Qirg’izistonning Botken oblasti ichki ishlar boshqarmasining xodimlari KR JK 299 moddasida ko’rsatilgan jinoyat asosida, hamda rayon sudining sanktsiyasiga binoan, Xizb ut-Taxrir islomiy-siyosiy jamoatining 10 faol a’zo-ayollari xonadonlarida o’tkazgan tintuvi jarayonida katta miqdordagi jamoat faoliyatiga tegishli materiallar topilgan. Bu haqda Botken oblasti IIB matbuot xizmati ma’lum qiladi.
Matbuot xizmatiga ko’ra, tintuv vaqtida Uch-Qo’rg’on qishlog’i turg’un-ayoli M.P. uyidan 16 dona disk, 6 dona varaqa, 5 dona risola va 68 dona turli bosma nashriyotlar topilgan. Yana bir shu qishloq turg’un-ayoli I.K. xonadonidan 40 ta bosma nashriyot olib chiqilgan. M.A. xonadonidan esa (u ham Uch-Qo’rg’on qishlog’i turg’un-ayoli) 20 ta kitob, risola, varaqalar va 2 disk topilgan.
Shuningdek, tintuv vaqtida 7 ayol xonadonlaridan 500 ga yaqin Xizb ut-Tahrir jamoatiga tegishli bosma nashriyot, disklar, flesh-karta, modem va boshqa materiallar topilgan va olib chiqilgan.
Olingan materiallar sud-teologiya ekspertizasiga topshirilgan.
Mazkur faktlar bo’yicha uch ayol Qadamjoy rayoni ichki ishlar bo’limining IVS iga olib kirib qo’yilgan.
Tergov ishlari ketmoqda.
Turkiston:
Qirg’iziston hukumati, Xizbut tahrir bilan olib borayotgan kurashi mobaynida, o’ta katta va jiddiy qonunbuzarliklarga yo’l qo’yib kelayotgani ochila boshladi. To’g’rirog’i, eskitdan buzilib kelinayotgan qonuniy haq huquqlarimiz endi, ular tomonidan ham tan olinishi talab qilinib, qonuniy advokatlar yollana boshlandi.
Tekshiruvlar natijasida, juda katta qonunbuzarliklar fosh etildi. Sud va prokratura tomonidan berilgan tin tuv o’tkazish santsiyalarida, ijro qiluvchi orgonlar tomonidan xaddidan oshib qilingan xarakatlar fosh qilingan. Lekin muammo shundaki, davlatga aloqali birorta huquq himoyachisi shu fosh qilingan korruptsiyalik xarakatlarga e’tibor bergan emas. Xatto Qirg’iziston ombutsmeni T Okun xam. Advokatlar esa kuch strukturalari tomonidan bosimlarga uchrashib, Xizbut tahrirga himoyachilik qilishdan bosh tortish ishlari ham kuzatilgan.
Yuqorida keltirilayotgan Xizb ayollaridan chiqqan nashra yoki kitoblarning ko’pi o’zlari tomonidan tashlab qo’yilganidan tashqari, ular qonunga xilof ravishda sanktsiyasiz olib chiqib ketilgan. Bundan tashqari, ularga qo’yilishi kutilayotgan 299 statya bo’yicha, bu adabiyotlarni uyda saqlagani uchun emas, balki ular tarqatish maqsadida saqlangani isbotlanishi lozim. Sud bu kabi shikoyatlarga xamisha ham e’tibor berayotgani yo’q.
Musulmon odam birovni xaqqini emaganidek, o’zi ham birovga xaqqini oldirib qo’ymaydi. Shuning uchun xizb yigitlari, shu kunlarda haq xuquqlari borasida, zulm qiluvchilarga qarshi qattiq xarakatlar olib borishni lozim deb bildi. Ayollar esa, bizlarning oru nomuslarimiz, ularga nisbatan qilingan har qanaqangi tajovuzlar, albatta javobsiz qolmaydi. Insha Alloh.