Obama nima degan bo’lsa Erdog’an ham shunday dedi

538
0

Prezident Obamaning matbuot anjumanida aytishicha, bu ikki ittifoqchi davlat Assadning rejimiga barham berish maqsadida unga tazyiq o’tkazishda davom etadi.

“Har ikkimiz Asad ketishi kerak degan fikrdamiz. U hokimiyatni muvaqqat hukumatga topshirishi lozim. Mojaroni hal etishning yagona yo’li shu”, – dedi Obama.

AQSh rahbariga ko’ra, Turkiyaga bu jarayonda juda muhim rol ajratilgan. Erdog’anning aytishicha, AQSh va Turkiyaning Suriya masalasida pozitsiyasi bir xil. AQSh nima desa – shu.

Obama bir kun kelib Asad rejimi qulashi aniqligi, ammo bunga etgungacha ko’p qiyinchiliklar borligini urg’uladi. Bosh vazir Erdogan esa Asad ketib demokratiya o’rnatilgungacha unga tazyiq o’tkazishni davom ettirish lozimligini aytib o’tdi.

Obamaning har bir so’zini o’ziga farz deb bilgan Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog’an shunday dedi: “Suriyaning Demokratik tuzumga o’tishini ta’minlash uchun shaxsan o’zim va va tashqi ishlar ministrim boshqa o’lkalarga ham boramiz. Demokratiyaga ishonish barcha o’lkalarga vojib. Biz bu ustida ish olib borishni davom ettiramiz”.
Turkiston: Nauzu billax, bu e’tiqodiy masala.
Odamlarni Allohning xokimiyatidan xalq hokimiyatiga chaqirish, unga sherik keltirish va shu shirkka chaqirish xisoblanadi. Alloh bunaqangi nopoklarni bizlarning ustilarimizdan tezroq ko’tarsin, Omiin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.