Amerikada byudjet qisqarishi oqibatida parvozlar kamayadi

437
0

Yaqinda AQShda federal hukumat sarfiyatini kamaytirish to’g’risidagi qaror kuchga kirdi. Kelasi oylarda 85 milliard dollarga teng dasturlar qisqaradi. byudjet qisqarishlaridan hukumatning hech bir idorasi chetda qolmaydi, 1-apreldan ko’plab xodimlar to’lovsiz ta’tilga chiqishga majbur, deya xabar qiladi Amerikaovozi.

Yaqin kunlarda AQSh aeroportlaridan uchish-qo’nish jiddiy muammoga aylanishi mumkin. AQSh Transport vaziri Rey Laxudga ko’ra, Aprel oyida kuchga kiradigan byudjet qisqarishi oqibatida reyslar kamayishi kutilmoqda. “Ishchilarimiz haqida gap ketayapti, bu albatta og’riqli masala. Ammo yo’lovchilarga ta’siri yanada jiddiyroq bo’ladi”, deydi u.

Aeroportlarda ishchilar soni kamayadi. Samolyotga chiqish uchun xavfsizlik va boj tekshiruvidan o’tayotganda uzoq navbatda turishga to’g’ri keladi.

Byudjet qisqarishi natijasida parvozlar xavfsizligini ta’minlovchi nozirlar ham to’lovsiz ta’tilga chiqariladi. Bu Vashingtondagi kabi gavjum aeroportlar jadvali keskin o’zgaradi degani. Harakatini nazorat qilib, uchuvchilarga yo’l ko’rsatib turadigan operatorlar kamaysa, reyslar o’rta hisobda 1,5 soatga kechikadi, deydi Mett Berd, Havo nazoratchilari uyushmasi vakili: “Kuzatuv minorasida xodimlar muayyan sonda bo’lishi shart. Odamlarni ishdan bo’shatishga majbur bo’lsak, qatnov ham kamayadi”.

Marion Bleyki Vashingtondagi Aeronavtika sanoati uyushmasini boshqaradi. byudjet qisqarishining mudofaa bilan bog’liq loyihalarga ta’siri haqida u shunday deydi: “Mazkur qonun kuchda qoladigan bo’lsa, 2013 va 2014-yillarda ikki milliondan ziyod ish joylarini boy beramiz. Mamlakat yalpi ichki mahsulotiga bu jiddiy zarba bo’ladi”. “Havo qatnovini izdan chiqaradigan har qanday muammo iqtisodning ham beliga tepadi. Bekor qilish kerak bu qonunni,” – deydi Virjiniya senatori Tim Keyn.

U va Kongressning boshqa a’zolari avtomatik qisqartirishlarni bas qilishga chaqiryapti. Merilenddan qonunchi Jon Sarbeyns deydiki, Baltimor aeroportida 94 ming kishi ishidan ayrilishi mumkin. “Afsuski, byudjet qisqarishi haqidagi qonun shuni talab qilayapti, aeroportlarda iqtisodiy faoliyat sustlashishi aniq. Vaqt o’tgan sari bu o’zgarishlarning salbiy oqibatlari tobora ko’proq bilina boshlaydi, tadbirkorlar, bizneslar, hamma zarar ko’radi”. Shunga qaramay, rasmiylarning ishontirib aytishicha, aeroportlarda xavfsizlik hozirgidek a’lo darajada ta’minlanishda davom etadi.
Turkiston:
Bunday holatlar jahonda yuz bergan iqtisodiy krizis oqibatida yuzaga kelganligi hech kimga sir emas. Barcha davlatlarga, jumladan Amerikaga ham bu krizisdan qutulish uchun turli chora tadbirlar qo’llamoqda. Ammo bularning bari ishni yanada chigallashuviga sabab bo’lyapti xolos.

Xo’sh, kapitalistik davlatlar Amerika etakchiligida ushbu ayanchli krizisni – ular iddio qilayotgandek – hal qilishga qodirmi? Aslida mana shu iqtisodiy halokat sababchisi kapitalizm nizomining o’zi emasmi?!

Haqiqatda bu krizis mabda krizisi bo’lib, kapitalizm mabdasi bunday ishlarning hech qanday echimiga ega emas. Qisqa qilib aytganda kapitalizm mabdasi kasal mabda bo’lib, u krizislarni muolaja qilishga qodir emas.

Faqat Islomdagi iqtisodiy nizomgina dunyodagi barcha krizislarni, jumladan, iqtisodiy krizisni ham, faqat musulmonlar yurtlaridagina emas, balki, butun dunyoda hal etadi. Xalifalik davlati boyishni man qilmaydigan, kambag’allikning esa keng yoyilishiga yo’l qo’ymaydigan tarzda barchaga etarli ta’minlanishni kafolatlovchi mumtoz nizom orqali qashshoqlik, ocharchilik va qimmatchilikka chek qo’yadi.

Agar kapitalizm iqtisodi va Islom iqtisodi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni hamda jahonda keng quloch yoygan krizisni qanday bartaraf etish haqida haqqoniy echimdan xabardor bo’lishni istasangiz ushbu saytning “kutubxona” bo’limiga marhamat qiling.

Abduraxmon:

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.