Isroilning Suriya mojarosiga aralashuvi

463
0

Keyingi paytlarda Isroil Suriya mojarosiga aralashib, Asad armiyasiga qarashli harbiy obektlarni nishonga olayotgani ommaviy axborot vositalari orqali bod-bod takrorlana boshladi. Kuni kecha Suriyaga qarashli televideniya ham Isroilni poytaxt Damashqdagi harbiy-tadqiqot markaziga raketa hujumi uyushtirganlikda aybladi.

Muxolifatga xayrixoh bo’lgan Suriya inson huquqlari observatoriyasi ma’lumotiga ko’ra, yakshanba kungi hujum Jamraya harbiy-tadqiqot markazi va unga yaqin joylashgan qurol-aslaha omboriga qarshi amalga oshirilgan. Bu keyingi ikki kun ichida Isroil tarafidan deya taxmin etilayotgan ikkinchi hujumdir.

Isroilning o’zi ham bu da’volarni rad etmayapti. Nomi oshkor etilmasligini afzal bilgan Isroil mas’uli Frantsiya axborot agentligiga bergan intervyusida Isroil Suriya hududida olib ketilayotgan raketalarga hujum qilganini tasdiqlagan.

Shu vaqtgacha Suriya mojarosiga tomoshabin bo’lib qarab turgan Isroil nega endi hujumga aralashadigan bo’lib qoldi?

Bunday harakatlar amalga oshirishdan bir necha maqsadlar ko’zda tutidladi.

Birinchidan: kimyoviy qurollar mujohidlar qo’liga tushib qolishiga yo’l qo’ymaslik.

Amerika Biznes institutidan Maykl Rubinning aytishicha, Suriyadagi kimyoviy qurollar ustidan nazorat o’rnatish murakkab va xavfli operatsiya. Asad hukumati hamkorlik qilgan taqdirda ham bir necha hafta vaqt ketadi. Hozirgi kunda yagona imkoniyat, deydi ekspert, omborxonalarni havodan bombardimon qilish. Ammo bu holda aholi va atrof-muhitning jiddiy zaharlanishi turgan gap.

Ikkinchidan: Amerika va Yevropa Suriyadagi jangni uzoq davom eitishin istaydi. Ammo Afg’oniston va Iroqdan xonavayron bo’lib chiqqan va ayni damda byudjeti kamomad girdobida qolgan Amerikaga bu juda og’irlik qiladi. Shuning uchun unga bu rolni Isroil bajarib berishi lozim.

Aljazira muxbiri Valid Umariy Isroilning oxirgi hujumi haqida Yuqori lavozimli harbiy mas’ullarning “hujum Amerika bilan kelishilgan holda amalga oshirildi, Isroil bu rolni Vashington nomidan amalga oshirdi”, deganligini keltiradi.

“Isroil o’z xavfsizligini himoya qilish huquqiga ega”, deya Yahudlarni dastaklab kelayotgan AQShning o’zi Suriya mojarosiga aralashishga shoshilmayapti. Tahlilchilarga ko’ra, AQSh minglab askarlarini Suriyaga yuboradimi yoki isyonchilarni qurollantiradimi? Pentagon bu masalani obdon o’rganib, prezident Barak Obamaga o’z taklif-tavsiyalarini taqdim etadi.

Uchinchidan: Allohning shariatiga muvofiq, zolimning zulmiga qarshi o’zlarini va oila axllarini ximoyasi uchun kurash olib borayotgan musulmonlarni Yahudlar bilan bir safda turgandek qilib ko’rsatishdir.

Suriya televidenieyasi Isroil hujumiga munosabat bildirib, “Isroil uyushtirgan yangi hujumdan maqsad shonli armiyamiz qaqshatqich zarbalaridan esankirab qolgan terrorchi guruhlar ruhini ko’tarishdan iborat”, deya bayonot berdi. Suriya hukumati o’ziga qarshi kurashayotgan inqilobchilarni terrorchi deb ataydi.

Bundan maqsad butun dunyo musulmonlar nazarida inqilobchilarni yahudlar bilan tili bir qilib ko’rsatishdir. Shu bahonada Hizbullohning musulmonlarga qilayotgan hujumini oqlash uchun katta yo’l ochiladi. Natijada shiya-sunniy o’rtasida o’zaro janjalni avj oldirish imkonini qo’lga kiritish fursati tug’uladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.