AQSh Qirg’izistonga bombalarni qidirib topuvchi uskuna taqdim qildi.

449
0

AQShning Qirg’izistondagi elchisi Pamela Spratlen 3 may kuni Qirg’iziston ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga hamda sud-ekspertiza laboratoriyasiga bombalarni qidirib aniqlovchi, narxi tahminan 37 ming dollar bo’lgan uskunani topshirdi.

Bu uskunani AQSh terrorchilikka qarshi kurash ta’lim programmasiga qo’shimcha qilib taqdim qilmoqda. Mazkur programma asosida Qirg’iziston huquq qo’rg’ov xizmatlarining turli stukturalari xodimlari tayyorgarlikdan o’tdilar.

2008 yildan boshlab ichki ishlar vazirligining minga yaqin xodimi AQShning Virjiniya shtatida, portlash sodir bo’lgan erni tekshiruvdan o’tkazish amaliyotlari bo’yicha malaka oshirish kurslarida ta’lim oldilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.