Turkiston:
Qirg’izistonga Erdagonni kelishi, Lovrovni O’zbekistonga kelishi va yaqinda kutilayotgan Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi, mintaqadagi siyosiy ketuvlarga qanchalik ta’sir ko’rsata oladi? Xozirda barchaning diqqati shu savollarga qaratilishi tabiiy.
Albatta barcha davlatlar o’z manfa’tlardan kelib chiqib, biror bir masalada bo’lsa ham, vaziyatni o’zgartirishga intiladi. Lekin muammo shundaki, M O davlatlarining birortasi, shu mintaqadagi manfa’tlari to’qnash kelib turgan AQSh, Rossiya va qandaydir miqdorda Xitoyni, strotegik pozitsiyalarini xisobga olishga va ularning ma’lum darajada va ma’lum soxalarda o’zlari uchun hamkorlikka olishga majbur ekanliklarida.
Qirg’iziston: Shu kungacha Rossiya bilan hamkorligi oshib keldi. Lekin Turkiya bosh vaziri Edag’onning tashrifi, Atambaevni yana qiyin axvolga sola boshladi. Erdag’onning tashrifi, qandaydir miqdorda Rossiyani pastga urish, uni darajasini belgilash, ya’ni energetika soxalarida xatto Turkiya ham undan tuzukroq manfa’tliroq loixalarni Qirg’izistonga taklif qila olishini va u Rossiyadan ko’ra dadilroq xarakatlana olishini taklif qildi.
Albatta bu xarakatlar Karimovni Rossiyaga tashrifi oldidan va unga Rossiyaning Qirg’iziston energetikasi xaqida balki ba’zi bir kutilayotgan takliflari oldidan amalga oshirilgani e’tiborli. Negaki Rossiya qirg’iziston energetikasi va boshqa soxalarida ham, aktivlarni qo’lga kiritib olib, ularni faqat O’zbekiston yoki boshqa apanentlariga qarshi va e’tiborli joyi faqat o’z manfa’tlari yo’lida foydalanib keladi. Bu yashirib bo’lmaydigan xaqiqat ekanligidan, Erdagon shu nozik nuqtani qo’zib qo’ydi. Kelajakda, Putin Karimovga Qirg’iz energetikasining biror bir soxasini taklif qilishi kutilmoqda, agar shunday bo’lsa, Qirg’iz elitasi ichida albatta Erdag’onning taklifi muxokama qilinishi mumkin va xatto siyosiy muxolif kuchlarga bosh ko’tarishlari uchun shu kabi Rossiyaning Qirg’izistonga nisbatan bepisant xarakatlari tramplin vazifasini bajarishi mumkin.
Lekin, bu kabi loixalar Turkiya tomonidan chizilishi mumkin emas. Albatta bu ishlar ortida AQSh va uning manfa’tlari turibdi. Uning manfa’ti esa, Qirg’izistondan chiqarib yuborish talab qilinayotgan Manasdagi aviabazasining taqdiriga bog’liq.
Atambaev xozir xavas qiladigan xolatda emas. Xatto taniqli Rus taxlilchilari uni qo’rqitib, “Atambaevni Bakievni taqdiri kutmoqda, agar u ham AQSh bazasini chiqarib yubormasa” deb taxlil berishmoqda. Agar chiqarib yuborsachi, unda uni nima kutmoqda?
O’zbekiston: Lavrovning kelishi, faqat Karimovni Putin bilan uchrashtirib qo’yishdan bo’lak biror manfa’tli ish bo’lmadi. Buni u o’zi “Faqat lag’mon egani” bilan chiroyli ifodaladi.
Karimovni Putindan qo’rqishiga tikish va bu vaziyatni o’zgartirib yuborishiga ishonish, xozirgi vaziyatda qiyinroq. Chunki O’zbekistonga taklif qilinayotgan AQShning loixasi o’ta jiddiy va keng ko’lamli. Ilgari Karimovni kutayotgan xalqaro bosimlar ham AQSh tomonidan bartaraf etilib, kutilmagan xolatlar paydo bo’la boshladi. Xatto Putin unga Qirg’iz energetikasiga investorlik qilishni taklif etganida ham, Karimov xozirgi yo’nalishiga katta o’zgarishlar kiritishi amri maxol.
Faqat o’z aro hamkorlik ko’lamini kengaytirishga urinib ko’rishlari kutiladi. Bu esa quruq rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas. Lekin O’zbekiston, 2014 yildan keyingi vaziyatlar xaqida ham o’ylanishi lozim. Bu esa AQShning O’zbekiston xaqidagi loixasining qanchalik keng ko’lamliligiga bog’liq. Ba’zilar bu loixa xuddi janubiy Koreya, yoki Yaponiya singari, uzoq va jiddiy munosabatlar deb bilishsa, boshqa siyosatchilar esa, 2014 yildan keyin AQSh mintaqani tark etadi deyishadi. Nima bo’lganida xam bu hamkorlik, AQSh bilan Rossiya va Xitoy o’rtalaridagi munosabatlarga bog’liq. Albatta Putin Karimovni shu masala xususida qo’rqitishga urinib ko’radi, lekin vaziyatga Karimovning shu fikrlarga munosabatidan kelib chiqib qiladigan xarakatlari ham ma’lum miqdorda ta’sir ko’rsatadi albatta.
Xulosa: Vaziyat jiddiylasha boshladi. Endigi voqe’a xodisalarning yo’nalishlari, faqat kichik davlatlarning ba’zi bir xarakatlariga chambarchas bog’lanib bormoqda. Qirg’izistonning AQSh aviabazasiga munosabatiga, O’zbekistonni ham AQSh bilan harbiy hamkorliklarini qay darajagacha kengaytirishiga.
Shularning hammasi, bu davlatlarga, AQSh yoki Rossiya tomonidan bera olinadigan har tomonlama bosimlar ko’lamiga bog’liq bo’lib qolmoqda, xamkorliklarga emas.
Abu Ali: