday janjalni tez va natijali hal qila olishimizni vaqt ko’rsatmoqda. Tojikston bilan bo’lgan hodisa buning yorqin dalili bo’la oladi. Ikki o’lka xavfsizlik kengashi kotiblarining samarali faoliyati sababli janjal tezda bosildi”,-dedi Atambaev.

Ammo tashkilotning bosh kotibi Dmitriy Mezentsevning aytishicha, Oq-soy qishlog’i bilan Vorux anklavi o’rtasida bo’lgan chegar janjali kabi ishlar ikki davlat o’rtasidagi o’zaro ish hisoblanib, bunga aralashish ShXTning salohiyatiga kirmaydi. Mezentsev Bishkekda xavfsizlik kengashi muhokama qilayotgan masalarga e’tibor qaratib: –

Bugun ko’rilayotgan masalalar o’ziga xos ma’noga ega. Ular xalqaro terrorizm, noqonuniy giyohvand moddalar va qurol yaroqlar savdosi hamda chegaradosh mintaqalarda uyushgan jinoyatga qarshi kurash uchun oldinga tashlangan qadamdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.