Bahorgi hujumlar mavsumi

525
0

Afg’onistonda bir kunda o’lidrilgan NATO harbiylarining soni 8 kishiga etdi. Germaniya axborot agentligining xabar qilishicha, halok bo’lganlarning ettitasi Amerika askiridir.

Koalitsiya kuchlari Rasmiylariga ko’ra, Afg’oniston janubida yo’l chetiga o’rnatilgan bomba portlashi oqibatida amerikalik 5 askar o’lgan. Mamlakat g’arbida Afg’oniston armiyasi askari amerikalik ikki askarni otib o’ldirgan. Ayni paytda, Afg’oniston shimolida isyonchilar uyushtirgan hujumda Germaniyaning bir askari o’lgan.

Ushbu hujum uchun mas’uliyatni tolibon harakati o’z zimmasiga oldi.

Assosieyted press axborot agentligi xabariga ko’ra, bu so’nggi bir yil davomida bir kun ichida amerikalik etti harbiy halok bo’lgan uchinchi voqeadir.

Tolibon harakati bir muncha avval G’arb bosqinchilarini mamlakatdan haydab chiqarish uchun “Xolid ibn Valid” nomli bahorgi harbiy operatsiyalar boshlanayotgani haqida bayonot bergan edi. Audio bayonotda fuqarolarni Hamid Karzay hukumatidan uzoqroq yurishga, yoshlarni armiya va politsiya safiga qo’shilmaslikka chaqiriladi.

Afg’oniston bo’yicha ish olib boruvchi nohukumat tashkilotlarga ko’ra, joriy yilning birinchi choragida Tolibon va boshqa guruhlar tomonidan hujumlar o’tgan yilga qaraganda 47 foizga oshgan.

Afg’onistondan olingan xabarga ko’ra, mujohidlar Kapisa viloyatida amerikalik bosqinchilarga qarashli yana bir vertalyotni urib tushirgan. Bahorgi “Xolid ibn Valid” hujumi boshlanganiga uch kun o’tmay xalqaro koalitsiya kuchlari og’ir zarbalarni boshidan o’tkaza boshladi, deyiladi xabarda.

“Xolid ibn Valid” yalpi hujumi Guliston va Bakva hududlaridan noqonuniy o’tayotgan yirik NATO ta’minot karvoniga pistirma hujumini uyushtirish bilan boshlangani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.