Jon-jahdi bilan Bojxonaga Ittifoqiga intilayotgan Qirg’iziston hujjatlar bilan ish yuritishda rus tilini qo’llashlikni man qildi.
Qirg’iziston Respublikasi bosh ministri Jonto’ra Sotiboldiev 13 mart kuni «Qirg’iziston Respublikasining davlat tili haqida» qonuniga sezilarli o’zgartuvlar kiritish borasidagi qarorni imzoladi.
Hujjatning kuchga kirishligi, Qirg’iziston Konstitutsiyasida “rasmiy” deb belgilangan rus tilining hujjatlar bilan ish yuritishlikda boshqa qo’llanmasligini anglatadi. Hujjatlar to’lig’incha, faqat qirg’iz tilida yuritiladi.
Mazkur qadamni, bu shunchaki hukumatning, millatchilik tuyg’ulari egallab olgan saylovchi qatlam muhabbatini qozonish uchun kurash uslubi, xalos, demoqdalar.
“Buning sabablarini tashqi siyosatdan izlamaslik kerak, u faqat ichki ishlargagina tegishli. Xozir muxolifat o’z nutqlarida milliy talaffuznigina qo’llashligi bilan, rus tilini esdan chiqarib yuborgan qishloq aholisi muhabbatini toboro qozonib bormoqda”, – deydi siyosatshunos Mars Sariev.
Biroq, bu narsa Qirg’izistonda milliardlar sarflangan loihalarni ro’yobga oshirayotgan Rossiya pozitsiyasiga qattiq so’qqi bo’ladi.