KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja rasmiy tashrif bilan Qirg’izistonga keldi.

478
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 12 mart kuni rasmiy tashrif bilan Qirg’izistonga kelgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bosh kotibi Nikolay Bodyujani qabul qildi.

Uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, KXShT xomiyligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan shu yilning may oyida Qirg’iziston raisligi ostida o’tishligi rejalashtirilgan tashkilot sammiti muhokama qilindi. Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Nikolay Bordyuja mamlakat rahbarini KXShT kotibiyati tomonidan KXShTga a’zo davlatlar rahbarlariaro kelishilgan ko’rsatmalarni tatbiq qilish rejasi ishlab chiqilganligi haqida xabardor qildi.

Prezident Almazbek Atambaev, KXShTning kollektiv xavfsizlik Kengashi raisi sifatida, taqdim qilingan rejani tasdiqladi.

Shuningdek Nikolay Bordyuja Almazbek Atambaevni 26 mart kuniga belgilangan «Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalari va KXShT» mavzuyiga bag’ishlangan tevarak-stol o’tkazilishi haqida ham xabardor qildi. Mazkur tadbirda KXShT kotibiyati vakillari, hamda tashkilot a’zo-davlatlaridan siyosatshunoslar qatnashishi kutilmoqda.

Shu kunning o’zida, Nikolay Bordyuja Qirg’iziston ichki ishlar ministri Abdilda Suranchiev bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda KXShT a’zo-davlatlari ichki ishlar vazirliklarinig kelajakdagi o’zaro hamkorligi masalalari, shuningdek xavfsizlikni ta’minlashga bog’liq boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.