Qirg’izistonning yagona bojxona ittifoqi a’zosi bo’lishi Xitoyni tashvishlantirmaydi

721
0

“Sizlar yagona bojxona ittifoqi (Tamojennoy soyuz) tarkibida bo’lasizlarmi, bo’lmaysizlarmi, bizga farqi yo’q”, dedi 30 noyabr kuni jurnalistlar bilan uchrashgan Xitoyning Qirg’izistodagi elchisi Van Kayven.

Unga ko’ra, Xitoy hukumati Qirg’izistonning iqtisodiy soxada yaxshiroq ulushga ega bo’lib qolishini xoxlaydi. “Bizlarni Qirg’iziston bilan mol ayriboshlashimiz 5 mlrd.$ atrofida, 2008-yili bu ko’rsatgich eng avjiga chiqqan. Bizlarning butun dunyo bilan yillik mol ayriboshlashimiz (tovarooborotimiz) esa, 3trl.$dan iborat va yillik o’sish miqdori o’ta yuqori. Shuning uchun qandaydir 5-10mlrd.$ uncha katta muammo yaratmaydi.”-dedi u.

Kayvenning fikricha, bojxona ittifoqiga qo’shilish yoki qo’shilmaslikni albatta, Qirg’iziston hukumati hal qilishi lozim. “Albatta bu erda masalaning nozik jixatlari bor. Xitoy xam, Qirg’iziston ham VTO (Butun jahon savdo-sotiq jamiyati)ning to’laqonli a’zosidirlar. Rossiya ham yaqinda bu jamiyatga qo’shildi. Menimcha, bu Qirg’izistonning Bojxona ittifoqiga kirishiga yordam beradi.”-dedi elchi Van.

Elchiga ko’ra, eksport va import orasidagi muvozanatni saqlab qolish lozim. “Biz sizlardan oz xarid qilamiz, sizlar oz sotasizlar. Masala bundagina emas. Bizlarning ishbilarmonlarimiz Qirg’izistondagi vaziyatni o’rganib, his qilib bo’ldilar. Ular Qirg’izistonda ishlab chiqarish korxonalarini ochish xaqida bosh qotirmoqdalar. O’ylaymanki, bu Qirg’iziston bojxona ittifoqiga qo’shilib olib, biz bilan chegaralar yopilib, mol ayriboshlash surti pasaygan vaqtda muammodan chiqishning bir usuli bo’ladi”,-dedi qurol yaroqsiz, iqtisodiy yo’l bilan Markaziy Osiyoni bosib olmoqchi bo’layotgan kommunistik Xitoy elchisi Van Kayven.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.