Arab Davlatlari Ligasi Milliy koalitsiyaning Ligadagi a’zoligini to’xtatdi.

565
0

Arab Davlatlari Ligasi Milliy koalitsiyaning Ligadagi a’zoligini Suriyada ko’chib o’tish hukumati shakillangunga qadar to’xtatib turish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Suriyaning BMTdagi doimiy vakolatchiligi tarafidan yuborilgan notasida aytiladi.

Notada Damashq BMT a’zo-davlatlarini Oliy Assambleyada arab mamlakatlari tarafidan tayyorlanilayotgan qaror loihasiga qarshi ovoz berishlikka chaqiradi. Loihada Miliy koalitsiyani Suriya xalqining qonuniy namoyondasi deb keng miqyosda tan olishlik qayd qilingan.

Arab Davlatlari Ligasining mart oyida Doxada bo’lib o’tgan sammitida Suriyaning Ligadagi o’rini Koalitsiyaga hamda muxolifatchilardan shakllangan va “vaqtinchalik hukumat” deb atalgan hay’atga berilgan edi. Endi esa Damashq, arab ligasi o’zining qarorini o’zgartirganligini iddao qilmoqda.

“Aslini olganda, ADL kotibiyati o’zining a’zo-mamlakatlari va dunyoning turli mintaqalaridagi o’z idoralari orasida tarqatgan notasida, bu xususda avval qabul qilgan qarorini vaqtinchalik to’xtatib turishlikni va buning o’rniga koalitsiya vakillarini toki ko’chib o’tish hukumati shakillangunga qadar Liga uchrashuvlarini ziyorat qilmasliklarini so’rashlikni afzalroq ko’rganligini ifodalagan”, – qayd qildi Suriyaning BMTdagi doimiy vakolatchiligi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.