Qirg’inlarni avj oldirishdan maqsad shu hukumatni qabul qilishga sizlarni majbur qilishdir, ularning bu makru hiylasini o’zlarining bo’g’ziga uring
Allohga yordam bering shunda U Zot sizlarga yordam berur va qadamlaringizni mustahkam qilur
Ko’zi ochiq har bir odamga ishlar oydin bo’lib qoldi, zero kecha yashirin bo’layotgan narsa bugun oshkor kechmoqda… Chunki Amerika o’tish davri hukumatini tuzish uchun 2013 yil 13 martda o’z tashqi ishlar vaziri Jon Kerri orqali oppozitsiyadan tog’ut Bashar bilan dialogga kirishishni talab qildi! Amerika o’zining xorijdagi va rejim ichidagi qo’g’irchoqlaridan o’tish davri hukumatini tuzishga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Amerika «fatvo»si bo’yicha bu kimsalarning qo’llari qonga belanmagan emish, balki qon uzoq yopishib turmaydigan darajada biroz botgan, xolos emish! Bundan maqsad shu hukumat mahsuli sifatida ilgarigidek yana bir ilmoniy jumhuriyatni paydo qilishdir, faqat bu safar holat taqozosiga qarab uning basharasini biroz «bo’yab-bejab» ko’rsatiladi! Shu maqsadda bu qo’g’irchoqlar Qohira va Istambulda yashirin va oshkor to’planishmoqda, shundan keyin o’zaro muhokama qilib o’rganib chiqib kelgusi muddatni belgilashadi…
Amerika muammo hukumatni tuzishda emasligini yaxshi tushunadi, chunki o’z qo’g’irchoqlarini to’plab hukumat «idishi»ni to’lg’azish uning uchun qiyin ish emas, aksincha muammo shu qo’g’irchoqlarning Shom erida mustahkam tura olishlari yoki ularni Shomda qabul qilinishidadir. Chunki Amerika ichkaridagi qo’zg’olonchilarning islomiy tuyg’ularga ega musulmonlar ekanini yaxshi tushunadi, ularning fikrlari chuqur, yorqin bo’lishi yoki unchalik chuqur emas, sayozroq bo’lishidan qat’iy nazar ularning tuyg’ulari islomiy ekanini Amerika yaxshi tushunadi. Shom ahli Amerikaning xorijdagi qo’g’irchoqlarini ko’rib, ularning ilmoniy jumhuriy fuqarolik davlatiga chaqirishayotganini eshitib turibdi, vaholanki «Bashar»ni etishtirib chiqargan va undan boshqasini ham etishtirib chiqarayotgan mana shu nizomlardir. Shunday ekan, Shom ahli yana shunga chaqirayotgan kimsalarni qanday qabul qilishi mumkin axir?! Zero odamlar bu tog’ut nizomlardan eng achchiq aziyatlarni tortishdi, bu nizomlar odamlar hayotini qat-qat zulmatlarga aylantirdi… Shuning uchun odamlar o’zlarining aqidalaridan balqib chiqqan Islomlarini istamoqdalar. Zero faqat Islom aqidasi bilangina saodatga erishadilar, faqat shu aqida bilangina aziz bo’ladilar.
Amerika boshchiligidagi G’arbning Islomdan va uning hukmlaridan kapalagi uchib qo’rqib qaltirayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun ham G’arb Suriyada Bashar o’rniga kamroq badbashara bo’lgan, undan ko’ra kamroq quvg’in, ta’qib qiladigan yana bir malay boshqaradigan ilmoniy nizom bo’lishini istayapti, odamlarni shu bilan aldab chalg’itishmoqchi! Biroq Amerikani iskanjaga olib turgan qiyin muammo odamlarning xorijdagi Amerika qo’g’irchoqlarini qabul qilmayotganidir, shunday ekan odamlar uning rejim ichidagi qo’g’irchoqlarini qanday qabul qilishlari mumkin?! Shuning uchun Bashar o’rniga keladigan malay – u xorijda pisib yotgan ekan – qo’li va tili qanchalik uzun bo’lmasin Shomni boshqarolmaydi. Demak o’tish davri hukumati ichkarida o’rnasholmaydi, Amerika buyurgan rolni bajarolmaydi, faqat shu hukumat bilan birga kirib keladigan xalqaro kuchlar himoya qilsagina bajara oladi. Bu ish (ya’ni xalqaro kuchlarni kiritish) taklif qilinganiga ancha bo’ldi va hamon taklif qilinmoqda, u hali muhokamadan olib tashlangani yo’q, lekin uning oqibatlari hisobga olinmagan ko’rinadi… Chunki Amerika zo’ravonlik va vayron qilish dorul Islom uqri bo’lgan Shomdagi qo’zg’olonchilarni ana shu qo’g’irchoqlarni quchoq ochib, balki qo’llarida ko’tarib kutib olishlariga majbur qiladi deb o’ylagan edi! Alloh uning bu gumoni bilan o’zini halok qilajak… Shunday qilib Amerika «Bashar»ning tog’ut rejimini hayot sabablari bilan, pul va qurol bilan ta’minlamoqda, buni o’zining oldingi chizig’i: Rossiya, Eron rejimi, yugurdak qurollari va tobelari orqali hamda o’zining orqa chizig’i: Turkiya, Iroq, Livan rejimlari – ularning orasida Misr rejimi ham bor – orqali amalga oshirmoqda! Ba’zi odamlar hayron bo’lib: nega Rossiya va Eron rejimi Amerikaning old chizig’i, Turkiya, Iroq, Livan rejimlari hamda ularga qo’shilib qolgan Misr rejimi Amerikaning ort chizig’i hisoblanadi? – deb savol berishlari mumkin. Lekin holat voqesini yaxshilab o’rgangan odamga buni batafsil tushuntirib javob berib o’tirishning hojati yo’q! Yevropa va uning yugurdaklari, ayniqsa Qatar shu old va ort chiziqlar yonida o’zlari kirib olib o’ljadan biron narsani qo’lga kirita olishlari mumkin bo’lgan biron «tuynuk» paydo bo’lishini – agar shunday «tuynuk» paydo bo’lsa – poylab turishibdi!
Dorul Islom uqri bo’lgan Shomdagi ey qo’zg’olonchilar: Bu mustamlakachi kofirlarning, yugurdaklar va tobelarning makru hiylasidir. Ularning makru hiylasi Alloh izni ila barbod bo’lajak, ularning makru hiylasini barbod qilish va ularni mag’lub qilish Alloh muyassar qilgan, Alloh Subhanahuning muhkam oyatlarini idrok qilgan, Rosululloh S.A.V. siyratlarini idrok qilgan, qalbi va butun a’zolari bilan
Alloh Subhanahuning:
«(Ey mo’minlar), agar sizlar Allohga yordam bersangizlar, U zot ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit-barqaror qilur» [Muhammad 7]
degan qavliga chuqur ishonib iymon keltirgan kishilar uchun oson ishdir. Lekin Alloh Subhanahuga qanday yordam beramiz? – degan savol ko’ndalang turadi.
Xo’sh, G’arbni, hususan Amerikani rozi qilish uchun jumhuriy ilmoniy, demokratik, fuqarolik boshqaruviga chaqirish va «mustaqillik bayrog’i» degan Sayks-Piko bayrog’ini ko’tarib chiqish, mana shu Alloh Subhanahuga yordam berishmi? G’arbning g’alamisligi va achchig’i chiqishidan qo’rqishni bahona qilib Xalifalikka chaqirishdan bosh tortish, Rosululloh a.s. royasi bo’lmish Uqob bayrog’ini – «La ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh» bayrog’ini ko’tarib chiqmaslik, mana shu Alloh Subhanahuga yordammi? Qurol-aslaha va pul to’g’risida mustamlakachi kofir G’arbdan yordam so’rash, musulmonlarga qarshi urush qilayotgan ana shu davlatlarni do’st tutish, mana shu Alloh Subhanahuga yordammi? Hukmlarni sekin-asta tatbiq etish lozim, shuning uchun aroqqa bir yilcha ruxsat berib keyingi yilda man qilish kerak, hadlarni bir necha yil to’xtatib turish kerak degan so’z, oqibatda banklar va iqtisodiy hayotda ribo keng tus olib Allohga qarshi urush qilish, mana shu Allohga yordammi? Hozirgi nizomni tag-tomiri bilan sug’urib tashlamasdan va Xalifalikni qurmasdan bir malay o’rniga boshqasini olib kelish uchun jonlarniyu mollarni qurbon qilish mana shu Allohga yordammi?
Aniqki bularning hech biri Alloh Subhanahuga yordam emas. Demak Alloh Taolo tomonidan nusrat kechiksa bunga odamlarning o’zi aybdordir, bu Allohning o’z va’dasiga xilof qilishi emas, aksincha Allohning va’dasi haq va rostdir.
«Allohdan ko’ra rostgo’yroq kim bor?!» [Niso 87]
Shunday ekan Allohga – vojib bo’lgan tarzda – yordam bering, o’shanda qarshingizdagi mustamlakachi kofir kuchlari va ularning malaylari arzimas bo’lib qoladi, ularning ulkan qurol-aslahalari sizlarga zarar berolmaydi, chunki ularning qalbi qo’rquvdan qaltirab turibdi, shuning uchun ularning makru hiylasi sizlarga zarar berolmaydi. Zero ularning makri garchi tog’lar ham yo’q bo’lib ketadigan darajada bo’lsa ham, lekin ularning makri Alloh nazdida arzimasdir.
Ey sodiq qo’zg’olonchilar: Yetakchi o’z ahlini aldamaydi. Hizbut Tahrir sizlarni Allohga chin yordam berishga chaqiradi. Shunda U Zot ham sizlarga haqli ravishda yordam beradi.
Bitta muxlis rahbariyat ortida birlashib, Alloh arqoniga mahkam yopishib, o’zingiz qiladigan barcha ishda soflik va pokizalik bilan Allohga sodiq bo’lib Alloh Subhanahuga yordam bering. Xolis Alloh uchungina harakat qiladigan muxlis rahbariyat ortida birlashing, zero Alloh Subhanahu O’ziga shirk qilinadigan hech bir amalni qabul qilmaydi. Abu Hurayra r.a. Nabiy a.s.dan rivoyat qiladi:
«Alloh Taboraka va Taolo dedi: Men sheriklardan eng behojat Zotman, kim Menga shirk keltirsa uning ozi ham ko’pi ham uning o’zigadir». Bu hadisni Abu Dovud Tayolisiy o’zining musnadida keltirdi… Alloh Subhanahuga yordam beringlar, Allohni g’azablantirish evaziga odamlarni rozi qilmanglar. Shuning uchun demokratik ilmoniy davlatni e’lon qilib Amerikani rozi qilmanglar, Amerika va G’arbning g’alamisligidan, achchig’i chiqishidan qo’rqib Xalifalikdan yuz o’girish bilan Amerikani rozi qilmanglar, aksincha ular achchig’idan bo’g’ilib o’lishsin. Zero Allohni g’azablantirib odamlarni rozi qilishning oqibati xorlik va zorlikdir. Ibn Jaad o’zining musnadida Oisha r.a.dan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh a.s. bunday dedilar:
«Kimki Allohni g’azablantirib odamlarni rozi qilsa Alloh uni o’sha odamlarga topshirib qo’yadi, kimki Allohni rozi qilib odamlarni g’azablantirsa Alloh unga odamlardan kifoya qiladi». Bitta davlatni, roshid Xalifalikni tiklashga qattiq azm qilib Qudratli, Aziz Zotga yordam bering, kattayu kichik narsada, muomalalar, jazo choralari, hadlar, jihod va ibodatlar to’g’risida Alloh shariatini tatbiq etish uchun shunga qattiq azm qiling. Zero:
«Namozni to’kis ado qiling» [Baqara 43] deb aytgan Alloh Subhanahu:
«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling» [Moida 49]
deb ham aytgan. Demak Alloh Taologa itoat etish juzlarga bo’linmaydi, aksincha Alloh Subhanahu amri qanday nozil bo’lgan bo’lsa shu yo’sinda o’sha zahoti ado etiladi. Yo’l boshchimiz Rosululloh ? shunday qilganlar, zero Payg’ambarimiz hukmni nozil bo’lgan zahoti tatbiq etganlar, xulafoi roshidinlar ham huddi shunday qilganlar, ular ham hukmlarni fath bo’lgan zahoti hech bir juzlarga bo’lmay va darajama-darajalikka yo’l qo’ymay tatbiq etganlar… Hizbut Tahrirga yordam berib Alloh Jalla va Aloga yordam bering, chunki bu hizb Alloh izni ila Xalifalikni lozim yo’sinda tiklashga va Alloh hukmlarini tatbiq etishga qodirdir, bu hukmlarni Hizb faqat Islomdan olib tayyorlagan loyiha bo’yicha tatbiq etadi. Bu hizb zo’r siyosiy ongga ega bo’lib, Alloh yordami ila mustamlakachi kofirlar fitnalarini barbod qilishga va to aniq fath kelguniga qadar ularni o’zlari bilan ovora qilib qo’yishga qodirdir.
Shom eridagi ey qo’zg’olonchilar: oldingizda uchinchi yo’l yo’q, shuning uchun agar Allohga yordam berishga ahd qilsangiz va Alloh Subhanahuning oldida shu buyuk haq ustida sobit turishga qasamyod qilsangiz o’shandagina dunyo va oxirat saodatiga erishasiz, kofir mustamlakachi davlatlar sizlardan chekinadi, xoin malaylar qabrga tiqiladi, nomingiz, to’kilgan pokiza qonlaringiz, sarflangan buyuk fidokorliklar yaxshilik bilan eslanadi… Ammo agar bunday qilmay Amerika qo’g’irchog’i bo’lgan o’tish davri hukumatini – bu hukumat ilmoniy, fuqarolik, demokratik davlatni etishtirib chiqarishi uchun – qabul qiladigan bo’lsangiz, u holda to’kilgan qonlaringiz o’z Boriysiga shikoyat qiladi va oqibatda
«Xuddi o’zi to’qigan narsasini pishiq-puxta bo’lganidan so’ng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotin kabi» [Nahl 92]
bo’lib qolasizlar. Biz sizning unday bo’lishingizni aslo istamayiz. Alloh solihlarni do’st tutadi.
«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo’lgan yoki o’zi hozir bo’lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir» [Qof 37]
Ogoh bo’ling etkazdikmi, Allohim O’zing guvoh bo’l. Ogoh bo’ling etkazdikmi, Allohim O’zing guvoh bo’l. Ogoh bo’ling etkazdikmi, Allohim O’zing guvoh bo’l.
Hizbut Tahrir
1 jumodul-avval
1434h 13 mart 2013m