Rossiyaning “Yaxont” raketlari Suriyada

453
0

Amerikaning “Vol strit” gazetasining yozishicha, Rossiyaning 12 ta harbiy kemasi Suriyadagi Tartus portiga kirgizilgan.

“Nyu York Tayms” ro’znomasida Rossiyadan Suriyaga jo’natilgan oxirgi qurol-yarog’ konteynerida uzunligi 6.7 metr bo’lgan va 290 km uzoqlikka etib borishi mumkin bo’lgan “Yaxont” rusumidagi raketlar ham borligi haqida ma’lumotlar chop etilgan. Tezligi ovoz tezligidan ham ko’p bo’lgan “Yaxont” raketlari radar orqali boshqariladi va asosan kemalarga qarshi ishlatiladi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi bu xabar tafsilotlarini oshkor etmagan bo’lsada, ammo bu qurollar hech qanday xalqaro qonunlarga zid emasligini bildirgan.

Rossiya davlati harbiy kemalarning Tartus portiga kirgizishni Suriya mudofaa sistemasining o’z qurollari bilan ta’minlashga va’da berganligi bilan izohlamoqda

Rossiya Suriyaga qurol etkazib berishda davom etayotganiga qaramay, oxirgi haftalarda qator jahon rahbarlarini taklif qilib, Suriyadagi mojaroga chek qo’yish yo’llarini muhokama qilgan.

Alyavm axborot agentligi xabariga ko’ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Afrika prezidenti Yakub Zuma bilan uchrashuvi chog’ida “Maskva Suriya masalasini xorijiy davlatlar aralashmagan holda, tez vaqt ichida hal etishga harakat qiladi”, deb aytdi.

Putin Rossiya davlati Suriyada hokimiyati va er hududlarini himoyat etishigi ishora qilib, “Rossiya va janubiy Afrika Suriya ishlari bo’yicha o’z pozitsiyalarini kelishib oldilar”- deb qo’shimcha qildi.

Turkiston:

Rossiyaning xarakatlari, AQSh bilan o’rtalarida yashirin eshik ostidagi muzokaralardan keyin jadallasha boshladi.

Demak, ular vaziyatni ikkovlashib echishga va Liviyadagi singari uchunchi quvvatlar fovqulotda xarbiy aralashish mumkunchiliklarini oldini olish xaqida xam kelishib olishgan.

Siriyaning ichki vaziyatida esa, avvalgi ularning rejalari asosida ketishi uchun xarakatlanishaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.