Hizbut Tahrir mustaqil siyosiy Hizbdir

436
0

Tanbeh va izoh

Hizbut Tahrir mustaqil siyosiy Hizbdir

U hech qaysi tashkilotning vakili emas va hech qaysi tashkilot uning vakili emas

Ayrim axborot vositalari Suriyadagi va boshqa davlatlardagi voqea-hodisalarni yoritishda Hizbut Tahrir va uning yo’li bilan undan fikrda, yo’lda farq qiluvchi boshqa islomiy tashkilotlar va harakatlarning faoliyati o’rtasini bir necha bor aralashtirib yubordi.

Bu esa bizni quyidagilarni izohlashga undadi:

1 – Hizbut Tahrir siyosiy Hizb bo’lib, mabdai Islomdir. U Xalifalik davlatini barpo etishda shar’iy yo’lni ushlab, Rosululloh Aning amallariga tayangan holda islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat qiladi.

2 – Hizb faoliyat olib borish borasida o’z yo’lida fikriy va siyosiy kurash olib boradi va Rosululloh Aning yo’llarini mahkam ushlagan holda moddiy faoliyat olib borishni rad etadi.

3 – Hizbning Xalifalik davlatini barpo etishga urinishi shar’iy hukmni ushlash, demakdir. Zero, shar’iy hukm barcha islomiy Ummatni G’arb tomonidan zo’rlik bilan ularning tepalariga o’tqazib qo’yilgan botil rejimlarni ag’darib, Allohning shariati bilan boshqaruvchi bitta xalifaga bay’at qilishni farz qiladi. Chunki Xalifalik davlatini barpo etish Hizbning monopoliya qilib olgan narsasi emas, balki barcha musulmonlarning burchidir.

4 – Islom davlati yoki xalifalik davlatini barpo etish maqsadida har xil yo’llar bilan harakat qilayotgan tashkilotlar, harakat va jamoalar ham bor. Biz Hizbut Tahrir a’zolari garchi Ummatga Xalifalik davlatini barpo etish vojibligini eslatsak-da, biroq hech bir jamoa bilan bog’lanmaganmiz, ularning birortasi bilan muntazam aloqalarimiz yo’q, Hizbning filiallari yo qanotlari yoki boshqa o’zgacha tashkilotlari mavjud emas. Chunki Hizb doim o’z nomidan ochiq faoliyat qiladi, bizning manhajimizda biror nomlar yo doiralar ortiga yashirinib ish olib borish yo’q.

5 – Hizbut Tahrir yoshlari o’z faoliyatlari va tadbirlarida roya va livo deya atalgan Islom bayrog’ini, tavhid bayrog’ini ko’tarib chiqadilar hamda oq hoshiya va qora hoshiya o’rtasida shahodat kalimasi  bitilgan shu ikki bayroqdan o’zga hech qanday shior va bayroqdan foydalanmaydilar. Ushbu uqob bayrog’i musulmonlar bayrog’i bo’lib, uni biror shaxs yo shaxslar yoxud jamoa ko’tarib chiqqan bo’lsa, bu ularning Hizbut Tahrir bilan uzoq yo yaqin aloqalari bor, ekanini anglatmaydi.

6 – Hizbning faoliyati sohasida o’z matbuot vakillari bor, u voqea-hodisalar va masalalarga nisbatan o’z pozitsiyasini bayon qilish uchun nashralar chop etadi. Shu jihatdan, axborot vositalari Hizbut Tahrirning pozitsiya va qarashlarini tarqatayotganlarida yo ularni Hizbga bog’layotganlarida diqqat qilishlari zarur. Axborot vositalarining Hizbga tegishli matbuot bo’limlari, shu jumladan, Bayrutdagi markaziy matbuot bo’limiga va nashrlariga bog’lanishlari juda oson, ularning Hizb vakillari bilan bog’lanish qiyinligi to’g’risidagi dastaklari qabul qilib bo’lmas narsa. Shu bilan birga, biz jamoatchilik fikridan Hizb bilan bog’lashayotgan gap-so’zlar va pozitsiyalarni yaxshilab, o’rganib, har tomonlama tekshirib ko’rishlarini umid qilamiz.

7 – Hizbning ilmoniylik, demokratiya, millatchilik, sotsializm, kapitalizm, hokimiyat shariatniki emas – xalqniki… kabi zo’rlab tiqishtirilgan yot tushuncha va e’tiqodlarga nisbatan hukm chiqarishda shariatga tayangan qat’iy, keskin pozitsiyasi mavjud. Umuman va batafsil olganda, bularning hammasi Islomda rad etilgan xatarli tushunchalardir.

8 – Hizb birorta kofir davlat, ajnabiy davlatga malay rejimlardan yordam olishga rozi bo’lmaydi, Aksincha, G’arb tomonidan yasalgan va Islom Ummati birligini parchalash uchun ishlatilgan bunday borliqlarni vayron qilish uchun faoliyat olib boradi.

9 – Hizbning islomiy jamoalarga nisbatan pozitsiyasi esa, Xalifalik davlatini barpo etish borasida ular bilan aloqa qilish va ularga nasihat qilishdan iborat, modomiki, ular o’z yo’llarida islomiy aqida va shar’iy ahkomlarga rioya qilib kelayotgan bo’lsalar, albatta. Bundan oldin Hizb o’zining islomiy harakatlar doxil musulmon birodarlari zolim rejimlar tarafidan zulmlarga duchor bo’lganlarida, ular bilan o’zining o’rtasida fikriy qarama-qarshiliklar va ijtihodga taalluqli ixtiloflar mavjudligiga qaramasdan, ularga yordamlashish borasida bir necha pozitsiyalarni egallagan.

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbiya TSentr» – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010 telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.