O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga ko’ra, oldindan belgilangan rasmiy safar bilan Rossiya poytaxti Moskvaga jo’nab ketdi.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, safar doirasida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, mintaqa va xalqaro miqyosdagi dolzarb muammolar bo’yicha fikr almashadilar.
Vladimir Putin taklifi bilan amalga oshgan ushbu ikki kunlik rasmiy safar yakunida 2013-2017 yillar uchun Iqtisodiy hamkorlik dasturi, Sarmoyalar yotqizilishini rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risidagi kelishuv, O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to’g’risidagi deklaratsiya va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Siyosiy tahlilchilarga ko’ra, Islom Karimovning Rossiyaga qilayotgan ushbu safari Toshkent va Moskva o’rtasidagi aloqalar uncha iliq bo’lmagan bir paytga to’g’ri kelmoqda.