MASJIDUL AQSODAN TARALGAN NUR

607
0

MASJIDUL AQSODAN TARALGAN NUR: HIZBUT TAHRIR HARAKATINING BOShLANISh NUQTASI

Alloh oxir zamon-da yashashimizni iro-da qildi. Bu zamon halim kishini ham hayron qilib qo’yadi-gan zulmatli kecha parchalaridek fitnalar yuz berayotgan bir davrdir. Zero, u Alloh hukmi er yuzidan yo’q bo’lgan, hamma yoqni zulm qoplagan va tug’yon avjiga chiqqan bir davr-dir… Alloh bu qorong’u kecha chekinib, Xalifalik tongi otishini va Rabbisi roziligiga mushtoq qalblarga sevinch epkini urishini iroda qildi… Xalifalik yana tillarda doston bo’lib, zehnlarga qayta boshladi… Alloh munosib insonlar Xalifalikka da’vat qilishini iroda qildi. Munosib insonlarki, ularning hatto yaqinlari orasida ham yordamchilari ozdir. Alloh bu insonlarning sabr-bardosh bilan ish olib borishini iroda qildi. Oqibat ularning dushmanlari ham Xalifalik bir quyosh ekanligini tan oladigan bo’lib qoldi. Quyoshki, zulmu zulmatga, qorong’uda yashashga o’rgangan kimsalar undan qo’rqadi, zulmatdan chiqib: «Bu Rabbimdir», deyishga qo’rqadi.

Hech shak-shubha yo’qki, har bir yo’lning o’z alomat-belgilari bo’ladi. Shuning uchun bu yo’lni tutuvchilar qachonki o’zlarining ishni xuddi ulug’ Payg’ambarlari a.s. boshlagandek boshlaganlarini, Payg’ambar a.s. harakat qilgan-dek harakat qilganlarini ko’rsalar, demak, ular Rasululloh a.s. etgan maqsadga etishlariga va Payg’ambarimiz va’da qilgan «payg’am-barlik minhoji asosida yo’l tutuvchi Xalifalik»ni ro’yobga chiqarishlariga ishonch hosil qilishga haqli bo’ladilar.

Agar Alloh Subhonahu O’z izni-irodasi ila Hizbut Tahrirni o’sha iymonli guruh, g’alaba va’da qilingan jamoat va nusrat berilgan toifa bo’lishga muvaffaq qilsa, bu hech shubha-siz tengi yo’q faxrdir. Biz Alloh Subhonahu va Taolodan har bir taqvoli, sofdil, vafodor inson umid qiladigan ana shu buyuk sharaf, ana shu izzat-ikromga musharraf qilishini umid qilamiz.

Quyida esa shu Hizbga asos solgan va uni oyoqqa turgizgan olim, alloma, marhum Taqiyyuddin Nabahoniy tarjimai holidan va u kishidan keyin Hizb binosini kamoliga etkazgan va uni mustahkamlagan yirik olim, marhum Abdulqadim Zallum tarjimai holidan hamda Alloh Taolo tomonidan nusrat berilishi va rahbarlikka muvaffaq qilinishi umid qilinayotgan usul olimi Ato Abu Rushta tarjimai holidan o’zimiz to’plashga muvaffaq bo’lgan bir ozgina ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.

Bundan tashqari, o’quvchiga Hizb mafkurasining sofligi, yo’lining to’g’riligi, Payg’amba-rimizga go’zal suratda ergashganligi, Kitobu sunnatga mahkam yopishganligi… aniq ayon bo’-lishi uchun Hizbut Tahrir haqidagi tushunchaga oydinlik kirituvchi ayrim ma’lumotlarni ham havola qilmoqdamiz.

Oxirida esa Hizbning ba’zi ilk a’zolari bilan bo’lgan muloqotlardan ayrim tomonlarini havola qilyapmiz. Ular Hizbut Tahrir faoliyatining ilk davrini ko’rgan kishilardir. O’sha davr qiyinchiliklarga, lekin shu bilan birga nusratga bo’lgan umidga ham to’la davr bo’lgan edi…

1. Taqiyyuddin Nabahoniy…

Asoschi shayx

U olim alloma, Hizbut Tahrir asoschisi shayx Taqiyyuddin ibn Ibrohim ibn Mustafo ibn Ismoil ibn Yusuf Nabahoniydir. Falastindagi badaviy arablardan bo’lgan Bani Nabahon qabilasiga nisbat berilib, u kishi Nabahoniy deyildi. Bu qabila Falastin shimolidagi Hayfa shahriga qarashli Sofu qazosi (viloyati)ning «Ajzam» qishlog’ini o’ziga manzil tutgan edi. Shayx shu Ajzam qishlog’ida – kuchliroq ma’lumotlarga qaraganda – hijriy 1332 yil, milodiy 1914 yilda vara’ (diyonat) va taqvo bilan mashhur bo’lgan ilmli va dindor oilada tavallud topdi. Uning otasi shayx Ibrohim faqih kishi bo’lib, Falastin maorif vazirligida shar’iy ilmlar bo’yicha mudarris bo’lib ishlar edi. Onasi ham shar’iy ishlar bo’yicha katta bilim orttirgan ayol bo’lib, u bu bilimni otasi shayx Yusufdan olgan edi.

Shayx Yusufning to’liq ismi – tarjimai hollarda ko’rsatilishicha: Yusuf ibn Ismoil ibn Yusuf ibn Hasan ibn Muhammad Naba-honiy Shofe’iy «Abu Mahosin»dir. U adib, shoir, so’fiy hamda taniqli qozilardan biri edi. U Nablus a’mol (provintsiya)laridan biri bo’lgan Janin qasabasida qozilik qilgan. Keyinchalik Qustantiniya (Istanbul)ga ko’chib Mosul viloyati a’mollaridan biri Kuy San-jiqda qozi etib tayinlangan, keyin Loziqiya-dagi, so’ngra Quddusdagi jazo mahkamasiga boshliq qilib, keyinchalik esa Bayrutdagi huquq mahkamasiga boshliq qilib tayinlangan. Uning ko’pgina asarlari bo’lib, ularning soni 48 ga etadi.

Bunday muhitda o’sib voyaga etishning shayx Taqiyyuddinning Islomiy shaxsiyati shakllanishida o’ta kuchli ta’siri bo’ldi. Shuning uchun u Qur’onni juda erta, o’n uch yoshidayoq to’liq yod oldi. U ona tomondan bobosining taqvosi va ongidan qattiq ta’sirlandi va uning mo’l-ko’l ilmidan foydalandi. Taqiyyud-din siyosiy ongdan, ayniqsa muhim siyosiy masalalardan ham juda erta bahramand bo’ldi. Bobosi Usmoniy davlatdagi hukumat arboblari bilan mustahkam aloqada bo’lgani bois bunday masalalardan yaxshi xabardor edi. Shayx bobosi shayx Yusuf uyushtirgan fiqhiy majlislar va munozaralarda hozir bo’lib, ulardan foydalandi. U ana shu ilm majlislarida ishtirok etar ekan, o’zining o’tkir aqli va yuksak qobiliyati bilan bobosining e’tiborini o’ziga tortdi. Shuning uchun bobosi unga katta ahamiyat berib, shar’iy ta’limni davom ettirishi uchun uni al-Azharga yuborish zarurligiga uning otasini ko’ndirdi.

Ilmi va dars o’qishi

Shayx Taqiyyuddin 1928 yilda al-Azharning ikkinchi bosqichiga o’qishga kirib, uni shu yilning o’zidayoq a’lo baholar bilan tamomlab «g’urabo» diplomini oldi. Shundan keyin Dorul ulum kulliyasiga o’qishga kirdi. Bu kulliya o’sha paytda al-Azharga qarar edi. Bundan tashqari, shayx Azhari sharifdagi ilmiy hal-qalarda ham qatnashar, chunki Azhardagi eski dars nizomi bunga ruxsat berar edi. Bu halqalarda shayx Muhammad al-Xozr Husayn rahimahulloh kabi taniqli shayxlar dars o’tar edi. Bu shayxlarni unga bobosi tavsiya qildi. Shayx Nabahoniy Azharning eski nizomi bilan Dorul ulumni o’zida jamlaganiga qaramay, jiddu jahd va harakatda ustunlik va mumtozlik namunasini ko’rsatdi. U o’zidagi chuqur fikr, ustun ra’y, bahs-munozaralarda kuchli hujjat keltirish bilan tanilib, tengdoshlari va muallimlari e’tiborini o’ziga tortdi. Qohiradagi va boshqa musulmon yurtlardagi ilm dargohlari esa o’sha paytda bunday bahs-munozaralar bilan to’lib-toshgan edi.

Shayx Nabahoniy olgan shahodatnomalar: Azharning ikkinchi bosqichi shahodatnomasi, Azhardan berilgan G’urabo shahodatnomasi, Qohiradagi Dorul ulum kulliyasi tomonidan berilgan arab tili va adabiyoti bo’yicha diplom. Shayx Azharga qarashli shar’iy qozilik oliy ma’hadi tomonidan berilgan qozilik diplomiga ham ega bo’lgan. U Azharni 1932 yilda shariat ixtisosi bo’yicha oliy diplom bilan bitirdi.

Shayx ishlagan sohalar

Shayx 1937 yilgacha maorif vazirligidagi shar’iy ta’lim sohasida ishladi. Shu yili shar’iy qozilik ishiga o’tdi. Asta-sekin ko’ta-rilib, Hayfadagi markaziy mahkama bosh kotibi vazifasida ishlay boshladi, so’ngra mas-lahatchi (qozi yordamchisi), keyin 1948 yilgacha Ramla mahkamasi qozisi bo’lib ishladi. Shu yili Falastin yahudlar qo’liga tushganidan keyin Shomga chiqib ketdi. So’ngra shu yilning o’zida qaytib kelib, Quddusdagi shar’iy mahkamaga qozi etib tayinlandi. Undan keyin shar’iy apellyatsion mahkamaga qozi etib tayinlandi. Bu vazifada 1950 yilgacha ishladi. Shu yili ishdan bo’shab, Ammondagi Islomiy ilmlar kulliyasi (fakulteti)ning ikkinchi kurs talabalariga lektsiya (ma’ruza)lar o’qish vazifasiga o’tdi. 1952 yilgacha shu vazifada ishladi. Shayx rahimahulloh ilmlar dengizi, barcha ilmlar bo’yicha keng bilim sohibi, mujtahidi mutlaq, o’ta kuchli hujjat sohibi bo’lgan notiq edi.

Yozgan asarlari 1) «Islom nizomi», 2) «Hizbiy uyushma», 3) «Hizbut Tahrir tushunchalari», 4) «Islomda iqtisod nizomi», 5) «Islomda ijtimo nizomi», 6) «Islomda boshqaruv nizomi», 7) «Dustur», 8) «Dustur muqaddimasi», 9) «Islom davlati», 10) «Islomiy shaxsiya» (uch juzdan iborat), 11) «Hizbut Tahrirning siyosiy tushunchalari», 12) «Siyosiy qarashlar», 13) «Qaynoq nido», 14) «Xalifalik», 15) «Tafkir», 16) «Sur’at al-Badiha» (Topqirlik), 17) «Boshlanish nuqtasi», 18) «Jamiyatga kirish», 19) «Misrning qurollanishi», 20) «Misr, Su-riya, Yaman ikki yoqlama bitimlari», 21) «Falastin masalasini amerikacha va inglizcha uslub bilan hal qilish», 22) «Eyzenxauer loyihasi bo’yicha siyosiy bo’shliq nazariyasi». Bundan tashqari, shayx minglab fikriy, siyosiy, iqtisodiy nashralar muallifi hamdir.

Shayx shuningdek, uning kitoblarini nashr qilish va tarqatish qonun yo’li bilan man qilinganidan keyin ularni nashr qilish imkoni bo’lishi uchun Hizb a’zolari nomi bilan bir qancha kitoblarni chiqardi.

Ana shu kitoblar jumlasiga:

1) «Ideal iqtisodiy siyosat», 2) «Marksistik sotsializmni rad etish», 3) «Xalifalik qanday qulatildi», 4) «Ahkom al-Bayyinot», 5) «Jazolar nizomi», 6) «Namoz ahkomlari», 7) «Islomiy fikr» kabilar kiradi.

Shayx ilgari – Hizbni ta’sis etishdan oldin – «Falastinni qutqarish» va «Risolatul arab» nomli kitoblarni ham chiqargan edi.

Xarakteri va axloqi

Islomiy ilmlar kulliyasining idoriy mudiri bo’lib ishlagan va shayx Taqiyyuddin kulliyaga qadam qo’yganidan buyon undan ajralmagan ustoz Zuhayr Kahola shunday deydi: «U sofdil, ulug’, pokiza, ixlosli, g’ayrati to’lib-toshgan, jonkuyar kishi edi, Ummat qalbiga (Isroil) vujudi sanchilishi oqibatida Ummat boshiga tushgan musibatlardan qattiq alam chekar edi».

Shayx o’rta bo’yli, gavdali, g’ayratga to’la, jo’shqin, bahsda mohir, hujjati g’olib, o’zi haq deb iymon keltirgan narsada mustahkam turuvchi inson edi. U o’rtacha soqol qo’ygan, soqoliga oq aralashgan, kuchli shaxsiyat sohibi edi. So’zlasa nutqi ta’sirli, hujjatlashsa qanoatlantira oluvchi edi. Harakatlarning tarqoq bo’lishini, qobiqqa o’ralib olishni, Ummat uchun manfaatli bo’lgan ishlardan o’zini olib qochishni yomon ko’rar edi. Shayx kishining o’z shaxsiy hayoti ishlari bilangina band bo’lib qolishini yoqtirmas, Rasululloh ?ning:

 

«Kimki musulmonlar ishi haqida qayg’ur-masa – ulardan emas», degan so’zlariga itoat qilib, Ummatga yaxshilik keltirishga harakat qilar edi. Shayx bu hadisni ko’p takrorlar va dalil keltirar edi. Shuning uchun «Ihyo» muallifi imom G’azzoliyni Islomiy yurtlarga bostirib kirgan salibchilarga qarshi kurashmay, masjidga kirib kitoblarini yozib o’tirganini ayblar edi.

Hizbut Tahrirni tuzish va undagi harakat Shayx Taqiyyuddin chuqur ahamiyat berib hizblarni va hijriy to’rtinchi asrdan boshlab paydo bo’lgan harakatlar va tashkilotlarni o’rgana boshladi. Ularning uslublari, fikrlari, keng tarqalishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablarini o’rgandi. Shayxning Xalifalikni qayta tiklash uchun harakat qiladigan bir Islomiy uyushma bo’lishi vojibligini his qilishi ana shu hizblarni o’rganib chiqishga undadi. Chunki Xalifalik jinoyatchi Mustafo Kamol «Otaturk» qo’li bilan bekor qilinganidan keyin musulmonlar o’sha paytda harakat qilayotgan Islomiy tashkilotlar mavjudligiga qaramasdan, uni qayta tiklay olmagandilar. 1948 yil may oyida Falastin erlarida (Isroil) davlati paydo bo’lib, arablarning Iordaniya, Misr, Iroq…da hukm yuritayotgan Britaniya «arzandasi» bo’lmish yahud to’dalari qarshisidagi zaifligi ko’rinib qolgach, shayx Taqiyyuddinning his-tuyg’ulari yanada ko’proq jo’sh ura boshladi. Shuning uchun musulmonlarni uyg’ota oladigan haqiqiy sabablarni o’rganishga kirishib, milliy fikr orqali Ummatni uyg’otishga urinib ko’rdi. Bu haqda ikki risola yozdi. Ular: 1) «Arab risolati», 2) «Falastinni qutqarish», degan risolalar edi. Bu ikki risola 1950 yilda chop etildi. Uning shu ikki risolada namoyon bo’lgan milliy intilishi fikr, aqida, Ummatning bu borliqdagi haqiqiy risolati (vazifasi), ya’ni, Islom risolatidan xoli emas edi. U bilan arab millatchiligiga chaqiruv-chilar o’rtasidagi farq shu edi. Chunki arab millatchilari Ummatni o’z risolatidan mahrum qilib, unga begona bo’lgan, uning aqidasi, xilqati, qiymat-qadriyatlariga zid bo’lgan risolatlarga, yo’nalishlarga va ideologiyalarga chaqirishar edi. Shundan so’ng Taqiyyuddin avval-boshda o’zi yurgan bu harakat chizig’idan qaytdi va shu sohada fikr bayon qilayotgan kishilar bilan suhbatga kirishdi va ularni tinglay boshladi. Biroq, ularning hech biridan qoniqish hosil qilmadi.

Shuning uchun qozilik ishiga o’tishi bilanoq o’zi tanigan ulamolar bilan bog’lana boshladi. Ular bilan Misrda uchrashib, ularga musulmonlarni uyg’otish, ularning azizligi va ulug’ligini qayta tiklash uchun Islom asosida bir siyosiy hizb tuzish fikrini bayon qildi. Shu maqsadda Falastinning ko’plab shaharla-riga borib, zehnida pishib-etilgan bu ishni taniqli ulamolarga va fikr etakchilariga bayon qila boshladi. Falastinning turli shaharla-ridan kelgan ulamolarni to’plab yig’inlar o’tkazdi. Shu yig’inlar asnosida ular bilan to’g’ri, haqiqiy uyg’onish yo’li haqida suhbat-lashdi. U ko’pincha Islomiy jamiyatlar, siyosiy, milliy va vatanparvarlik asosidagi hizblar etakchilari bilan bahs-munozara qilar, ularga yo’llarining xatoligini, harakatlari samarasiz bo’lib chiqishini bayon qilar edi. Shuningdek, shayx o’z nutqlarida bir qancha siyosiy ma-salalarni ham ko’ndalang qo’yar edi. U bu nutq-larini diniy munosabatlar bilan al-Aqso masjidi, al-Xalildagi Ibrohim masjidi va boshqa masjidlarda so’zlar edi. Bu nutqlarida arab rejimlariga hujum qilib, ularni G’arb mustamlakachiligi musulmonlar yurtlarini o’z changalida saqlab qolish uchun etishtirgan qo’g’irchoqlar va shunga yordam beruvchi bir qurol deb atar edi. Shayx G’arb davlatlarining siyosiy rejalarini fosh qilar va ularning Islom va musulmonlarga qarshi qabih niyatlarini ochib tashlar edi. U musulmonlarga o’z vojib-vazifalarini uqtirar va ularni Islom asosida hizb tuzishga chaqirar edi.

Shundan so’ng shayx Taqiyyuddin deputatlar majlisiga o’z nomzodini qo’ydi… Qat’iy pozitsiyasi, siyosiy faoliyati, mabdasi Islom bo’l-gan siyosiy hizb tuzishga jiddiy harakat qil-gani, Islomga mahkam yopishgani va qolaversa davlatning saylov natijalarini soxtalashtirgani, bularning barchasi saylov natijalari shayxning foydasiga bo’lmasligiga olib keldi.

Shunga qaramay, shayx siyosiy faoliyatni to’xtatmadi va uning qat’iyati bo’shashmadi. U ulamolar bilan bog’lanishni va bahs-muno-zaralarni davom ettirdi. Oqibatda bir guruh fazilatli ulamolarni, e’tiborli qozilarni, ko’zga ko’ringan taniqli siyosiy, mufakkir shaxslarni Islom asosida bir siyosiy hizb tuzish zarurligiga ishontirishga muvaffaq bo’l-di va ularga hizbiy doirani va shu hizb uchun saqofiy ozuqa bo’lishi mumkin bo’lgan fikrlarni bayon qila boshladi. Uning fikrlari ana shu ulamolar tomonidan ma’qullab kutib olindi va qabul qilindi hamda shayxning siyosiy faoliyatining bu bosqichi Hizbut Tahrir tashkil bo’lishi bilan yakunlandi.

Hizbni tashkil qilish ishi Quddus shahrida boshlandi. Bu erda shayx shar’iy apellyatsion mahkamada ishlar edi. U o’sha paytda bir qancha taniqli kishilar bilan, jumladan qalqiliya-lik shayx Ahmad Dour, al-Lad va Ramladan Saydon Namir Misriy va Dovud Hamadon, al-Xalil shahridan shayx Abdulqadim Zallum, Odil Nablusiy, G’onim Abduh, Munir Shaqir, shayx As’ad Buyuz at-Tamimiy va boshqalar bilan bog’landi.

Ishning avvalida ta’sischi shaxslar o’rta-sidagi uchrashuvlar tartibli bo’lmadi. Bu uchrashuvlarning ko’pi yo Quddusda yoki al-Xalilda o’tkazilib, o’zaro fikr almashinar va yangi shaxslar jalb qilinar edi. Ularda asosan Ummatning uyg’onishiga ta’sir etuvchi Islomiy mavzular borasida bahs qilinar edi. Bun-day holat

1952 yilning oxirlarigacha davom etdi. Bu vaqtga kelib ana shu shaxslar siyosiy hizb tusini ola boshlagan edilar. 1952 yil 17 noyabrda Hizbning ta’sischi a’zolaridan besh kishi siyosiy hizb tuzishga ruxsat olish maqsadida Iordaniya ichki ishlar vazirligiga rasmiy talabnoma bilan chiqdi-lar. Ular:

1. Taqiyyuddin Nabahoniy (Hizb raisi);

2. Dovud Hamadon (rais o’rinbosari va hizb sekretari);

3. G’onim Abduh (xazinachi);

4. Odil Nablusiy (a’zo);

5. Munir Shaqir (a’zo).

Shundan keyin Hizb jamiyatlar haqidagi Usmoniylar qonunida talab qilingan qonuniy protsedura (tartib-chora)larni to’liq ado etdi. Hizb markazi qilib Quddus belgilandi va Hizb qonun bo’yicha «ma’lum va xabardor qilib qo’yish» degan ruxsatnomani oldi.

Hizb o’zining asosiy nizomi bilan birga bayonnomasini ham hukumatga taqdim qildi. Undan oldinroq esa o’zining qanday bo’lishi haqida «as-Sarih» gazetasining 1953 yil 14 martdagi 176-sonida nashr qilgan edi. Shu bilan Hizbut Tahrir 1372 hijriy yil 28 jumodus-soniy, 1953 yil 14 mart shanba kunidan e’tiboran qonuniy hizb bo’lib qoldi va bevosita hizbiy faoliyat olib borish hamda jamiyatlar haqida amaldagi Usmoniylar qonuniga muvofiq o’zining asosiy nizomida ko’rsatilgan barcha hizbiy ishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo’ldi.

Biroq, hukumat Hizbning besh ta’sischisini chaqirib, ularni tergov qildi va ulardan to’rttasini qamoqqa oldi. Shundan keyin hijriy 1372 yil 7 rajab, milodiy 1953 yil 22 martda bir bayonot chiqarib, unda Hizbut Tahrirni noqonuniy deb e’lon qildi va Hizb rahbarlariga har qanday ish olib borishni (ya’ni, hizbiy faoliyatni) man qildi. 1953 yil 1 aprelda esa hukumat Hizbut Tahrirning Quddusdagi idorasi ustiga ilingan peshyozuvlarni olib tashlash to’g’risida buyruq chiqardi va ularni olib tashladi.

Lekin shayx Taqiyyuddin Nabahoniy bu man qilishga zig’ircha ham ahamiyat bermadi va Hizb ta’sis etilishiga sabab bo’lgan risolatni ko’tarib chiqishda oldinga qarab harakatni davom ettiraverdi. Dovud Hamadon va Namir Misriy 1956 yilda Hizb qiyodati (rahbariyati) tarkibidan chiqqan paytda ularning o’rniga qiyodat tarkibiga shayx Abdulqadim Zallum va shayx Ahmad Dour kirdi va Hizb qiyodati alloma shayx Taqiyyuddin Nabahoniy amirligida mana shu ikki ulug’ olimdan iborat bo’lib qoldi. Bu qiyodat da’vat yukini Alloh fazli va rizoligi ila juda yaxshi suratda ko’tardi.

Al-Aqso maydonidan turib Hizb Islomiy hayotni yangidan boshlash uchun ommaviy saqofat berish kampaniyasini boshladi va keng ko’lamli faoliyat ko’rsatdi. Bu esa hukumat ma’murlarini Hizbning o’zining shakllantirishiga va kuchayishiga yo’l qo’ymaslik uchun kuchli qadam-larni tashlashga majbur qildi. Natijada Nabahoniy mamlakatni

1953 yilning nihoyasida o’z ixtiyori bilan tark etishga majbur bo’ldi. Biroq, unga ikkinchi marta qaytib kelishi man etildi. 1953 yil noyabrda shayx Nabahoniy Damashqqa ko’chishga majbur bo’ldi. Lekin u erda uzoq turolmadi. Chunki Suriya ma’murlari uni qamoqqa oldi va Suriyaning Livan bilan bo’lgan chegaralariga olib kelib qo’yishdi. Biroq Livan ma’murlari ham unga Livan er-lariga kirishni man qilishdi. Shunda Naba-honiy Vodiy Harirdagi Livan politsiya postining bir mas’ul xodimidan Livan ichkarisidagi o’zi taniydigan biron kishi bilan bog’-lanishga ruxsat berishni talab qildi. Livan xavfsizlik xizmati mas’uli bog’lanishga ruxsat berdi. Shayx Nabahoniy o’sha erdagi do’s-tidan Livan muftiysi shayx Hasan al-Alayo bilan bog’lanishni so’radi. Bu xabar shayx al-Alayo qulog’iga etib borgach, u tezlik bilan Livan mas’ullari oldiga borib, ulardan shayx Nabahoniyni Livan erlariga kiritish to’g’ri-sida darhol buyruq berishlarini talab qildi. Aks holda demokratiyani da’vo qila turib, Islom dini ulamolaridan bir olimni o’z er-lariga qadam qo’yishini man qilayotgan bu mamlakatning barcha tomonlariga bu xabarni tar-qatib yuborishini ma’lum qildi. Natijada Livan ma’murlarining Livan muftiysi talabiga bo’yin egib, taslim bo’lishdan o’zga choralari qolmadi.

Shayx Nabahoniy Livanda o’rnashgandan boshlab o’z fikrlarini tarqatishga kirishdi. Tazyiqqa uchramay bu ishni taqriban 1958 yilgacha davom ettirdi. Bu vaqtga kelib Livan ma’murlari uning fikrlari Livan rejimiga xatarli ekanini sezib, unga tazyiq o’tkaza boshlashdi. Natijada shayx Bayrutdan Tripoliga maxfiy tarzda ko’chishga majbur bo’ldi. Uni tanigan ishonchli kishilardan biri shunday hikoya qiladi: «Shayx ko’p vaqtini o’qish va yozish bilan o’tkazar, radio uning oldida turar, shayx o’zining kuchli siyosiy nashralarini yozish uchun olam xabarlarini undan eshitar edi. Shayx ismi jismiga monand taqvoli, ko’zi ham, tili ham afif-pokiza bir inson edi. Biron kun undan so’kish yoki yomonlash yoki musulmonlardan birontasini, xususan ijtihodlari turlicha bo’lishiga qaramay, Islom da’vatchilarini haqorat qilganini eshitmaganman».

Muassis shayx Iroqdagi nusrat talab qilish amaliyotiga qattiq ahamiyat bergan edi. Shu maqsadda shayx o’sha erda ba’zi muhim bog’lanish ishlari bilan, shu jumladan marhum Abdussalom Orif va boshqalar bilan bog’la-nish ishlari bilan yurgan shayx Abdulqadim (Abu Yusuf)ga sherik bo’lish uchun Iroqqa bir necha bor safar qildi. Ana shu safarlarning oxirgisi vafotidan oldinroq bo’ldi. O’sha safari chog’ida Iroqda qamoqqa olindi. Shayxni ko’p azoblashdi. Biroq tergov-chilar qo’llagan azoblashlar hech foyda bermay, shayxdan hech qanday ma’lumot olisholmadi. Shayx aytgan so’z bor-yo’g’i: «Men iloj (malham) izlab yurgan bir shayxman!» deyish bo’ldi, xolos. Natijada uni azoblashdan charchab, Suriya chegaralari orqali chiqarib yuborishdi. Tog’utlar bergan azobning qattiqligi va dahshatliligidan shayxning qo’li ishlamay qolgan va o’zi holdan toygan ahvolda edi. Shayxni chegara orqali chiqarib yuborish o’sha tog’utlarga Iordaniya razvedkasidan «Sizlar qo’lga olgan mahbus o’sha siz qidirib yurgan shayx Taqiyyuddin Naba-honiydir», degan xabar etib kelishidan oldin bo’lgan edi. Allohga hamdlar bo’lsinki, bu xabar fursat o’tgandan keyin keldi.

Haqiqatda shayx rahimahulloh Hizbni sobit qadam qilib ta’sis etdi. Maqsadga etishga juda oz qolgan edi. Lekin har bir narsaning Alloh belgilab qo’ygan vaqti bor ekan.

1398 hijriy yil muharram oyining birinchi kuni, 1977 milodiy 11 dekabr yakshanba kuni tongda butun Islomiy Ummat o’zining eng taniqli, buyuk olimlarining biridan ajralib qoldi. Bu Ummat uchun juda katta yo’qotish bo’ldi. Zero, u ilmlar dengizi, mutlaqo o’z asri faqihlarining eng mashhuri, XX asrda Islomiy fikrni yangidan ko’tarib chiqqan, faqih, mujtahid, olim, alloma, Hizbut Tahrir amiri va asoschisi shayx Taqiyyuddin Nabahoniy edi. Shayx o’zi vafot etgan Bayrutdagi al-Avzoiy qabristoniga dafn etildi. U butun umrini bag’ishlagan ishining mevasini, ya’ni payg’am-barlik minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini ko’rishga ulgurmay bu omonatni o’zining o’rinbosari va sodiq safdoshi – yirik olim shayx Abdulqadim ibn Yusuf Zallumga qoldirdi. Shayx rahimahulloh butun kuchi bilan ro’yobga chiqarishga harakat qilgan maqsadning amalga oshganini ko’rishga ulgurmagan bo’lsa-da, biroq u sarflagan kuch-g’ayrat, mehnatlar shunday bir hizb mevasini berdiki, bugungi kunda bu hizbning ko’p minglab a’zolari bor bo’lib, ular uning fikrlari-ni ko’tarib chiqmoqdalar. Bundan tashqari, bu hizbning millionlab qo’llab-quvvatlovchilari bor. Yer yuzining juda ko’p joylarida va kofirlar, tog’utlar, zolimlarning ko’plab qamoq-larida uning a’zolari bor.

2. Shayx Abdulqadim Zallum: Hizb qiyodatida o’z o’tmishdoshining eng yaxshi o’rinbosari

U yirik olim shayx Abdulqadim ibn Yusuf ibn Abdulqadim ibn Yunus ibn Ibrohim shayx Zallumdir. U 1342 hijriy yil, 1924 milodiy yilda al-Xalil shahrida dindorlik bilan ma’lum va mashhur oilada tavallud topdi. Uning otasi (Alloh uni rahmat qilsin) hofizi Qur’on bo’lib, hayotining oxirgi dam-larigacha Qur’onni yoddan tilovat qilib o’tdi. U Xalifalik davlati zamonida mudarris bo’lib ishlagan edi.

Otasining amakisi Abdulg’affor Yunus Zallum Xalifalik davlati zamonida al-Xalil muftisi edi. Zallum oilasi Ibrohimiy masjidiga xizmat qiladigan oilalardan biri bo’lgan. Demak, ular sayyidimiz Ya’qubga xizmat qilgan kishilar jumlasidan bo’la-dilar. Juma kunida va boshqa munosabatlarda minbar ustiga bayroq ko’tarib chiquvchilar ular bo’lgan. Mavsum va bayram tantanalarida ham bayroqni ular ko’tarib chiqqanlar.

Usmoniy davlat Ibrohimiy masjidiga xizmat qilish vazifalarini al-Xalildagi mashhur oilalarga taqsimlab bergan edi. Bu oilalar buni, ya’ni Ibrohimiy masjidi xizmatkorlari bo’lishni o’zlari uchun sharaf va izzat-ikrom, deb bilishar edi.

Shayx Abdulqadim o’n besh yoshga kirguncha al-Xalil shahrida o’sib voyaga etdi. U boshlang’ich ta’limni al-Xalildagi Ibrohi-miya madrasasida oldi. Shundan keyin otasi (Alloh uni rahmat qilsin) fiqhni ta’lim olib, faqihlardan va Allohga da’vat qiluv-chilardan bo’lishi uchun uni Azhari sharifga yuborishga qaror qildi. Shuning uchun o’n beshga kirganidan keyin uni Qohiraga, Azhar jome’siga yubordi. Bu 1939 yilda bo’lgan edi. Abdulqadim hijriy 1361, milodiy 1942 yilda Azhar universitetidagi qobiliyatli o’quvchi degan birinchi shahodatnomani oldi. Hijriy 1366, milodiy 1947 yilda esa Azhardagi shariat kulliyasi (fakulteti)ning oliy diplomini oldi. Hijriy 1368, milodiy 1949 yilda esa qozilik mutaxassisligi bilan birga oliy diplomni ham oldi. Bu diplom hozirgi doktorlik diplomiga tengdir.

Falastin-(Isroil) urushi boshlangan paytda yigitlarni to’plash va jihod qilish uchun Misrdan Falastinga qaytishga harkat qildi. Lekin qaytib kelganida allaqachon sulh e’lon qilinib, urush to’xtagan edi. Shuning uchun Falastinda jihod qilishga qat’iy niyat bilan kelgan bo’lsa-da, bu niyatiga erisholmadi. Az-har universitetidagi kursdoshlari uni yaxshi ko’rishar, shuning uchun unga «Malik» (sardor), deb nom berishgan edi. Chunki u o’qishda hammadan ustun edi.

Abdulqadim 1949 yilda al-Xalilga qaytib, dars berish bilan shug’ullandi. So’ngra Bayt Lahmdagi madrasalarga tayinlanib, ikki yil davomida ishladi. Shundan keyin 1951 yilda al-Xalilga ko’chib o’tib, Usoma ibn Munqiz madrasasida mudarris bo’lib ishladi.

U shayx Taqiyyuddin rahimahulloh bilan 1952 yilda uchrashdi va u bilan Hizb mavzusi borasida ishlarni muvofiqlashtirish, dars va bahs qilish uchun Quddusga qatnay boshladi. U ishni boshlagan paytdayoq Hizbga kirgan edi. 1956 yildan boshlab esa Hizb qiyodati a’zosi bo’ldi. U mohir notiq bo’lib, odamlar uni yaxshi ko’rar edi. Juma kuni namozdan oldin Ibrohimiy masjidining Yusufiya, degan qis-mida dars o’tar, unga ko’p xalq qatnashar edi. Keyinchalik jumadan keyin Ibrohimiy masjidining Sohn, degan qismida xutba o’qiy boshladi va unga ham juda ko’p xalq hozir bo’lardi. 1954 yilda deputatlikka saylovlar e’lon qilingach, shayx o’z nomzodini qo’ydi. U 1956 yilda ham o’z nomzodini qo’ydi. Lekin davlat saylov natijalarini soxtalashtirgani uchun g’alabaga erisholmadi. Shayx qamoqqa olindi va sahrodagi al-Jafr qamog’iga tashlandi. Allohning fazl-marhamati bilan xalos bo’lgunga qadar u erda ko’p yillar yotdi.

Abdulqadim rahimahulloh haqiqatdan ham muassis amirning o’ng qo’li va o’qdonidagi bir o’qi edi. Amir uni katta vazifalarga yuborar, u esa ikkilanib o’tirmasdi. U da’vatni ahli oilasidan, bola-chaqasidan, hayotning o’tkinchi lazzatlaridan muqaddam qo’yar edi. Shuning uchun uni bugun Turkiyada ko’rsangiz, ertaga Iroqda, undan keyin esa Misrda, so’ng Livan va Iordaniyada… ko’rar edingiz. Amir qachon uni izlasa, o’z yonida haq ishga tayyor holda topar edi. Uning Iroqdagi vazifasi juda katta vazifa bo’lib, uni faqat erkaklarning erkagi bajara olar edi, xolos. U bu vazifani muassis amirning taklifi bilan va uning boshchiligida o’z zimmasiga oldi va uning bu boradagi xizmati – Allohning izni ila – juda katta bo’ldi.

Muassis amir vafot etgach, undan keyin omonatni elkaga olish uchun amir etib saylandi. Bu omonatni ko’tarib, uni yanada yuksaklarga olib chiqdi, da’vat qasrini yanada baland ko’tardi. Da’vat maydoni kengayib, O’rta Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo musulmonlarigacha etib bordi. Bugina emas, balki da’vat jaranglab, Yevropa va boshqa joylarda ham aks sado berdi.

Bu yirik olim umrining oxirgi davrlarida ortga chekinish fitnasi yuz berdi. Chunki bir to’da kimsalar aqlini shayton egallab olib, ular shayxning halimligidan foydalanib, bir ishni rejalashtirishdi va harakatni to’g’ri yo’nalishidan burib yuborishga urinishdi. Chekinuvchilar to’dasi Hizb jismiga chuqur jaro-hat etkazmoqchi bo’ldi. Biroq, Alloh Subhona-huning lutfi-marhamati ila, qolaversa shayxning hikmat va qat’iyat bilan ish tutishi natijasida ular niyatlariga etisholmadi. Chekinuvchilar to’dasining urinishlari bir yuzaki tirnalishdan ortiq jarohat etkazolmadi. Shuning uchun hech qancha vaqt o’tmay, Hizb jismi sog’ayib, avvalgidan ham kuchliroq bo’lib qol-di. O’sha to’da esa nom-nishonsiz unutilib ketdi.

Yirik olim yoshi saksondan oshguncha da’vatni ko’tarib chiqishda va unga rahbarlik qi-lishda davom etdi. U go’yo ajalining yaqinlash-ganini sezgandek, da’vatning borishidan xotirjam bo’lgan holda Alloh Subhonahuga yo’liqishni xohladi. U da’vat mashaqqatlarini ko’tarishga umrining uchdan ikki qismini bag’ishladi. Yigirma besh yilga yaqin muassis amirning o’ng qo’li bo’lib turdi va yana shuncha yil harakatning borishiga etak-chilik qilib, Hizbga amir bo’lib turdi. U hozir aytib o’tganimizdek, da’vatning borishidan xotirjam holda Alloh Subhonahuga yo’liqishni xohladi. Shuning uchun Hizb amirligidan chetlanishni va o’zidan keyingi amirning saylanishiga guvoh bo’lishni istadi. Shunday bo’ldi ham. Chunki shayx Hizb amirligidan hijriy 1424 yil 14 muharram oyi dushanba kuni, milodiy 2003 yil 17 martda iste’fo berdi.

Ana shundan qirq kuncha keyin yirik olim, Hizbut Tahrir amiri, shayx Abdulqadim Yusuf Zallum Bayrutda hijriy 1424 yil 27 safar oyi seshanba tunida, milodiy 2003 yil 29 aprelda sakson yoshida vafot etdi. Uning uchun al-Xalildagi Abu G’arbiyya ash-Sha’roviy de-vonida ta’ziya marosimi uyushtirildi Bu shahar hali bunaqasini ko’rmagan edi. Chunki barcha shahar va qishloqlardan odamlar keldi. Ta’ziya bildiruvchilar, shoirlar va notiqlar biri qo’yib, biri nutq so’zladilar, she’rlar o’qidilar. Sudan, Quvayt, Yevropa, Indoneziya, Amerika, Iordaniya, Misr va er kurrasining turli burchaklaridan ta’ziya va hamdardlik bildirib yo’llangan so’zlar telefon orqali ketma-ket kelib turdi. Hozir bo’lganlarga eshittirish uchun o’sha telefon qo’ng’iroqlari radiokarnaylarga ulab qo’yildi. Shuningdek, Ammon va boshqa shaharlarda ham ta’ziya maro-simlari uyushtirildi.

Shayx rahimahulloh haq so’zni aytishda jur’atli bo’lib, Alloh yo’lida hech bir malomatchining malomatidan qo’rqmas edi. U g’ay-ratli bo’lib, da’vat borasida hormay, tolmay, malollanmay ish olib bordi. U tavozelik (kamtarlik), go’zal xulq bilan tanilgan edi, asablari mustahkam edi. Kechalari ibodat qilib chiqar, Alloh Subhonahuning oyatlarini tilovat qilar ekan, ko’p holatlarda yig’lar edi, da’vatda sabr-bardoshli edi. U Alloh Subhonahu huzuriga rihlat qilgunga qadar g’aribona hayot kechirdi, zolimlar tomonidan quvg’inga uchradi. Alloh ajrini bersin va uni O’zining keng rahmatiga olsin. Shayxning hayotlik davrida Hizb bosib chiqargan asarlari, kitoblari va kitobchalari quyidagilardir:

1) Xalifalik davlatida mol (pul)lar. 2) Boshqaruv nizomi 3) Demokratiya kufr nizomidir. 4) Inson a’zolarini ko’chirib o’tqazish (transplantatsiya) va boshqa ishlar xususidagi shar’iy hukm. 5) Hizbut Tahrirning jamiyatni o’zgartirishda tutadigan yo’li. 6) Hizbut Tahrirga ta’rif. 7) Islomni yo’q qilish uchun Amerika hamlasi. 8) Jorj Bushning musulmonlarga qarshi salibchilik kampaniyasi. 9) Moliya bozorlaridagi larzalar. 10) Hazoratlar o’rtasidagi kurashning muqarrarligi.

3. Usuli fiqh bo’yicha olim Ato Abu Rushta: Hizbning hozirgi amiri

Hijriy 1424 yil safar oyining 11 kuni, milodiy 2003 yil 12 aprelda Hizbut Tah-rirning mazolim devoni raisi, usul olimi, muhandis Ato Abu Rushta (Abu Yosin)ning Hizbut Tahrir amiri qilib saylanganini e’lon qildi. U kishining da’vat ishiga o’ta ahamiyat berishi ma’lum va unda hizb ishini chiroyli idora qilish hamda yigitlardagi kuch-g’ayratdan eng afzal suratda foydalanish layo-qati sezilgan. Shuning uchun Alloh Subhonahu-dan uni nusrat sari etaklashini umid qilib qolamiz.

Uning hayotidan bir shingil:

  • U Ato ibn Xalil ibn Ahmad ibn Abdul-qodir Xatib Abu Rushtadir. U hijriy 1362 yil, milodiy 1943 yilda Falastin diyoridagi al-Xalil a’mol (viloyat)laridan biri bo’lmish Raanno nomli kichik qishloqda, dindor oilada tavallud topdi. U kichik yoshli chog’idayoq Falastin boshiga tushgan kulfatlarning va uni yahudlar 1948 yilda Britaniyaning qo’llab-quvvatlashi bilan va arab hokimlarining xiyonati oqibatida bosib olishganining guvohi bo’ldi. Ana shundan keyin uning oilasi al-Xalil yaqinidagi qochoqlar lageriga ko’chib o’tdi.

U boshlang’ich va o’rta ta’limni shu lagerda oldi. 1959 yilda esa al-Xalildagi ikkinchi bosqich Husayn ibn Ali madrasasida tahsilni tamomlab, ikkinchi bosqich maktabning birinchi darajali shahodatnomasi (diplomi)ni ol-di. So’ngra Quddusi Sharifdagi Ibrohimiyya madrasasida 1960 yilda ikkinchi bosqich maktabining umumiy shahodatnomasi (Misrga yo’llanma)ni oldi. Ana shundan keyin 1960-1961 o’quv yilida Qohira universitetining muhandislik fakultetiga o’qishga kirdi va 1966 yilda shu universitetning muhandislik bo’yicha bakalavrlik diplomini oldi. Universitetni bitirganidan keyin bir necha arab davlatlarida muhandis bo’lib ishladi. Uning muhandislik ishlari bo’yicha «Miqdorlar hisob-kitobi bo’yicha o’rtachalik hamda binolar va yo’llar nazorati» nomli asari bor.

  • Ato Abu Rushta Hizbut Tahrirga o’rta maktabda o’qib yurgan kezlarida, elliginchi yillarning yarmida qo’shildi. Alloh yo’lida zolimlarning qamoqlarida ko’p ozorlar chekdi. U Hizbda, uning barcha tanzimiy va idoriy tuzilmalarida: doris, a’zo, mushrif, mahalliy jihoz naqibi, viloyat majlisi a’zosi, mo”ta-mad, rasmiy notiq, amir idorasi a’zosi bo’lib uzluksiz ish olib bordi. Hijriy 1424 yil xayrli safar oyining 11 kunidan, milo-diy 2003 yil 12 apreldan e’tiboran esa Alloh Hizbga amirlik qilish vazifasi uning elkasiga tushishini iroda qildi va u Allohdan bu og’ir yukni ko’tarishda yordam berishini so’radi.

Uning yozgan Islomiy asarlari quyidagi-lardir:

1. Baqara surasi tafsiri. Uning nomi «at-Taysir fiy usulit tafsir – surai Baqara»dir.

2. Usuli fiqh bo’yicha tadqiqotlar – «Taysirul vusul ilal usul».

3. Bir qancha kitobchalar:

a) «Iqtisodiy krizisliklar» – ularning voqeligi va ularni Islom nuqtai nazaridan turib muolaja qilish.

b) «Jazira (Arab yarim oroli) va Ko’rfaz-dagi yangi salibchilik yurishi (bosqini)».

v) «Sanoatlashtirish siyosati va davlatning sanoat qurilishi».

4. Uning davrida (hozirgacha) Hizbning quyidagi kitoblari nashr etildi:

a) «Islomiy nafsiya asoslari».

b) «Bosib olingan musulmonlar yurtlari-ning siyosiy masalalari».

v) «Siyosiy tushunchalar» kitobining qayta ko’rib chiqilgan va kengaytirilgan nashri.

g) «Xalifalik davlatida manhajiy ta’lim asoslari».

d) «Xalifalik davlatining jihozlari».

Ato Abu Rushta o’ziga yuklangan da’vat omonatini Alloh Subhonahu va Rasuli a.s. sevgan tarzda ado eta olishi uchun yordam berishni va to’g’ri yo’lga yo’llashni so’rab hamda uning qo’li bilan to’g’ri yo’ldagi Xalifalikni barpo qilib, fath-g’alaba berishini so’rab, Alloh Subhonahuga tinimsiz yalinib yolvormoqda. Albatta, Alloh iltijolarni eshitguvchi, ijobat qilguvchi zotdir.

Ato Abu Rushta davrida e’tiborni tortadigan ishlardan biri Hizb hijriy 1426 yil rajab oyining 28 kunida, milodiy 2005 yil 2 sentyabrda Xalifalikning yo’q qilinganiga sakson to’rt yil to’lishi alamli xotirasi mu-nosabati bilan musulmonlarga yo’llangan nido bo’ldi. Hizb bu nidoni Sharqda Tinch okean chetida joylashgan Indoneziyadan tortib G’arbda Atlantika okeani sohillarida joylashgan Marokashgacha bo’lgan yurtlarda o’sha kuni juma namozidan keyin musulmonlar jamoatlari huzurida o’qib eshittirdi. Bu nidoning juda zo’r ta’siri bo’ldi. Bunga qo’shimcha o’laroq, Hizbning konferentsiyalari, yurishlari va yig’inlarida haq so’z baralla yangraydigan umumiy ishlar ham davom ettirildi.

Hozirgi amir davrining o’tgan uch yili yaxshilikka to’la bo’ldi. Biz Alloh Subhonahudan bu yaxshilikni yanada uzun va ziyoda qilishini so’rab umid qilib qolamiz. Shuningdek, nusratning sevinchli daraklari – Allohning izni ila – hozirgi amir boshchiligidagi Hizbga ufqda ko’rina boshladi. Biz shoyad bu davr – Allohning izni ila – nusrat davri bo’lar, deb zo’r umid qilib qolamiz.

Bu ulug’ amirning zuhdi, vara’ (taqvo)si, shariatga qattiq amal qilishi va ilmi bizga ma’lum. Uning Hizb ishini idora qilishda turli mas’uliyatli vazifalarni, xususan rasmiy notiq, mo”tamad, sobiq amir idorasi a’zosi kabi mas’uliyatli vazifalarni egallab kelganligi zo’r foyda berdi. Bu narsa uni Hizbga har bir mas’uliyat talab qiladigan ishlarni, izchillik va faollikni tamoman bilib tushungan holda etakchilik qilishga layo-qatli qilib qo’ydi. Shuning uchun yigitlar go’yo amirlari ular bilan birga elkama-elka turib, ularga hatto ishlarning tafsilotlarida ham rahbarlik qilayotganini his qilib turibdilar. Bu esa amirga yigitlarning qudrat-qobiliyatlaridan eng afzal tarzda foydalanish imkonini berdi.

Shunday qilib, o’tgan asrning elliginchi yillari boshida muborak al-Aqso masjididan Hizbut Tahrir faoliyati boshlangani e’lon qilindi. Hizb to’g’ri yo’ldagi Xalifalikni barpo qilishga harakat qilishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ydi. Olim, alloma shayx Taqiyyuddin Nabahoniy vafot etgunga qadar Hizbga etakchilik qilishda davom etdi. U qariyb 25 yil Hizbga rahbarlik qildi.

Shayx Taqiyyuddindan keyin Hizbga amirlik qilish vazifasini 1977 yilda ulug’ olim, shayx Abdulqadim Zallum o’z zimmasiga oldi. Uning davrida Hizb ishi ulkan tus oldi. Chunki uning a’zolari soni ortdi va Hizb olamning ko’pgina davlatlariga quloch yoydi. Hizb minglab musulmon yigitlarni uyushtirish va o’z safiga qo’shishga muvaffaq bo’ldi. Ulug’ olim Abdulqadim Zallum sakson yoshlarida vafot etdi. U Hizbga chorak asr rahbarlik qildi.

Shayx Abdulqadimdan keyin Hizbga amirlik qilish vazifasini 2003 yilda Hizbning taniqli, ulug’ ulamolaridan biri, usul olimi Ato Abu Rushta o’z zimmasiga oldi. U Hizbni o’zidan oldingi ikki shayx davrida ekilgan hamda ikkovlaridan keyin o’zining davrida ekilgan pokiza ekinning hosili, mevasini yig’ishtirib olishga harakat qilinadigan kuchli tarzda oldinga olib chiqish uchun bu vazifani o’z zimmasiga oldi.

Bu uch amir haqida aytilgan eng go’zal so’zlardan biri Hizb yigitlaridan biri tomonidan aytilgan quyidagi so’zlardir:

Ular uchta bo’lib, Alloh ularning qo’lida uchta narsani tamomiga etkazdi: uch amir quyidagi uch rolni tamomiga etkazdilar:

Birinchi amir: Asos soldi va uyushtirdi. Ikkinchi amir:

Faoliyatni kuchaytirdi va e’lon qildi.

Uchinchi amir:

Nusrat talab qildi va Alloh izni ila unga albatta nusrat-yordam beriladi. (Omin!).

Hizbut Tahrir haqida oydinlik kiritish

Shu kunlarda Hizbut Tahrir haqida ayrim savollar ko’p takrorlanmoqda. Masalan, Hiz-but Tahrirning boshqa harakat va hizblardan ajralib turadigan xususiyatlari nimalardan iborat? Hizbut Tahrir ellik yil mobaynida nimalarga erishdi? U nimaga intiladi? Hiz-but Tahrir o’z zimmasiga olgan vazifa nimadan iborat? Hizb amalga oshirayotgan ishlar kufr millati o’zidagi bor quvvat bilan Islom da’vatiga qarshi tashlangan hozirgi sharoitda Hizb maqsad qilgan narsani ro’yobga chiqarish uchun kifoya qiladimi? – degan savollar takrorlanmoqda.

Bu savollarga javob berish uchun avvalo musulmonlar tushib qolgan yomon ahvol voqeli-gini tushuntirib o’tish lozim. Shundan keyin bu voqelik qarshisida shar’an nima ish qili-shimiz kerakligini bilib olamiz. Yuqorida o’tgan narsalarga oydinlik kiritish uchun quyidagilarni aytamiz:

Ummat aziyat chekib boshidan kechirayotgan xoru zorlik va tubanlikning birdan-bir sababi Islomning boshqaruvdan yo’q qilinganidir. Chunki Islom hukmlari hayot va jamiyatdan chetlatildi. Natijada Ummat ahvoli juda sezilarli ravishda yomon tomonga o’zgardi va tezda tubanlik botqog’iga botdi. Vaholanki, bu Ummat o’n to’rt asr olamga hukmronlik va boshqa millatlarga etakchilik qilib kelgan edi. Ana shu o’n to’rt asr davomida u Islom sababli boshqaruv, osuda hayot va da’vat jihatidan gullab yashnadi va peshqadam bo’ldi. Islom hukmlari hayot maydonidan chetlatilganidan keyin esa qoloqlik va falokatlarga yuz tutdi. Oqibatda uning yurtlari parchalab, bo’lib tashlandi, boyliklari talon-taroj qilindi, or-nomuslar tajovuzga uchradi va hurmatlar oyoq osti qilindi. Oqibatda biz boshqa millatlar ortidan sudralib yuradigan va ularga qaram bo’lib qoldik. Bunga eng katta dalil eng yirik hazorat markazlarimizning va nur sochuvchi eng oliy mash’allarimizning bosib olingani va bulg’ab tashlanganidir. Bu haqda batafsil so’z yuritib o’tirishga hech hojat yo’q. Chunki deyarli har kuni boshimizdan kechirayotgan voqelik-ning o’zi buni yaqqol ko’rsatib turibdi. Shuning uchun uni sharhlab, izohlab o’tirishga hech hojat yo’q. Bu esa echim ham, bu og’ir ahvoldan xalos bo’lish to’g’risidagi orzu-umid ham faqat Islomning go’zal tarzda hayot maydoniga qay-tishi, ya’ni u bilan yashash, uni ko’tarib chiqish va uning yo’lida jonni fido qilishdan iborat ekanligiga qat’iy va shubhaga o’rin qoldir-maydigan tarzda dalolat qilyapti.

Islomni qanday qilib go’zal tarzda hayot maydoniga qaytarishimiz to’g’risidagi hayron-lik va ixtilof mana shundan boshlandi. Hara-katlar, jamoatlar va faoliyatlar ishni qaer-dan va qanday boshlash kerakligi haqida izlana boshladi. Ishni Falastin yoki Andalusni ozod qilishdan boshlash kerakmi? Yoki avvalo zakotlarni to’plab qashshoqlikka barham berish kerakmi? Yoki Alloh hurmatlarining (harom qilgan narsalar) daxlsizligini saqlash uchun hadlarni ijro etish bilan boshlash kerakmi? Yoki Rasululloh a.s. ning hadislarini chuqur tekshirib, o’rganib chiqish bilan boshlash kerakmi? Yoki hokimlar bilan yaxshi munosabatda bo’lib, shu orqali huquqlarni ado etish va Islomni tatbiq etishga erishish bilan boshlash kerakmi? – degan va hokazo savollar ko’ndalang bo’ldi. Shunday qilib ishlar aralash-quralash bo’lib ketdi, turli jamoalar yuzaga keldi, har xil yo’nalishlar paydo bo’ldi. Natijada eng tahlikali sharoitda sarflanayotgan kuch-g’ayrat-lar tarqoq bo’lib ketdi. Vaholanki, Ummat o’zi tushib qolgan og’ir ahvoldan xalos bo’lishi uchun kuch-g’ayratlar birlashishi lozim edi. Ishlar juda chigal tus oldi va falokatlar zulmati yanada quyuqlashdi. Oqibatda bu og’ir ahvoldan qutulish va chiqish yo’li go’yo yo’qdek bo’lib qoldi. Go’yo ahvolning o’zi: bundan chi-qishning yo’li bormi? Islom Ummatiga ilgarigidek azizlik holatiga qaytish yo’lini aniq ko’rsatib beradigan va uni avjiga chiqqan bu halokat girdobidan olib chiqadigan biron to’g’ri fikr bormi? – deb so’rayotgandek edi.

Bir vaqtlar azizu mukarram, g’olib, yaxlit bo’lgan, farovon hayot kechirgan bu Ummat boshiga tushgan xoru zorlik, tarqoqlik, qashshoq-lik va zulm ostida ezilish ko’pchilik musulmon farzandlarini bu og’ir ahvoldan chiqish uchun uzoq fikr yuritishga majbur qildi. Natijada yurtlar bo’ylab urinishlar, harakatlar va ishlar yuzaga keldi. Aniqroq aytsak, Quddusdan ulug’ shariat qozisi, o’tkir hissiyotli, mas’uliyatni o’ta teran his qiluvchi, yorqin, chuqur fikrlovchi alloma Taqiyyuddin Nabahoniy va u bilan birga bir guruh ongli, ixlosli ulamolar musulmonlarning markaziy (asosiy) ma-salasi nima ekanligini va bu masalaning tub shar’iy echimi nimadan iboratligini aniq-lashga erishdilar va shundan keyin shar’iy echim Islomiy Xalifalik davlatini qayta tiklashdan iboratdir, buning uchun esa olib boradigan ishiga zarur bo’lgan fikrat va tari-qat ahkomlarini aniq belgilab oluvchi bir jamoa yoki hizb bo’lishi zarur, degan xulo-saga keldilar. Buning natijasi o’laroq Hizbut Tahrir ana shu jamoa sifatida dunyoga keldi.

Hizbut Tahrir haqiqiy, tom ma’nodagi ozod qilish vazifasini o’z zimmasiga oldi. Bu vazifa Ummatni unga ozor berayotgan begona fikrlar, qarashlar, tuyg’ular va tuzumlardan ozod qilishdan boshlab to shu vazifani ado etadigan Islomiy davlat bo’lmish to’g’ri yo’l-dagi Xalifalik davlati orqali butun olamni ozod qilishgacha bo’lgan vazifadir.

Ozod qilish vazifasining hizb tomonidan ado etilishi oson emas va u ma’no-mazmunsiz, shunchaki bir umumiy gap ham emas edi. Aksincha, Hizb o’zi xulosa chiqargan barcha narsalar borasida jiddiy, tubdan, ishga zarur bo’lgan barcha tafsilotlargacha aniq-tiniq qilib bera-digan o’rganish olib borib, barcha sabab va musabbabotlarni, juz’iy va kulliy narsalarni ko’rsatib beradi. Bularning barchasini shar’iy fikrlar va miqyos-o’lchovlar asosiga quradi. Masalan, u voqelikka juda aniq va ob’ektiv (haqqoniy) tashxis qo’ydi. Bunda voqelikni fikrlash va izlanish manbai emas, balki fikrlash va izlanish o’rni qilib oldi. His qilish-dan fikr yuritishga, g’oyani va bu g’oyaning ro’yobga chiqishiga olib keladigan ishlarni aniq belgilab olishga o’tishni o’ziga amaliy qoida qilib oldi, bularning barchasini aqida bilan bog’lab olib bordi va isbot talab qilmas aniq aqidaviy haqiqatdan kelib chiqib, ya’ni Islom bo’linib tarqoq bo’lib ketgan Ummatni birlashtirishga qodir, zero unda musulmonlarning barcha masalalari hal bo’lishiga olib keladigan markaziy (asosiy) masalani aniq belgilab olishga bo’lgan kuch-toqat bor, degan aniq haqiqatdan kelib chiqib ish tutdi. Bularning barchasi orqali «echim tom ma’nodagi Xalifalik zamirida yotibdi», degan xulosaga keldi. Bu narsa Hizb erishgan eng muhim yutuq va o’z zimmasga olgan, uni ro’yobga chiqarish yo’lida bor-budini bag’ishlagan eng buyuk vazifa bo’ldi. Hatto Xalifalik va Alloh nozil qilgan din bilan hukm yuritish Hizb bilan birga xuddi egizaklardek sharaf va e’zoz bilan zikr qilinadigan bo’lib qoldi. Allohga hamdlar bo’lsinki, Hizb – Allohning tavfiqi ila – musulmonlarning barcha masalalari uchun zarur bo’lgan echimlar yashiringan o’rinni topdi. Bundan ham muhimrog’i, ikkinchi yutuq va Hizb o’z zimmasiga olgan ikkinchi vazifa bo’ldi. Bu vazifa juda ko’p shar’iy dalillar bilan, mustahkam dalil keltirish yo’llari bilan va benazir jiddiylik bilan isbotlangan amaliy shar’iy tariqatdir. O’sha benazir jiddiylik Hizbning o’z zimmasiga olgan loyihani amalga oshirish uchun vojib tarzda zarur bo’ladigan narsalarga erishishga olib keluvchi barcha sabablarga kirishishda ko’zga tashlanadi. Da’vat kishilarini tarbiyalab etishtirish, jamiyatni o’zgartirishga, keng qamrovli tub inqilobni va to’g’ri uyg’onishni paydo qilishga vujudiy va fikriy jihatdan qodir bo’lgan uyushmani bino qilish va payg’ambarlik minho-ji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalikni toj qilib kiygan tengsiz Islomiy jamiyatni qurishdan boshlab shu davlat ehtiyoj-larini o’rganib chiqish, uning strukturasini va apparatlarini ko’rsatib berish, uni muhosaba qilish va o’z risolatini butun olamga ko’tarib chiqishida Islomiy Ummatga etakchilik qilish-ga uni tayyorlashgacha bo’lgan barcha vazifalarda shunday jiddiylik ko’zga tashlanadi.

Bu saqofat Hizb tabanniy qilgan: «Islom nizomi», «Hizbut Tahrir tushunchalari» va «Hizbiy uyushma» kitoblarida ko’zga tashlanadi. Chunki Hizb shu kitoblar orqali «g’isht»lar qo’yishni va yacheykalar bino qilishni boshladi. Hizb bu yacheykalarni iymon yo’li asosida qurdi. Shundan so’ng aqliya va nafsiyani etish-tirib, ruhiy asosdagi uyg’onish sari yo’lladi.

Bu saqofat bo’yicha Hizb tabanniy qilgan kitoblardan yana biri «Iqtisod nizomi»dir. U shar’iy ahkomlardan iborat bo’lib, bu ahkom-lar orqali Islomdagi iqtisod siyosati gavdalanadi. Islom shu siyosat orqali olamdagi iqtisodiy muammolarni – ular qanchalik qiyin bo’lmasin – hal qilib beradi. Bu sohada Islom iqtisod nizomi farovon hayotni ro’yobga chiqa-rishga yaroqli bo’lgan yagona nizom sifatida ko’rsatilgan. Kitobning muqaddimasida bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan boshqa iqtisodiy nizomlar mislsiz tarzda, rad qilib bo’lmas voqeiy dalillar bilan va uzluksiz chorlov tarzida tanqid ostiga olingan.

Hizb «Islomdagi ijtimoiy nizom» kitobini ham tabanniy qildi. Unda Islomiy oilani tashkil etishga oid ahkomlarni chuqur tadqiq qilib, bu oila sharafi, birligi, pok-ligi, mustahkamligini erkakning ayol bilan bo’ladigan munosabatini aniq beglgilab beruvchi nizomda jamlab, ko’rsatib berdi. Hizb to’g’rilik, bunyodkorlik, jamiyatni yuksaltirishni oilalarning buzilib ketishiga, ayolning tahqirlanib eng tuban darajaga tushirib qo’yishga olib kelgan barcha bashariy nizomlarni kurashga chorlovchi tengi yo’q va misli ko’rilmagan nizomda jamlab ko’rsatib beradi. Ha, shunday. Hizb bularning barchasini mu-sulmonlarda o’sha pok o’tmishni va yuksak sharafni orzu qilish va qo’msash tuyg’ularini uyg’otgan mislsiz nizomda jamlab, ko’rsatib berdi.

Hizb «Islomda boshqaruv nizomi» kitobini ham tabanniy qilib, unda shariatning boshqa-ruvga taalluqli ahkomlarini chuqur o’rganib, bir erga jamladi. Ular: bay’at, uning berilishi va afzalligi shartlariga oid hukmlar-dan tortib xalifani muhosaba qilish va unga nasihat qilishgacha bo’lgan hukmlardir. Buni Hizb Rasul a.s. boshqaruvidan to oxirgi xalifagacha bo’lgan uzoq davrni o’rganib chiqib, amalga oshirdi. Hizb tabanniy qilgan «Islomda boshqaruv nizomi» mavjud bo’lish, idora, to’g’-rilik, sho’rodagi kuch-qudrat jihatidan dunyodagi barcha boshqaruv nizomlarini bellashishga chorlovchi, o’sha nizomlarning fasodiga yo’l qo’ymaydigan tengsiz, mislsiz nizomdir. Hizb shu sohada «Dustur muqaddimasi» kitobini ham tabanniy qildi. Bu dustur tatbiq etishga tayyor va shar’iy dalillarga asoslangan hamda ijtihoddagi e’tiborli tariqatga muvofiq bo’lgan moddalarni o’z ichiga oladi. Hizb uni tashriiy va fiqhiy jihatdan tayyorlab chop etish orqali Ummat yodiga fiqh gullab-yashnagan o’sha muattar asrlarni va haroratli fiqh majlislarini soldi. Bularning barchasi Islomning hayotga qaytishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida unga tuhmat toshlarini otgan kimsalarga tahdidli chorlov tarzida bo’ldi. Hizb Islom qancha davr o’tmasin, ta’na tosh otuvchi kimsalar qancha ta’na toshi otmasin va shubha tarqatuvchi kimsalar qanchalik shubha tarqat-masin, barcha zamon va makonda odamlar uchun yaroqli bo’lib qolaveradi, zero, Islom doim oliydir, undan hech narsa oliy bo’lolmaydi, degan nuqtai nazarga tayanuvchi ra’yi omm (jamoatchilik fikri)ni shakllantirdi.

Hizb o’zi tabanniy qilgan narsalarda Ummatning o’z diniga bo’lgan ishonchini qayta tiklashga, Islom aqidasi va uning hayot nizomlari kuch-qudratini ochiq ko’rsatib berishga, G’arbning Islom haqida «bu din ham boshqa dinlar kabi quruq tuyg’ulardan iborat ruhiy va axloqiy dindir, unda hayot muammolarini haqiqiy tarzda hal qilib beradigan nizomlar yo’q», deb bergan fikrining soxtaligini fosh qilishga intilib, Islomning bunday emasligi, aksincha, u aqidasi nafaqat musulmonlar, balki butun dunyo uchun hayotning barcha muammolari echimlari balqib chiqadigan ruhiy, siyosiy aqida bo’lgan din ekanligini aniq ko’rsatib berdi.

Hizb Xalifalik qulatilganidan bir necha o’n yil keyin qop-qorong’u zulmat qoplagan bir sharoitda tuzildi. Bunday sharoitda Ummat Xalifalikning hayotga qaytishidan umidini uzib qo’ygan edi. Bunday sharoitda umidsizlik Islomiy Ummatni uyg’onish va ozod bo’lish to’g’risida o’z dushmanidan, bu dushmanning nizomlaridan, millatchilik va vatanparvarlik rishtalaridan ilhom olishga majbur qilgan edi. Vaholanki, Ummat bu bilan eng halokatli jarlik sari yuz tutayotganini bilmas edi. Shunday sharoitda Alloh O’z fazli va tavfiqi ila bu Ummat peshonasiga Islom arslonlari-dan bir arslon maydonga chiqishini bitdi. U alloma, dinni yangidan hayotga qaytaruvchi va Hizbut Tahrir muassisi Taqiyyuddin Nabaho-niy rahimahulloh edi. Shayx Taqiyyuddin Ummatning ilgarigidek azizlik holiga qaytishi to’g’risidagi loyihani o’rtaga tashlab, Ummatning hamma qatlamlarida Islom hamiyatini qo’zg’adi, kishilar qalbini aqida nuri bilan yoritib, Allohning va’dasiga bo’lgan ishonchni qayta tikladi. U Islom nizomiga bo’lgan, uning hayot maydoniga kuchli himoyalangan, tatbiq qilingan holda va barcha dinlar ustidan g’olib bir risolat sifatida qaytishi muqarrarligiga bo’lgan ishonchini qayta tikladi. U saqofat berish borasida Mustafo a.s. ning izidan borib, zo’r quvvat bilan qadam tashlaydigan bir hizbni tuzish, bu bilan sahobalar uyushmasi siyratini yana bir bor takrorlash borasida ish olib bordi. Natijada da’vatni to’g’ri ko’tarib chiqishga, irodada salobat va aqidada sabot namunalarini ko’rsatishga qo-dir, nodir Islomiy shaxsiyatlarni etishtirib chiqardi. Kimki «Islomiy shaxsiya» kitobini mutolaa qilsa, fikriy energiya (quvvat)ni ko’radi. Bu fikriy energiya Ummatda shunday bir urug’ni vujudga keltiradiki, Ummat yana qaytadan davlat, boshqaruv, fikr, siyosat arboblarini va tarix oqimini belgilab berishga qodir kishilarni etishtirib beradigan Ummatga aylanishi uchun shu za-monda bu urug’ga juda muhtoj bo’lib turibdi.

Hizb tabanniy qilgan bu saqofat da’vatni ko’tarib chiqish uchun va Ummat uchun bir ozuqa bo’ldi. U musulmonlarni yanada yuksaklikka ko’tardi. Shu vaqtning o’zida u da’vat ko’tarib chiquvchilarni – Ummat azizlik va uyg’onish yo’lida harakat qila olishi uchun uni fikr va hukm (boshqaruv) jihatidan pishirib etiltirish va maqsadini birlashtirishlari uchun – bedorlik bilan ish olib boruvchi kishilarga aylantirdi. Shu o’rinda biz Alloh Hizbni ko’pgina fikrlar va miqyos-o’lchovlarni, ayniq-sa ulardan asosiylarini tiniq qilib berish vazifasini zimmasiga olishga qanday muvaf-faq qilganini aytib o’tmoqchimiz. Ana shu fikrlarning eng muhimlaridan biri aqlga to’g’ri ta’rif berish bo’ldi. Hizb bu bilan juda katta yutuqqa erishdiki, ko’plab musulmon va g’ayrimusulmon olimlar bunday yutuqqa erishishni uzoq vaqtdan buyon orzu qilib kelgan edi. Bu tiniqlatib berish bilan Hizb bahsga chek qo’ydi. Buni aql chegarasini aniq belgilab berish va bu chegaradan chiqib bahs yuritishni haddan oshish va to’g’ri yo’ldan toyilish, deb hisoblash orqali amalga oshirdi. Demak, his doirasiga kirmaydigan narsalar bo-rasida bahs qilinmaydi. Bu esa o’z navbatida ko’plab ulamolar boshidan kechirgan va musulmonlar ommasiga soya tashlab kelgan hayron-likdan chiqishga olib keldi.

Hizb tiniqlatib bergan fikrlarning eng ko’zga ko’ringanlaridan biri jamiyatga aniq ta’rif berish bo’ldi. Bu ta’rif jamiyatning haqiqat-mohiyatini ochib beradi. Shunday ochib beradiki, kishi jamiyatlarning uyg’onib yoki isloh bo’lib o’zgarishiga xizmat qiladigan muhim elementlarni bemalol ko’rsatib beradigan bo’ladi. Bu yutuq haqiqatda musulmonlarni ilk marta Islom asosidagi to’g’ri uyg’onish sari qadam tashlanadigan yo’lning boshiga olib chiqdi. Bu narsa musulmonlar kapitalizm mabdasining jamiyat voqeligiga bo’lgan qarashi bilan ta’sirlanishdan aziyat chekib turgan bir davrga to’g’ri keldi. Kapitalizm mabdasi jamiyatga «u shaxslardan tashkil topadi. Shuning uchun shaxs o’nglansa, jamiyat o’nglanadi», degan nuqtai nazar bilan qaraydi. Ko’pchilik musulmonlar bu zulmatda o’nlab yillar qolib ketib, jamiyatni o’zgartirish amaliyoti borasida adashib tentiradilar. Bunga ana shunday tushunchalar bilan ta’sirlanish sabab bo’ldi. Shuningdek, Alloh Subhonahu va Taolo Hizbni hazorat (tsivilizatsiya) bilan madaniyat, ilm bilan saqofat o’rtasidagi farqni – musulmonlar boshqa fikr va mabda egalaridan nimani olishlari joizu, nima joiz emasligini bilib olishadigan tarzda aniq, to’g’ri ajratib berishga ham muvaffaq qildi. Bu bilan Ummatni bu sohada adashib tentirab yurishdan qutqardi. Shuningdek, Alloh Hizbni ruh, ruhoniylik va ruhiy jihat ma’nosini tiniqlatib berishga ham muvaffaq qildi. Bu esa musulmonlarni o’sha aldoqchi ruhoniy tuyg’ulardan uzoqla-tishga va haqiqiy, to’g’ri ruhoniylik ularni haqiqiy va Alloh Subhonahu va Taoloni rozi qilish sari to’g’ri yo’llaydigan ibodatga undovchi omilga aylanishiga xizmat qiladi.

Endi Hizb tiniqlatib bergan boshqa fikrlarga kelsak, ularning hammasi musulmonlarning mavjud bo’lib turishlariga yoki so’nib yo’q bo’lib ketishlariga aloqador fikrlar bo’lib, ular ahamiyat jihatidan o’sha miqyos-o’lchov-lardan, ya’ni musulmonlar uchun muhim narsa va taqdiriy masala ma’nosini anglatuvchi miqyos-o’lchovlardan aslo qolishmaydi. Bu maqo-lamiz ana shu fikrlarni ro’yi-rost ko’rsatib berish uchun torlik qiladi.

Hizb Allohdan yordam so’rab ijtihod eshigini qayta ochdi. Ijtihod azizlik belgisi, to’g’ri yo’l tutish dalili va Ummatni ulug’lik cho’qqisini qayta egallash sari etaklaydigan ijoddir, degan e’tibor bilan shunday qildi. Zero, ijtihod eshigining ochilishi musulmonlar va butun olamning chigal masalalarini va paydo bo’layotgan yangi muammolarini hal qilib beradi. Hizb bu borada to’la qat’iyat va jiddiylik bilan ish tutib musulmonlarning o’z hayotlari, davlatlari va jamiyatlaridagi quvvat olish manbasini aniq-oydin ko’rsatib berdi. Bu quvvat tayanch-tirgagi Islom va arab tili bo’lib, shu ikkisidagi ta’sir etish, kengayish, yoyilish qudratini bir joyga jamlaydi. Bu bilan Hizb Ummatni tengsiz bir risolat sohibi sifatidagi o’rniga qaytardiki, Ummat ana shu risolat bilan tirikdir va u uchun yashaydi. Hizb ijtihod eshigini ochish bilangina kifoyalanmay, ichkariga zo’r quvvat bilan kirib bordi. Chunki Hizb nuqtai nazar sofligini va fikr tozaligini ro’yobga chiqaruvchi shar’iy usul qoidalari bilan mustahkam-langan ijtihod jarayonini amalga oshirdi. Shundan keyin ana shu qoidalar asosida o’zi uchun zarur bo’lgan saqofatini taban-niy qildi. Hizb o’z oldiga qo’ygan g’oya va maqsadni ro’yobga chiqarish uchun bu saqofat zarur edi. Hizb ijtihod eshigini ochib unga kirib borishi va o’zining qoidalarga asoslangan tabanniysi bilan juda ulkan yutuqqa erishdiki, bu yutuq Ummatni kechagi kunidek yana qayta nur sochuvchi Ummatga aylantiradi, desak haq va tarixiy so’zni aytgan bo’lamiz.

Darhaqiqat, Hizb jamiyatni o’zgartirish borasida aqidaviy jihatdan Islom yo’lini tutar ekan, ergashish vojib bo’lgan Rasul a.s. ning yo’llarini tutdi. Zero, har bir katta va kichik narsada uning shar’iy dalillarga va shar’iy dalil keltirishga qattiq amal qilishi, qat’iyati va Mustafo a.s. yurgan shar’iy manhaj (yo’l)ning o’zida davom etayotganini ko’rsatib turuvchi mabdaiylik yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Hizb Allohning tavfiqi va fazli ila shunga erishdi. Shuning uchun u yuksak tog’lardek Rasululloh a.s. ning:

 

«Allohga qasamki, ey amaki, agar ular bu ishni tark qilishim evaziga o’ng qo’limga quyoshni va chap qo’limga oyni qo’yib qo’ysalar ham bu ishni aslo tark etmayman. Yo Alloh bu ishni ro’yobga chiqaradi yoki uning yo’lida halok bo’lib ketaman», deb aytgan so’zlarini takrorlab, harakatini davom ettirdi. Bu ochiq-oydinlik, salobat-qat’iyat, sadoqat-haqqoniylik juda zo’r aks-sado berib, yirik davlatlarni va eng avvalo Amerikani va uning tadqiqot markazlarini tashvishga solib, bezovta qilib qo’ydi. Kofirlarning yirik mansabdor shaxslari tilida zohir bo’lgan va e’lon qilingan gaplar bunga yaqqol dalildir. Kofirlar oshkor qilmay maxfiy saqlayotgan adovatlari esa bundan-da kattaroqdir.

Biz shu o’rinda Islom olami yuragiga sanchilgan kufr nayzalarining eng mudhish uchlaridan biri bo’lmish siyosatchi general Glob poshoning quloqqa chalingan so’zlarini aytib o’tmoqchimiz. Bu generalning Hizbut Tahrir haqida shunday deganligi quloqqa chalingan edi: «Bu Hizb tuzilgan ekan, salibchilik urushlari yangidan boshlanadi». U bu so’zlari bilan hamma narsani anglatib turibdi. U bu so’zlarni ogohlantirish ma’nosida aytdi va bu Hizbni yo’q qilish vazifasini hokimlar zimmasiga yukladi. Shuning uchun biz ana shu rejimlar tomonidan Hizbga qarshi shiddatli kurash olib borilayotganini, ayniqsa Hizb aziyat chekayotgan bo’g’ib tashlovchi, zolimona in-formatsion qamal bo’layotganini ko’rib turibmiz.

Hizbut Tahrir asosiy tugunni echishga to’g’-ri yo’l topish orqali musulmonlarning taqdi-riy masalalarini hal qilish mas’uliyatini zimmasiga olgan yagona Hizbdir. Hizb markaziy (asosiy) masalani aniq-tiniq, shar’iy, ongli, ob’ektiv (xolis) tarzda belgilab olish bilan va Islom tariqatiga qattiq amal qilgan holda bu mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi.

Hizb jamiyatni yana qayta tubanlikka ketishiga yo’l qo’ymaydigan haqiqiy uyg’onish sari etaklash va faqat Alloh Taoloning rizoligiga erishish bilangina ro’yobga chiqadigan baxt-saodatga uni etkazish uchun shu jamiyat fikri va hissini etaklash mas’uliyatini o’z elkasiga oldi. Hizb bularning barchasida o’z ahlini al-damaydigan yo’lboshchi, etakchi sifatida ish yuritishni davom ettirib, oqibatda Ummatni o’z «qozoni»da hushyorlik bilan pishirib etiltirishga muvaffaq bo’ldi. Shundan so’ng Ummat fikrlari, qarashlari va ahkomlarini birlashtirib, uni bitta maqsad sari yo’lladi. Oqi-batda aqida, Xalifalik va jihod Ummatning hayotiga va ilhom manbaiga aylandi. Ummat o’z jihodiga qaytish va aqidasini ko’tarib chiqish uchun Xalifalikni barpo qilish sari talpina boshladi. Bugun bu his-tuyg’ularni biz Ummatda o’z ko’zimiz bilan ko’rib turibmiz. Vaho-lanki biz uzoq yillar bu tuyg’ularga labbay, deb javob berilishdan umidni uzib kelgan edik.

Hizb bugungi kunda – Allohning fazli va marhamati ila – Xalifalik eshigini qoqmoqda. Uning ortida Ummat bu eshikning har lahzada ochilib qolishiga ko’z tikib, intizor bo’lib turibdi. Biz uning barpo bo’lishiga – inshoalloh – yaqin qolganini ko’rib turibmiz, Allohning izni ila uni o’z ko’zimiz bilan ko’rish umididamiz. Biz Rabbimizning va’dasiga qattiq ishonamiz va bu va’dadan sevin-chdamiz. Bu esa haqiqatda nusratning sevinchli daraklari va uning debochalaridir. Zero, ortga qaytadigan bo’lsak, bugungi kun bilan kechagi kun o’rtasida juda katta farq borligini ko’ramiz. Bunday bo’lishi tabiiydir. Chunki Hizb kecha jamiyat eshigi ochilishi uchun uni yolg’iz o’zi qoqqan edi. U bu eshikni fikriy, aqidaviy jihatdan qoqishda davom etdi. Oqibat eshik uning bir o’ziga ochildi. Bugun esa u Xalifalik eshigini qoqmoqda. Ummat esa uning ortida turib o’zining qat’iyatli, kuch-qudratli o’g’lonlarini Hizbga yordam berish orqali o’ziga yordam berishga chaqirmoqda. Toinki Hizb bu Ummatga Alloh nozil qilgan din bilan hukm yurita olsin va Ummatni sharqiy ham, g’arbiy ham bo’lmagan to’g’ri yo’ldagi Xalifalikka, Ummatning hayot manbai va mazmuni bo’lgan aqida asosiga quriladigan jihod Xalifaligiga qaytara olsin. Bu Xalifalik Ummatni o’z diyori bo’lmish Islom diyoriga qaytaradi, bu diyor bayrog’ini ko’tarib chiqadi, Ummat bu bayroq soyasida baxtiyor yashaydi, boshqa bayroqlar xorlarcha bu bayroq ostiga tashlanadi. U qanday ham ulug’ kun va qanday ham saodatli damlardir.

Qolaversa Hizb Xalifalik barpo bo’lishidan oldin erishgan yutuqlarigagina cheklanib qolmaydi. Aksincha, unda Xalifalikdan keyingi narsalarga mabdaiy, ongli ravishda intilishlar mavjud bo’lib, bu intilishlarda mas’uliyat va ong ko’zga tashlanib turadi. To’g’ri yo’ldagi Xalifalik barpo bo’lganidan keyingi narsalarga bo’lgan Hizb intilishlarining eng ko’zga ko’ringani quyidagilar bo’lsa kerak:

1. Jamiyatda uning qaytadan tubanlik chohiga qulashiga to’sqinlik qiluvchi bir garant (kafolat) bo’lib qolaverish. Bugina emas, balki Hizb mabdaiy hizb sifatida o’z zimmasiga olgan vazifasini ado etishda davom etib davlatga suyanchiq bo’ladi, uni to’g’ri ish yuritgan o’rinlarda qo’llab-quvvatlaydi, sadoqat ko’rsatadi, zaiflik qilgan o’rinlarda esa uni muhosaba qiladi, nasihat qiladi va ta’zirini beradi. Bularning hammasini shar’iy hukmlar doirasida amalga oshiradi. Hizbning esa bu to’g’rida tabanniy qilgan narsalari bor.

2. Islomning ishonchli qo’riqchisi va Ummatning vafodor xizmatchisi bo’lib qolaverish. Hizb Islomdan bo’lmagan narsalarni qat’iyan rad etadi va Islomda mubham (noaniq) bo’lgan tushunchalarni yoritib tiniq qilib beradi, yangi paydo bo’ladigan barcha narsada Islom nususlarini so’zlaydi, Islomni ko’tarib chiqishga va unga da’vat qilishga haris bo’ladi, Ummat manfaatlarini sergaklik bilan qo’riqlab, Ummatga xizmat qiladi. Bularning barchasini shar’iy hukmlar doirasida, Islomiy davlatga topshirilgan vazifalarga zid kelmaydigan tarzda va davlatning ishlarni boshqarishiga daxl qilmaydigan tarzda amalga oshiradi. Hizb bu to’g’rida Xalifalik barpo bo’lishidan oldin bo’lganidek Ummatga vafodor do’st va o’z ijodkorligi, boy tajribasi va jasurligi bilan unga tayanch bo’lib qolaveradi.

3. Hizbning davlat soyasida hizbiy mas’uliyat yuklaydigan nazorat yuritish orqali qo’lga kiritgan yutuqlarni saqlab qolishning barcha sabablariga kirishishga haris bo’lib qolave-rishi. Shunda Ummat ilgari bo’lganidek aqida, Xalifalik va jihod Ummatiga aylanadi, o’z yutuqlari sababli aziz bo’lib yashaydi, o’z risolatini sof, toza holda ko’tarib chiqadi va Rab-bisidan rozi bo’ladi, Rabbisi ham undan rozi bo’ladi.

Xulosa

Hizbut Tahrir Xalifalikning buyuk loyi-hasi mas’uliyatini to’la loyiqlik bilan o’z zimmasiga oldi, bu yo’lda o’zining eng sara yigitlarini safarbar etdi va bu to’g’rida jamoatchilik fikrini paydo qildi. Oqibatda Xalifalik, aqida va jihod Ummatning orzu-umidiga aylandi. Uzoq Sharqdagi Jakartadan tortib Uzoq G’arbdagi Rabotgacha Ummat shu narsalarga chaqiradigan, kuch-qudrat egasi bo’lgan o’z o’g’lonlarini o’zining hizbiga, o’zini birlashtiruvchi xaloskoriga yordam berishga undaydigan bo’lib qoldi. Toinki Hizb Xalifalikni yangidan qura olsin, musulmonlar diyoriga Islomiy hayot qaytsin va Islom butun olamga yaxshilik risolati sifatida ko’tarib chiqilsin. Hizb Allohning fazlu marhamati ila to’plagan bu ishonch zaxirasiga binoan ayta olamizki, Hizb ekkan ekinning mevasi pishib etildi. Shuning uchun – Allohning izni ila – uni terib olishning vaqti keldi. Inshaalloh, Xalifalikni e’lon qilish qoldi, xolos.

 

„O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar“.

[Rum 4-5]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.