O’rta Osiyoda avjiga chiqayotgan g’alati “urush”

668
0

Oxirgi vaqtlarda O’rta Osiyoda, o’zining o’tgan, mustamlakachilik qilgan vaqtini qumsagan Rossiya tarafidan qo’zg’atilayotgan g’alati “urush” avjiga chiqmoqda. Gidroelektrostantsiya qurilishining ikki ulkan loihasi O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasiga sovuqlik tushirdi. Xozir mintaqa “suv urushi” hatari qarshisida turibdi.

O’rta Osiyo ulkan energiya manbalariga ega. Biroq Sovet Ittifoqi bu manbalarni shunday taqsimlagan ediki, ulardan faqat umumiy holdagina samarali foydalanish mumkin edi. Sovet Ittifoqi qulagandan keyin bu mamlakatlar birdamlik qoidalarini chetga surib qo’yishdi.

Qirg’iziston va Tojikiston, mintaqaning ulkan yoqilg’i manbaiga ega ikki mamlakat – Qozoqston va Turkmanistonning qo’lloviga ega bo’lishlikka intilayotgan O’zbekistonga qarshi chiqmoqda. Qozoqston Qirg’izistonga gaz etkazib berish hajmini qisqartirdi. Demak bu yilgi qishning shiddatli sovuq kunlarida Qirg’izistonning ba’zi hududlarida gazga moslashgan isitgichlardan foyda yo’q.

Tojikistonda ham huddi shunday ahvol, chunki O’zbekiston gaz etkazib berishlikni umuman to’xtatib qo’yishlik bilan tahdid qilmoqda. Tojikiston va Qirg’izistonda gaz va neft konlari yo’q. Biroq, bu mamlakatlar kam emas ahamiyatga ega qurol – (Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlaridagi qo’shni mamlakatlarga doim etmayotgan) suvga ega. Bishkek Norin daryosida katta quvvatli ikta gidroelektrostantsiya qurmoqchi. Bu ikki inshoat ishlab chiqqan quvvat nafaqat Qirg’izistonni elektroenergiya bilan to’lig’incha ta’minlaydi, hatto tashqariga sotgani ham oshib qoladi.

Dushanbe esa Vaxsh daryosiga dunyodagi eng katta (balandligi ) Rog’un GESi qurilishini boshladi. Bu loiha ulkan mablag’lar talab qilishidan tashqari atrof muhitga katta hatari ham bor, chunki Tojikistonda tez-tez er qimirlashlar sodir bo’lib turadi.

Ikki mamlakatdagi bu loihalar O’zbekiston paxtachilik sohasiga katta ziyon etkazishligidan tashqari, xozir mintaqada aqvjga chiqayotgan kurashda Toshkentning mavqeini zaiflashtirib qo’yadi. O’zbekiston oxirgi yillarda gaz etkazib berishlikni to’xtatib qo’yish, avto- va temir yo’li transportlari orqali tashib o’tilayotgan yuklarni to’sib qo’yish va shunga o’xshash boshqa uslublar bilan qo’shni mamlakatlarga bosim o’tkazishlikka harakat qilib kelmoqda. Rog’un GESining ishga tushishi oqibatida O’zbekiston yiliga yarim mlrd dollardan ziyod daromadni yo’qota boshlaydi. Shuning uchun ham o’tgan yilning sentyabr oyida Islom Karimov “suv urushi” bilan ochiq tahdid qildi.

O’rta Osiyo mamlakatlarining mana bu raqobati, AQSh, Xitoy va Yevropaning harakatlari faollashib borayotgan mintaqada o’zining hokimligini mustahkamlash uchun hech qanday razillikdan qaytmaydigan Putinga qo’l kelmoqda.

O’ziga bo’lgan munosabati O’zbekistonnikiga nisbatan ancha yaqin bo’lgan Qirg’izistonga Rossiya, “Qant” harbiy bazasining saqlanib qolishligi evaziga, ikki gidroelektrostantsiya qurilishiga 1,3 mlrd dollar kredit ajratdi va 400 mln evroga yaqin qarzidan voz kechdi. Armiyasini qayta qurollantirish uchun 1,1 mlrd dollar berishga tayyor.

Shuningdek, Vladimir Putin, Moskva qo’lloviga erishishlikka harakat qilayotgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan Rossiya harbiy bazasining mamlakatda qolishligi muddatini 2042 yilgacha kechiktirish haqida shartnomani imzoladi. Evaziga Tojikiston qurolli kuchlari extiyoji uchun 200 mln dollar va neft maxsulotlarini etkazishda engillik sifatida 200 mln dollar oladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.